Boshlang’ich sinflarda 10 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi. Raqamlashni bilish natijasida o'quvchilar quyidagilarga erishadilar



Yüklə 1,25 Mb.
tarix23.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#127443
1mavzu


Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni oʻn, yuz, ming va ko`p xonali sonlar ichida nomеrlashga oʻrgatish mеtodikasi

Boshlang’ich sinflarda 10 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.

Raqamlashni bilish natijasida o'quvchilar quyidagilarga erishadilar:

  • 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to'la o'zlashtirish.
  • Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning tartib raqamini aytib bera olishi.
  • Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo'lishi (1 ni qo'shish yoki 1 ni ayirish bilan).
  • Raqamlarni o'qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to'plamini mos keltirishi.
  • Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.
  • 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo'shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.
  • 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o'qiy olishi va natijasini hisoblay olishi.
  • Doira, kvadrat, uchburchaklami bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi.

Boshlangʽich sinflarda 100 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.

  • 1. Yuz ichida sonlarni nomlarini o`zlashtirish ular o`nliklar va birliklardan qanday xosil bo`lishini tushunish.
  • 2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-ketlikdagi o`rinlarini bilganlikka, shuningdek sonlarning o`nli tarkiblarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslay olish.
  • 3. Yuz ichida sonlarni yozish va o`qiy olish,o`ngdan chapga sanalganda birliklar (I xona birliklari) qaysi o`ringa va o`nliklar (II xona birliklari) qaysi o`ringa yozilishini o`zlashtirish
  • 4. Natural keta-ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo`shish va ayirishni bilish. Sonlarning o`nli tarkiblari asosida sonlarni qo`shish va ayirishni bilish, sonlarni xona qo`shiluvchilarining yigindisi bilan namunaga qarab xozircha xona qo`shiluvchilarining yigindisi terminidan foydalanmay turib almashtirish malakasini egallab olish.

Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi

  • Buyumlarni bittalab qo’shib sanash yo’li bilan ham, o’ntalik va yuztalik guruhlarga ajratishdan foydalanib ham sanash ko’nikmasini egallashlari kerak.
  • Ming ichida sonlarni nomlarini bilish, yozishni va o’qishni o’rganishlari, bu sonlarning yuzlik, o’nlik va birliklardan hosil qilinishini aniq tasavvur qilishlari kerak.
  • O’nli sanoq sistemasi haqida (xona birliklarining nomi, ularning nisbati, sonlarning o’nli tarkibi, son xona qo’shiluvchilari yig’indisi sifatida, sondagi istagan xona birliklarining umumiy miqdori);
  • Sonlarni yozishning pozitsion prinsipi haqida (uch xonali sonlarni yozish qoidasi, sonlarni yozishda nolning ahamiyati);
  • sonlarning natural ketma-ketligi haqida (sonlarning natural qatorda tashkil etilishi, joylashish tartibi, ketma-ket sonlarning miqdoriy munosabati).
  • Uch xonali sonlar qatoridagi eng kichik va eng katta sonni o’zlashtirib olishlari kerak.

Boshlang’ich sinflarda ko`p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi

  • Millionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o`zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo`lishini tushunishlari, ularning o`nli tarkiblarini bilib olishlari kerak.
  • Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak.
  • Millionlar sinfi ichida har qanday sonni o`qiy olishlari va yoza olishlari kerak.
  • Sonlarni taqqoslay olishlari kerak.
  • Har qanday sonni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi shaklida tasvirlay olish, berilgan sondagi birliklarning, o`nliklarning, va h.k. umumiy sonini topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksincha, yirik birliklarni maydaroq birliklar bilan almashtira oladigan, sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oladigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo`lishlari kerak.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin