BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AKTDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.
Bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan ta’lim sifatiga katta e’tibor berilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash pedagoglar oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takoillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy mahoratini, tayyorgarligini kuchaytirishga imkon yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan ham bu vazifalar kuchli mas’ulyat talab qiladi. Barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi ilk maktab yoshidan boshlanganda ijobiy natija berishini barchamiz yaxshi bilamiz. Chunki, boshlang‘ich sinf bamisoli poydevor, poydevori mustahkam bino esa vaqt sinovlariga bardoshli bo‘ladi. Oilasi, el-yurti tinch, Vataniga hurmat ruhida tarbiyalanayotgan bugungi kun yoshlari esa o‘z bilim va tafakkurlari, izlanishlari, hayot bilan hamnafas ekanliklari, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan boxabar ekanliklarini namoyon eta olishlari biz erishayotgan yutuqlarimizni sarhisob etib bera oladi.
Har bir dars jarayonida mashg‘ulotni qiziqarli va mazmunli tashkil eta olish, o‘quvchilar diqqatini jamlay olishda AKTdan foydalanish samarali natija bermoqda, chunki, axborot oqimidan oqilona foydalanish o‘quvchi fikr doirasining kengayishia amaliy yordam beradi. O‘quvchilarda esa uzluksiz o‘z ustida mustaqil ishlash imkoniyati tug‘iladi. Ular o‘rgangan manbani “tahlil qilish” va “taqqoslash” xususiyatlarini ham mustaqil ong orqali bajarishadi.
Hozirgi kunda respublikamiz maktablarining 80 % dan ortiqrog‘i eng zamonaviy o‘quv laboratoriya uskunalari, kompyuter sinflari, electron darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar bilan jihozlangan.
Gap shundaki, kompyuter texnikasi faqatgina tor doirada “Informatika” fanidagina emas, balki, uni boshqa fanlarni o‘qitish jarayoniga, ayniqsa, electron darsliklar asosida harakatli, didaktik, ko‘rgazmalilik, tovushli, sermazmun tarzda qo‘llash ustida ketmoqda.
AKTdan maktabda erkin foydalanish, ya’ni maktab kutubxonalarida tashkil etilgan axborot resurs markazlari zamonaviy texnika vositalari hamda kompyuter bilan ta’minlanganligi, AKTdan maktab rahbariyati tomonidan ish yuritish tizimini boshqarishda foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu tabiiyki, xalqaro internet tizimi, elektron pochta, turli rasmiy ish yuritish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Fan xonalarida o‘qituvchining AKTdan foydalanishi, o‘z malakasini muttasil oshirib borishi va o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishi, ko‘rgazmali qurollar va o‘quv materiallar tayyorlashi uchun yakka kompyuterlardan foydalanish imkoiyatini yaratadi. Buning uchu o‘qituvchilar, mutaxassislar bevosita AKTdan foydalanishni mukammal bilishlari va o‘quvchilarni AKT imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishlari kerak.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘p qismi maktabga chiqmasdanoq kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishmoqda. Ular kompyuter orqali har xil o‘yinlarni o‘ynashni, kompyuter qismlaridan qanday foydalanish bog‘cha yoshidanoq o‘rganib olmoqda. Shularni e’tiborga olib, boshlang‘ich ta’limga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni kiritish talab darajasiga chiqmoqda. Har yili o‘tkaziladigan avgust kengashlarining shu’ba yig‘ilishida ham aynan muhokama qilinishi kerak bo‘ladigan masalalar qatoriga “Boshlang‘ich sinflarda axborot-kommunikatsion texnologiyalarni foydalanish” mavzusi kiritilgan. O‘qish, ona-tili, matematika, tabiat, musiqa, texnologiya darslari bo‘yicha dasturlar asosida tayyorlangan animatsiyali, syujetli, video roliklardan, slaydlardan foydalanish maqsadga muvoffiqdir. Masalan, boshlang‘ich sinflarda “Atrofimzdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darslarida AKTni qo‘llash o‘quvchilar uchun o‘z hududi va bolani o‘rab turgan tabiatga bo‘lgan mahr va muhabbatini shakllantirish imkonini beradi. Ona tili va o‘qish darslarida mavzuning aniq ma’lumotlarini tushunib olishga, kalit so‘zlar bilan tanishishga, matnda asar qahramonlari, voqealar ketma-ketligi bilan tanishishga qulaylik yaratadi.
Umuman olganda, AKT bilan hamohang dars o‘tish davrimizning asosiy talablaridan biridir. Buni har bir pedagok o‘z ongida chuqur his qilmog‘i lozim. Zotan, AKT-bu zamonaviy IT mutaxassisliklarining poydevoridir. Undan mukammal foydalanish isbot talab qilmaydigan voqelik.
Dostları ilə paylaş: |