Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida qo‘llaniladigan mustaqil ish turlari
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jara- von.ida qo'lianiladi. O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mus- Uiqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va l:o‘p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ma’nodagi, ya’ni tur!i so‘z turkurniga kiradigan so'zlar aralash holda vozib qo‘yiladi.
O‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi:
So‘zlarni o‘qing.
-Birinchi so'z nimani biidiryapti? Narsanimi, shaxsnimi?
-Bu so'zga qanday so‘roq beramiz?
-Ikkinchi so‘z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
-Bu so'zga qaysi so'roqni beramiz?
-Qaysi so'zlar sanoqni biidiryapti?
-Bu so'zlarga qaysi so‘roqni beramiz?
-Qaysi so'zlar rangni biidiryapti?
-Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz?
So‘zIar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so‘zlarni topib, bir ustun qilib yozing.
-Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so‘zlarni topib yozing.
-Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so'zlarni topib yozing va
hokazo.
O'quvchilar topshiriqni o'qituvchi yordamida bajarib bo'igach, muammoli savol o'rtaga tashlanadi:
-Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti?
O'quvchilar „ma’nosiga ko‘ra” degan fikrni ayta olmasalar, o'qituvchi bu muammoni hal qiladi:
-Bu so'zlar ma’nosiga ko'ra va so'roqlariga ko'ra farq qiladi. O'ylang, so'zlarni qaysi xususiyatlariga ko'ra guruhlarga ajratamiz? So'zlarni nechta guruhga ajratish mumkin?
Savol-javoblardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o'quvchilar suhbat davomida yangi-yangi mna’lumotlarni egallab bormoqdaiar. 3—4-sinflarga o'tganda bunday suhbatlar oxirida o'quvchilarning o'zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o'quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o'quvchilar charchab qoladilar, o'ziashtirish darajasi ham susayadi.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jaravonida qo'lianiladi. O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo'lishi kerak. Mustaqii ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirib boriladi. 1-sinfda „Yozgan so'zlaringizni (ug'atdan tekshiring“, „Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”. ”Rasmni kuzansig”. Unda tasvirlangan narsalarni aniqiang va ularning nomini yozing, kabi topshiriqlar beriiadi. Masalan, 88-mashqda ,,O’lkamda bahor” mavzusida sujetli rasm berilgan. O‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomiarini yozadilar. Bunda bir o'quvchi 5 ta, ikkinchi o'quvchi 10 ta va hokazo so z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq naisa tasvirlangan: tog\ osinon. buiut, qor, tcruk, tol, o'rik, ko‘ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala. o 7, gui, qo‘(, oyoq, quioq, kn'z, ha nm, yuz. og'iz, bannoq, bo‘yin, qorin, yuhka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o'quvchilarning c'tibor bilan kuzatishga — kuzatuvchaniikka o'rgatadi
Analiz-sintez metodi savod o'rgatish darslariga rus-tuzem mak- tablari va fatar o‘qitnvchilarinir,g faoiiyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz — tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, n’rganilgan grammatik tushunchnning yang; qirraiarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfoiogik va sintaktik tahlil shu metodning omalda namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlarga bolib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot. sifat, fe’l, son kabi so‘z tur- kumiari o‘rgani!ayotganda ularga oid so'zlar beriiib, ular ishtirokida gap iitZish, aralash berilgan so'zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tarriblashtirib matn tuzish, mazmunan tahiil qiiingnn rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon boladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvehilarni faoiiashtirish o'qituvchining o‘quvchi!arga beradigan savol va top- shiriqlariga, ishni tashkii etish shakllariga bogiiq bo’Sadi.
lnduksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiva etgan til dalil- iarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida oquvchi tayyor qoida — ta'rif bilan tanishadi va uning mohiymini til dalnlari asosida ochadi.
Bu metodlariling samarasi o'qituvchining savol-topshiriqlari maz- muni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo'naltiriiganiigiga, izchilligiga. faolivatni tashkii etish shakllariga. o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog'liq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning rnuvaffaqiyati i qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bogiiq. Yo‘i-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o'quvchining anglash faoliyatimi ishga solish kutiigan natijani bermaydi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:
a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar;
b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;
v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi;
g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur;
d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari ma`nosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin.
Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.
Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi.
Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.
Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha… yo’q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.
O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |