Raislik qiluvchi:
Qatnashdilar:
|
p.f.n. N.R.Ashurov
Kafedraning umumiy 27 ta professor o‘qituvchilari
|
KUN TARTIBI:
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi doktorantlari Abdurazaqov Fazliddin Abdunabiyevich va Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘lining 2022 yilda bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.
So`zga chiqdi: Kun tartibi masalasi yuzasidan yig`ilishni kafedra mudiri N.R.Ashurov ochib berdi va shunday dedi:
Abdurazaqov Fazliddin Abdunabiyevich “O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo`yicha tayanch doktarantura (PhD) dissertasiyasini bajarishda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zMU “Pedagogika va Umumiy psixologiya” kafedrasi professor v/b, pedagogika fanlar doktori Xudoyqulov Xol Jumayevich ilmiy rahbar tanlangan va rozilik xati olingan.
Abdurazaqov Fazliddin “O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktarantura (PhD) dissertasiya mavzusi tasdiqlandi.
Pedagogika fakulteti yig‘ilishida doktorant F. Abdurazaqov “O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktarantura (PhD) dissertasiya mavzusi tasdiqlangan.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kengashida dissertasiya mavzusi tasdiqlandi.
Dissertasiya mavzusi yuzasidan yakka tartibdagi rejasi va o‘quv reja(metodologik dastur)lari tasdiqlandi.
Doktorant Abdurazaqov Fazliddin Abdunabiyevichning 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha dissertasiya mavzusini “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish uchun jo`natildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OAK Byulleteni”ning 2022 yil 1-sonining 200 sahifasida e’lon qilindi.
Mavzu bo‘yicha dissertasiya mavzusi yuzasidan xalqaro jurnallarda 3 ilmiy maqola jop etildi.
Dissertasiya ishining I bobi bo`yicha chiqarilgan maqolalar Google scholarda iqtibosliklar 59, h-index 3, i10-index 2 ga yetkazilgan.