3. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ishtirokida o’yin tarzidagi uyushtiriladigan tadbirlarni o’tkazish usullari va vositalari
O‘quvchilar bilan musobaqa-o‘yinlar tarzida uyushtiriladigan tadbirlar. Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda Qoqbosh-So‘qqabosh ismli odam bo‘lgan. Uning farzandlari bo‘lmaganligi, yolg‘iz o‘zi yashagani uchun unga odamlar shunday ism qo‘yishgan.
Lekin u hamisha quvnoq, ochiq chehrali, odamshavanda bo‘lib, ayniqsa, bolalarni jon-dilidan sevgan. Shuningdek, u savodxon, bilimdon bo‘lish bilan birga san’atni, ashulalarni yaxshi qadrlagan va hamqishloqlar orasida eng aqlli, hurmatli kishilardan hisoblangan. Jamoada erkaklar ov bilan, ayollar don-dunlarni yig‘ishtirish, chorva mollarini boqish bilan shug‘ullanganlar.
O‘sha davrda bir qabila bilan ikkinchi qabila o‘rtasida musobaqa o‘tkazilib, kimdir ovoz beradi-da, tez o‘rniga borib o‘tiradi. Agar ko‘zi bog‘langan bola uning kim ekanini topsa, ovoz bergan bola qarshi guruh tomonga o‘tadi, topmasa, o‘zi qarshi guruh tomonga o‘tadi.
O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati. Bolalarning sezgirligini oshiradi, eshitish qobiliyatini o‘stiradi, tez harakat qilishga o‘rgatadi. O‘yinning bola tarbiyasidagi ahamiyatini tushunish, o‘quvchilar jamoasini yaxshi bilish, o‘yin jarayonini diqqat bilan kuzatish asosida o‘yinlarga rahbarlik qilish — tarbiyachilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bolalarning o‘yinlarini tashkil etish, boshqarish, jazolash va hokazolar hali barcha metodistlar va tarbiyachilarning diqqat markazida turayotgani yo‘q.
Biz quyidagi bolalar o‘yinlarining ta’lim-tarbiyadagi beqiyos ahamiyatini ilg‘or ish tajribalari asosida ilmiy jihatdan ishlab chiqish va kengroq yoritish, o‘qituvchi tarbiyachilar uchun te-gishli yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar bayon etamiz va bu ishning sifati va samaradorligini yaxshilashga bevosita yordam beradi, degan umiddamiz.
O‘yin turlari:
Xalq o‘yinlari.
So‘z o‘yinlari.
Ma’naviy o‘yinlar.
Harakatli o‘yinlar.
Boshqotirma o‘yinlar.
«O‘ylab top» kabi o‘yinlar
O‘zbek xalq o‘yinlaridan namunalar
Xalq o‘yinlaridan: «Qo‘zi», «Zag‘izg‘on», «Chir aylanma», «Kim chaqqon», «Ro‘mol tashlash», «Uchdi-uchdi», «To‘qilgan ro‘mol», «Topar bo‘lsang, topa qol», «Qoch bolam, qush keldi», «Cho‘ponko‘l», «Soqqa yoki tosh tashlash», «Bekinmachoq», «Jami», «G‘ir-g‘ivon», «Chaviri», «Durra», «Chori patak», «Kosagul bo‘lay», «Ur to‘qmoq», «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Arqon tushish» o‘ynaladi.
«Arqon tushish»
O‘yinning tavsifi. O‘ynovchilar aylana bo‘ylab turgandan keyin qo‘lida arqoni bor o‘yin boshlovchi o‘rtaga chiqib, «O‘yin boshladim» deydi. Shundan so‘ng arqonning tugilgan joyidan ushlab, aylana bo‘ylab aylantiradi. O‘ynovchilar sakrab turib, arqonni oyoqlarining tagidan o‘tkazib yuboradi.
Kimda-kim arqonni o‘tkaza olmay, oyog‘ini tekkizib olsa, aybini bo‘yniga oladi. Yengilgan hisoblanadi. Ko‘pchilikning xohishiga ko‘ra, o‘rtaga chiqib, hunar ko‘rsatadi hamda o‘yin boshlovchi bilan o‘rin almashtiradi.
Nimaning pati?
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zali, maydon yoki maysa-zorda o‘tkazilishi mumkin. O‘ynovchilar doira hosil qilib o‘tira-dilar. O‘yin rahbari o‘rtada turadi.
O‘yinning tavsifi. Rahbar bolalarga ketma-ket «Nimaning pati?» deb savol beraveradi. Bolalar javob qaytarib (o‘rdakniki, qarg‘aniki, burgutniki), har gal har xil qushning nomini aytadilar. O‘yin shu tariqa davom etaveradi. Agar biror bola ilgari aytilgan qushning nomini takrorlasa, rahbarning iltimosini bajaradi (qo‘shiq aytadi, o‘yinga tushadi, she’r aytib beradi va h.k.). Keyin o‘yin yangidan boshlanadi.
O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati: Bu o‘yin bolalarni ziyrak, hozir-javob, idrokli va ko‘proq qushlarning nomini bilib olishga o‘rgatadi.
«Topar bo‘lsang, topa qol» o‘yini haqida
O‘yinning tavsifi. O‘yin ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaladi. Bolalar doira bo‘ylab turadilar. Topuvchi o‘rtada bo‘ladi. Bolalar tug-maga o‘xshagan biror narsani qo‘lma-qo‘l orqadan uzatadilar va ulardan biri o‘zida olib qoladi (berkitadi). O‘rtadagi bola ularni kuzatib turib, biror boladan gumon qiladi.
«Tugma Valida!» deydi. U to shu so‘zni aytguncha, bolalar xor bo‘lib:
Topar bo‘lsang, topa qol,
Topar bo‘lsang, topa qol!
Topolmasang, qola qol!
deb aytib turadilar. Tugma haligi bolada bo‘lsa, ko‘rsatishi kerak. Demak, u o‘rtaga tushadi, topolmasa, biror vazifani bajarib berishga majbur bo‘ladi.
O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati: Bu o‘yin bolalarni kuzatuvchan, ziyrak bo‘lishga o‘rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |