23.Geometrik mazmundagi masalalarni yechish ni o`rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o`rgatish
REJA:
1. O`zbekiston Respublikasi ta`lim to`g`risidagi qonun (1997y) nuqtai nazaridan bolalar bog`chasida bolalarni matematikaga tayyorlashda zamonaviy maktabga (1- sinf) qo`yiladigan talablar.
2. Bolalar bog`chasi va maktab ishidagi hamkorlikni tashkil qilish shakllari.
3. Shu uslublaridagi hamkorlik.
Referat haqida toliq malumot:
O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlod istiqlol mafkurasi asosida sog`lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta`limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug`ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarinи hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy ?adriyatlar asosida muntazam ta`lim olishga /maktab bog`chaga/ tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni, oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishi ushbu maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiya mazmunining asosiy yo`nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo`lib, u davlat hujjati sifatida e`tirof etiladi.
Davlat talablari ko`rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgachа yoshdagi bolalarning jismonan sog`lomligi, qobiliyagi, ehtiyoji va imkoniyatlari ya`ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini bajarish O`zbekistoн Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo`lishidan qat`iy nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir.
Bolalarni maktabga tayyorlik darajasiga qo`yiladigan
minimal talablar.
Maktabgacha yoshdagi bola ta`limini bola o`rganayotganini tushuna oladigan qilib ko`rish kerak.
Bu fikrni tushuntirish uchun sodda misol keltiramiz. Bola oldiga guruch solingan tog`orachani qo`yamiz. Bolaga shu tog`orachadan 5 qoshiq guruch olishni taklif qilamiz. 5-6 yoshdagi bola uchun bu vazifa qiyinlik qilmaydi. U 5 qoshiq guruchni xato qilmay oladi. Shundan keyin unga "Эndi olgan guruchingni tog`orachaga qaytarib sol va sana" deymiz.
Maktabgacha yoshdagi bola guruchni harakatlarini sanab qaytarib soladi, u qoshiqlarning qay darajada to`laligiga mutlaqo e`tibor bermaydi. Bola to`rtgacha sanagandan keyin "Necha qoshiq guruch qoldi?" - deb so`raymiz. "Bir qoshiq- deb javob beradi u. Tekshirib ko`rishni taklif ?ilamiz: Bola bilan birga guruchni qoshiqqa (to`ldirib) solamiz. Guruch 3 qoshiq chiqadi. Nega bunday bo`ldi, degan savol bolani boshini berk ko`chaga tiqib qo`yadi, chunki u mazkur faoliyatni bajarishda majburiy bo`lgan ma`lum qonuniyatlarga amal qilamiz-da.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni shunday o`qitish kerakki, uni o`rab olgan tabiat (borliq) tushunarli bo`lsin. Ota-onalar bunda unga yordam berib, muhim o`zaro aloqalarni va o`zaro bog`lanishlarni ko`rsatish, mulohaza yuritishga, solishtirishga o`rgatishi kerak.
Ko`pchilik ota-onalar bolalarini eng oldin o`ngacha, yigirmagacha va hatto yuzgacha sanashga o`rgatadilar. Ularni ranjitishga to`g`ri keladi..
Juda ko`p holda bolalarning ota-onalari g`ururlanadigan bunday "bilim" lari foydasiz bo`ladi, chunki bola bunda sonning nomini va qatordagi taptibini mexanik ravishda yodlab oladi, mutloq sanoq deb ataluvchi sanash bo`yicha mashq qilib oladi. Odatda unda bolalarda sonlar haqida tasavvurlar mavjud bo`lmaydi.
Bolani sanashga qanday o`rgatish kerak? Sanoq bola uchun ma`lum tartibda yodlab olingan so`zlar majmuasi bo`lmay, balki sanash sonning mazmunini bilganlikka asoslanadigan bo`lishiga qanday erishish mumkin?
Эng sodda va samarali metod- predmetlarni qayta sanashdir. Buning uchun maxsus mashg`ulotlarni tashkil qilishning hojati yo`q. Bolaning kattalar bilan muloqoti vaqtida, bolalar o`yinlari vaqtida sanoq bo`yicha mashqlar uchun imkoniyatlar ko`p. "Uy oldida nechta daraxt o`smoqda? Gul pushtada nechta gul ochilgan? Mashinalar turadigan joydagi qizil mashinalar nechta? Qutidagi qalamlar nechta? Beshta tarelka, beshta qoshiq keltir. Nechta odam choy ichsa, shuncha piyola keltir (qo`y)".
Istalganda katta bolalarga shunga o`xshagan ko`plab savollar berish mumkin yoki shunday topshiriqlar berish mumkinki, ularni bajarganda bolalar sanoq bo`yicha mashq qilishsin. Ammo bolalarni predmetlarni qayta sanashga o`rgatishda ma`lum qoidalarga amal qilishga to`g`ri keladi: qayta sanash vaqtida bola sonni tartibi bilan aytishi, har qaysi sonni bir predmetga mos keltirishi, qayta sanashda ham birorta ham predmetni qoldirmasligi va bir predmetni ikki marta qayta sanamasligi kekrak. Qayta sanashda sonni predmet surib qo`yilganda yoki qo`l tekkandan keyingina aytish kerak. Aks holda bola predmetni emas, balki o`z harakatlarini sanashi mumkin. Shu qoidalarni yaxshi o`zlashtirib olganidan keyingina predmetlarni ularga qo`l tekkizmay sanashi mumkin.
Sanash malakasini bola uchun qiziqarli bo`lgan o`yin bilan mustahkamlash mumkin. Boladan ko`zlarini yumishini so`rang, o`zingiz esa bip necha marta chapak chaling yoki bolg`acha bilan stolni bir nechа marta uring. Bola ko`zini ochib, siz necha marta chapak chalganingizni aytishi, miqdorini sanash, stolda qancha predmet turgan bo`lsa, shuncha marta chapak chalish, bolaning o`zi nechani o`ylagan bo`lsa, shuncha marta o`tirib- yoki sakrash va so`ngra shu sonni aytish, ular oldiga qo`ygan predmetlaringizni sanash, xonadagi bir xil predmetlarni (stullarni, pardalarni, piyolalar,gullarni va boshqalarni) sanash.
Bola sanash ko`nikmalarini o`zlashtirganligini, sanash operatsiyalarini u qanchalik asosli bajarilishini qanday bilish mumkin?
Buni amalga oshirish juda oson. Masalan, tugmalarni, yong`oqlarni, yoki boshqa predmetlarni qatorga qo`yish, yoki biror aniq rasm, geometrik figura shaklida yoyish va ular nechta ekanligini sanashni so`rash. Sanashni yaxshi o`zlashtirshan bola uchun bu topshiriq hech ham qiyinchilik tug`dirmaydi. Chunki u bu sonni tashkil qiluvchi predmetlarning qanday joylashganligiga bog`liq emasligini biladi.
Adabiyotlar:
1. Bikbaeva N.U., Ibraximova 3.I., Qosimova X.I. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish. T., 1995.
2. 1-4 sinflar uchun dastur. T. 1988y.
3.. A.I. Vasil`eva, L.A.Baxturiya, I.I.Kobitina bolalar bog`chasining katta tarbiyachisi. T.1991
4. Stolyar A.A. Formirovanie elementarnix matematicheskix predstavleniy u doshkol`nikov. M.1988y.
5. www.pedagog.uz
6. www.edu.uz
7. www.ziyouz.com
8. www.gov.uz
Dostları ilə paylaş: |