29.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi qaysi fanlar bilan chambarchas bog’liq?
*a)Fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya.
30.”Maktab xodimlari mehnatiga hurmat”, ”Maktab oldi maydonidagi ishlarga qatnashish”, ”Ishlab chiqarishda band odamlarning mehnati” kabi mehnat ahliga hurmatni tarbiyalovchi mavzular nechanchi sinflarda berilgan?
*a)1-sinfda
31.Tabiatshunoslikni o’qitishda nechta didaktik tamoyillarga amal qilinadi?
*A.8ta
32.Qachondan boshlab Tabiatshunoslik mustaqil fan sifatida o’qitilmoqda?
*a)XX-asrning 60-yillaridan boshlab
33.Boshlang’ich sinflardagi Tabiatshunoslik ta’limining mazmuni qaysi fanlarning hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi?
*a).Botannika,zoologiya,ekologiya,odam anatomiyasi va fiziologiyasi,geografiya
34.Tabiatshunoslik o’qitishning ko’rgazmalilik tamoyilini bevosita necha turga ajratish mumkin?
*a).2 xil:predmetli va tasviriy ko’rgazmalilik
35.Surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema ko’rgazmalilikning qaysi turiga kiradi?
*a)tasviriy
36.O’qituvchi sinfda ish olib bora turib, har o’quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartarf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o’rganish va hisobga olish qaysi tamoyilga muofiq?
*a)O’qitishning individuallashtirish tamoyili
37.Nechanchi yildan boshlab, 1-sinf o’quvchilari yangi o’quv predmeti-“Atrofimizdagi olam”ni o’rgana boshladilar?
*a)1986-yildan boshlab
38.Qahrabo kapalagi, karam kapalagi, qichitqi o’t kapalagi nechanchi sinflarda kuzatiladi?
*a) 1-sinfda
39.Matn bilan ishlash, savol va topshiriqlar bilan ishlash, darslikdagi rasmlar bilan ishlash uslublari tabiatshunoslik o’qitishning qaysi vositalariga xos?
*a).Darslik bilan ishlash
Dostları ilə paylaş: |