100. Algebra nimani o‘rganadi? *a) Algebra- matematika fanining eng muhim va eng katta bo‘limi hisoblanadi va u turli miqdorla rustida amallarni hamda shu amallar bilan bog‘liq bo‘lgan tenglamalarni o‘rganadi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIM XORAZM 1. Diktant so‘zining ma’nosi qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *a) aytib turmoq, gapirmoq, so‘zlamoq
2. Diktant maqsadga ko‘ra necha turga bo‘linadi? *a) 2
3. Ta’limiy diktant turlari nechta? *a) 8
4. Qaysi diktant turida yaqinda yoki ilgari o‘rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi? *a) tekshiruv
5. Qaysi diktant turida matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o‘quvchilar so‘zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar? *a) ta’kidiy
6. Qaysi diktant turida o‘quvchilar qoidalarga oid so‘zlarning tagiga chizadilar? *a) izohli
7. Qaysi diktant turida o‘quvchilar o‘qituvchi aytayotgan matnning hammasini yozmaydilar, ya’ni o‘qituvchining topshirig‘iga mos qisminigina yozadilar? *a) saylanma
8. Qaysi diktant turida o‘quvchilarga o‘qituvchi o‘qib bergan matnni o‘zgartirish, bir so‘zni unga yaqin ma’noli so‘z bilan almashtirish erkinligi beriladi? *a) erkin
9. Ona tili fanidan fanga oid kompetensiyalar nomlarini ko`rsating? *a) nutqiy, lingivistik
10. Nutqiy kompetensiya o‘z ichiga nimalarni oladi? *a) tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish
11. Boshlang‘ich ta’lim bitruvchisi A1 darajada nechta so‘zdan iborat diktantni tinglab yoza olishi kerak? *a) 65-70 so‘z
12. Savod o‘rgatishning asosiy metodi ko‘rsatilgan javobni belgilang? *a) analitik-sintetik tovush metodi
13. Ta’limiy diktantlar uchun darsning necha daqiqasi ajratiladi? *a) 5-10 daqiqa