3. Darsga berilgan ta’rifni toping?
*a) Dars sinfda aniq maqsad,berilgan vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishi
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori qachon qabul qilingan?
*a) 2017 yil 6 aprel
5. Umumiy o‘rta ta’limning (UO‘T) tayanch o‘quv rejasi qanday hujjat hisoblanadi?
*a) Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
6. UO‘Tning o‘quv dasturi qanday hujjat hisoblanadi?
*a) Tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
7. Dars jarayoni necha bosqichdan iborat?
*a) 6
8. UO‘T muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun qanday hujjat asos hisoblanadi?
*a) Tayanch o‘quv reja
9. Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatsih jarayonida qaysi metoddan foydalaniladi?
*a) Tahlil va tarkib metodidan
10. Lingvistik kompetensiya o‘z ichiga nimalarni oladi?
*a) Fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyotiga oid.
11. Unlilar qatorini belgilang.
*a) a, o, i, u, e, o‘;
12. So‘zlarda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo‘yilgan qatorni aniqlang.
*a) Al’o, taz’im, tas’ir.
13. Tutuq belgisi to‘g‘ri qo‘yilgan so‘zlar qatorini belgilang.
*a) San’at, sur’at, qal’a.
14. Boshlang‘ich sinflarda yozma nutq malakalarini rivojlantirish va husnixatga o‘rgatish maqsadini qaysi fan amalga oshiradi?
*a) Ona tili.
15. Ko‘rgazmali qurolga qo‘yiladigan talablar?
*a) Didaktik, metodik, estetik,gigiyenik.
Dostları ilə paylaş: |