BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI O‘QITISH METODIKASI
BO’YICHA 2019- YIL UCHUN TESTLAR
Boshlang’ich ta’lim Toshkent
3.Tanlab olingan mavzular doirasida har bir ishtrokchini erkin va mustaqil fikrlashga, ma’lum qadriyatlarni aniqlashga, ayni vaqtda ularga muqobil bо‘lgan g‘oyalarni tinglash uchun sharoit yaratuvchi metodni aniqlang?
a)* Aqliy xujum.
4. Pedagogik texnologiya bu -?
a)* Oldindan loyihalangan ma’lum bir pedagogik tizimni amaliyotga joriy qilish, pedagogik tizim bu shaxsga maqsadli pedagogik ta’sir kо‘rsatish uchun zarur bо‘lgan metodlar, vositalar va jarayonlar yig‘indisi.
5. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor qachon va qayerda qо‘llanilgan?
a)* “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qо‘llanilgan.
6. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi nima?
a)* Bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim-tarbiya maqsadiga erishish.
7. Innovatsiya bu - …?
a)* Innovatsion (inglizcha innovatsion) - yangilik kiritish, yangilik yaratish demakdir.
8. Shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim mohiyati va tamoyillari berilgan qatorni belgilang.
a)* Insonparvarlik, hamkorlik, erkin tarbiyalash, shaxs о‘zida yashiringan yangi qobiliyat, mustaqil о‘qib-о‘rganish.
9. Tolerantlikning lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
a)* Tolerantlik (lot.tolerantia – chidam, sabr-toqat), bag‘rikenglik – о‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli, chidamli bо‘lish.
10. Pedagogik paradigma nima?
a)* Pedagogik paradigma–(yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish.
11. Pedagogik texnologiyalar eng tezkor ravishda qaysi mamlakatlarda tajribaviy sinovdan о‘tgan?
a)* Koreya, Yaponiya, Singapur
Dostları ilə paylaş: |