13. "Kompetensiya" tushunchasi nimalarni ifodalaydi? *a) "Kompetensiya" tushunchasi (lotincha "competere" - mos kelmoq ma’nosini beradi) quyidagi mohiyatlarni ifodalaydi:
Kompetensiya so‘zi keng ma’noda - umumiy yoki muayyan keng qamrovli masalalarni yechishda mavjud bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada qo’llay olish qobiliyatini anglatadi.
14. Madaniy tolerantlik nima? *a) madaniy qiziqqonlikka zid bo‘lib, boshqa madaniyatlarni tan olish, ularni to‘g‘ri qabul qilishga qobiliyatlilik. Madaniy tolerantlik madaniy ta’sir o‘tkazish, madaniy ekspansiyaga yo‘l qo‘yilmasligini talab etadi;
15. O‘zbekistonda pedagogik texnologiyalar bo‘yicha markaz qachon tashkil etilgan? *a) 1999 yilda Respublika ta’lim markazi qoshida
16. O‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni tushuntiradigan, bir masalaga doir turli nuqtayi-nazarlarni bayon qiladigan va turli masalalarni yechishni taklif etadigan usul. *a) Muammoli vaziyat yaratish
17. Boshlang‘ich ta’limning “Ona tili” o‘quv dasturi nechta bo‘limdan iborat? *a) Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish, fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
18. Savod o‘rgatish jarayoni nechta davrni o‘z ichiga oladi? *a) Alifbegacha tayyorlov va alifbe davri.
19. Husnixat malakalarini shakllantirish uchun A1 darajaga qancha vaqt ajratiladi? *a) 5-8 min.
20. 1-4-sinflarda qaysi fanning sodda elementlari ona tili mazmuniga singdirilgan? *a) Iqtisod va soliq alifbosi
21. 2-sinfda axborot bilan ishlash kompetensiya elementlariga nimalar kiritilgan? *a) Darslik materiallaridan tashqari manbalardan ma’lumotlar izlab topish,
televizor, radio lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish
22. 2-sinfda fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish uchun necha soat ajratilgan? *a) 136 soat
23. Televizor, radiodan eshitgan, ko‘rgan lavhalardan ma’lumotlar yig‘ish, tayanch kompetensiyaning qaysi biriga kiradi? *a) Axborot bilan ishlash kompetensiyasi