O. Roziqov va boshqalar. «Ta’lim texnologiyasi».T. :-«Pedagog»-1999.
Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar - T: Moliya nashr.,2003
1-mavzu: Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning maqsad va vazifalari (2 soat amaliy) Mashg‘ulot maqsadi: Har bir pedagogning bosh maqsadi - pedagogik mahorati bilan o‘z individualligini yorqin namoyon etish, interfaol ta’lim vositasida mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish, uning sifatida oldindan o‘quvchilarni ta’lim-tarbiya samaradorligini ko‘ra bilish.
Interfaol ta’lim vositasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash madaniyatini shakllantirish O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. Nutq - bu og‘zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
So‘zlar eshittirib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir mohiyatga ega bo‘lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.Odamlar o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning his - hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi.
U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza, tark - tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og‘zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi.
Har bir fan ma’ruzalari muammoli tarzda bo‘lishi bilan tanqidiy asosda o‘qitilishi, o‘quvchilarda o‘rganishga, shuningdek tanqidiy fikr yuritilgan o‘quv adabiyotlarga nisbatan qiziqishini orttiradi, ular qator fikrlar asosida o‘z fikrini mustahkamlashga harakat qiladi, ma’ruza o‘qigan pedagog bilan muloqot qilish uchun intiladilar, o‘z fikr- mulohazalarni ifoda qilish yo‘llarini topadilar. Demak, o‘quvchi o‘z bilimini tanqidiy fikrlar asosida oshirib boradi va har qanday holatda ham fikr-mulohaza yuritish qobiliyatini namoyon etadi.