Boshlang'ich va uzluksiz ta'lim pedagogikasi fanidan oraliq nazorat savollari



Yüklə 282,5 Kb.
səhifə9/9
tarix10.08.2022
ölçüsü282,5 Kb.
#117516
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogikadan savollar

Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar. Maxsus ravishda o‘quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Unda o‘quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi. Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo‘yiladi. Darslikdagi fikrlar lo‘nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson shaklda bayon qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog‘ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo‘lishi lozim. Quyi sinflarga mo‘ljallangan darsliklarda rangli illyutratsiyalardan foydalaniladi. Eslab qolishi talab etiladigan asosiy o‘rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga olinadi. Har bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollar beriladi. Darsliklar o‘quv materialini tezroq, to‘laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldiriladi. Yo‘nalishi va hal qilinadigan vazifalariga ko‘ra o‘quv qo‘llanmalarni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- o‘quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam beruvchi qo‘llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to‘plami, ma’lum predmet bo‘yicha o‘qish kitobi, kontur kartalar);
- o‘rganilgan masalalarni illyustratsiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil qilishga yordam beruvchi qo‘llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar, diagrammalar, atlaslar),
- ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi qo‘llanmalar (bosma asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi);
- ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo‘llanmalar (lug‘atlar);
- ko‘p maqsadda ishlatiluvchi qo‘llanmalar: kinofilmlar, ensiklopediyalar va h.k.
Hozirgi davrda umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu muammolar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy, o‘quv darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, masofaviy o‘qitish, internet tizimi bilan bog‘liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi kerak. Darsliklar yaratishda mualliflararo raqobat, sog‘lom muhitni yuzaga keltirish, ularning sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’limning o‘quv moddiy, nashriyot bazasini rivojlantirishda muammolar hal etilsa, darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi.

31 Iqtidorli o'quvchilarni o'qitish (Education of gifted children). Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchilar maxsus psixologik va pedagogik test o’tkazish orqali aniqlanadi. Bunday o’quvchilarni maqsadli tayyorlashda ta’lim muas[1]sasalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:


– iqtidorli o’quvchilarni intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va qobiliyatla[1]rini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
– malakali o’qituvchilarni iqtidorli o’quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ish[1]lashga jalb etish;
– ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy jamiyat ishlariga iqti[1]dorli o’quvchilarni qamrab olish;
– iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda maktab banki va monitoringini shakllantirish;
– maxsus o’quv dasturlari va progressiv (taraqqiy etgan) pedagogik texnologi[1]yalarini ishlab chiqish;
– oliy o’quv yurtlari, o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va litsey talablariga javob beruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlar bilan hamkorlik qilish.
Maktabda bilmli o’quvchilarni izlash, o’qishning dastlabki kunlaridan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Iqtidorli o’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini hisobga olgan holda, psixologik va pedagogik testlar o’tkazish orqali qobiliyatini rivojlanganlik darajasiga qarab aniqlanadi.
Aniqlangan iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayyorlash quyidagi o’quv-ijodiy, tarbi[1]yaviy masalalar va yo’nalishlardan iborat:
– kengaytirilgan o’quv rejasi bo’yicha o’qish va qo’shimcha malakaga ega bo’lish (tanlangan yo’nalish bo’yicha);
– maqsadli dastur bo’yicha yakka tartibda (individual) o’qitish;
– chuqurlashtirilgan dastur bo’yicha o’qitish (fundamental fanlar, umumkasbiy fanlar);
– oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va litsey talablariga asoslan[1]gan holda maktabda iqtidorli o’quvchilarning kasbiy, o’quv-ijodiy va tarbiyaviy tayyor[1]garligining qo’shimcha yo’nalishini va ta’lim xizmatlarini joriy etish.
Iqtidorli o’quvchini maqsadli tayyorlash dasturlarida quyidagi omillar nazarda tu[1]tiladi:
– fanlarni yuqori darajada o’zlashtirish;
– kompyuter bilimdonligi hamda dasturlashtirish;
– chet tillaridan birini puxta egallash;
– ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohaza[1]larni bildirish;
– soha bo’yicha mustaqil bilim olishga yo’naltirish va ilm-fan sohasidagi yangi[1]liklarini tezkorlik bilan egallash xususiyatlarini shakllantirish;
– davlatning ichki va tashqi siyosatini to’g’ri tushunadigan va uni qo’llab-quvvat[1]laydigan, vatanparvar, barkamol inson etib shakllantirish.

32.Ta'lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari---------------------------


33.Ta'lim metodlari tasnifi va ularga turlicha yondashuvlar mohiyati.
Keng ma’noda metod yunoncha “Metodost” so‘zidan olingan bo‘lib, “yo‘l”, “usul” ish uslubi degan ma’noni anglatadi. Qo‘llaniladigan (o‘qitish) “metod” - termini kishilarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum ob’ektni o‘zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi. O‘qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi usullari tushuniladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida: “Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmog‘i negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining maqsadi oshib boradi, televideniye va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi”, deb ta’kidlangan.
Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlantirish masalasiga kelganda, bu odatda, ikki yo‘l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‘ayrat, qasd – intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi (usul) yo‘l – majbur etish yo‘li, bu usul gapga ko‘nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan g‘ayratga kirishadiganlardan emas, deb ta’kidlagan A.N.Forobiy.
Y.K.Babanskiy tahriri ostida nashr qilingan “Hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish metodlari (1990-yil) kitobida o‘qitish metodlari quyidagicha turkumlanadi”.
1.O‘qitishning og‘zaki metodlari.
2.O‘qitishning ko‘rgazmali metodlari.
3.O‘qitishning muammoli – izlanishlar va reproduktiv metodlari.
4.O‘qitishning mantiqiy metodlari: induktiv, deduktiv va asoslash mantiqiy metodlari.
5.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini rag‘batlantirish va asoslash metodlari:
a) bilimga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish metodlari.
b) bilim berishdagi burch va mas’uliyatni rag‘batlantirish metodlari.
7. O‘qitishdagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari:
a) Og‘zaki va yozma nazorat metodlari.
b) O‘quvchilapning tayyorgarliklarini laboratoriya va amaliy yo‘llar bilan nazorat qilish metodlari.
v) Mashina vositasida nazorat qilish metodlari.
g) O‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari va h.k.
O‘qitish metodlariga quyidagi pedagogik talablar qo‘yiladi:
1.Tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilishi.
2.Metodning ilmiyligi.
3.Metodning ommabopligi va o‘quvchilar rivojlanishining psixologik-pedagogik imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi.
4.O‘quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligi.
5.O‘z ishida ilg‘or metodlarni muntazam o‘rganish, boshqalar tajribasidan foydalanish zarurligidan iborat.
6.O‘qitish metodlari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va ularning samarali o‘zlashtira olishlariga imkon berishi.
7.O‘qitish metodlari butun sinf o‘quvchilari faolligi va mustaqilligini oshirishga qaratilmog‘i kerak va h.k.
Maktablarda qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlari xilma-xil bo‘lib, ularning keng tarqalganlari quyidagilar:

1.O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi. Ushbu metod maktab ta’limi tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, uni barcha fanlardan, barcha sinflarda qo‘llash mumkin. Bu metodda o‘qituvchi bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli nutqi bilan bayon qiladi va o‘quvchilar esa idrok qilishi bilan xarakterlanadi.


Hikoya qilish – o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga doir hodisa va voqealarning yaxlit qismlarga bo‘lib, izchil bayon qilinishi. Hikoya qilish davomida o‘quvchilar faolligini oshirish, diqqatni bir yerga to‘plash, ularning voqea ustida fikr yuritishi va almashinishlariga erishishi uchun ayrim savollar berib borishda ko‘rsatma materiallardan foydalanish kerak. Hikoya qilishning muvaffaqiyatli bo‘lishi o‘qituvchi nutqining ravonligi, tushunarli va emotsional bo‘lishiga bog‘liq.
Tushuntirish – o‘qitishning o‘qituvchi tomonidan o‘tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishi. O‘quvchi ma’lum bir fanning biror mavzusiga doir qonun-qoidalarni qanchalik asosli ekanligini faktlar, misol va masalalar yechish bilan isbotlab beradi.
Maktab leksiyasi metodi – asosan, o‘rta maktabning VII-IX sinflarida qo‘llaniladi. O‘qituvchi ma’ruza metodi bilan ish ko‘rar ekan, mavzuning har bir qismi, albatta, tugallangan bo‘lishi kerak. Bu metodda dars olib borgan o‘qituvchi maktab, ta’lim oldida turgan umumiy talablarga, tarbiyaviy qoidalarga, nutqning tushunarli hamda emotsional bo‘lishiga e’tibor berishi kerak. Maktabda o‘quvchilarni qisqacha konspekt yozishga o‘rgatish kerak.
Suhbat metodi – bu metod ko‘p qo‘llaniladigan samarali metodlardan biridir. Bu metod savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki dars jarayonida savollar bilan butun sinfga murojaat qilinadi, o‘quvchilar javob qaytaradilar. Bu o‘qituvchi tomonidan berilayotgan ta’lim mazmuni hajmi va shakliga bog‘liq.

2.Darslik va kitob bilan ishlash metodi. Bu metod ham maktabda muhim o‘rin tutadi. Kitobsiz va undan foydalanish madaniyatiga ega bo‘lmay turib, fan-texnika sirlarini egallab bo‘lmaydi. O‘quv amaliyoti bilan ishlash psixik jarayonni o‘z ichiga oladi. O‘qitish jarayonida o‘qituvchining bayon qilayotgan bilimlarini o‘quvchilar faqatgina eshitib qolmasdan, shu bilan birga uni kitob matnidan ko‘rib, ongli idrok qilishi muhim rol tutadi. Darslik va kitob bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:

Dars jarayonida darslik va o‘quv adabiyoti bilan ishlash.

Sinf va maktabdan tashqari darslik va o‘quv adabiyoti bilan mustaqil ishlash.

3.Namoyish qilish va illyustratsiya o‘quvchilar tomonidan materiallarni aniq obrazlar orqali bevosita idrok etish jihatidan muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar o‘rganayotgan buyum va hodisalarni konkret va aniq tasavvur etgan taqdirdagina ularning olgan bilimlari chuqur va puxta bo‘ladi.

Namoyish qilish metodi. Bu metod ta’limda keng qo‘llaniladi, undan darsda ko‘pincha fizika, ximiya, biologiya fanlariga alohida tabiiy narsa va buyum ko‘rsatiladi. Ta’lim jarayonida namoyish qilish metodidan foydalanish juda ko‘p jihatdan namoyish qilish materiallarining xarakteriga, mazmuniga, shakli va hajmiga bog‘liq. Ko‘rsatma materiallari o‘z mazmuni va xarakteriga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:

Tabiiy ko‘rsatmali materiallar: o‘simlik, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning kollektsiyalari va boshqalar.

Tasviriy ko‘rsatma materiallar. Bu mazmuni va tizimi shakliga qarab 2 turga bo‘linadi:

a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi rasmlar – rasm, surat, fotosurot, diafilm, kinofilm va h.k.
b) buyum, narsa, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali simvolik yoki grafik materiallar – geografiya va tarix kartalari va chizmalar, jadvallar va boshqalar. Tasviriy ko‘rsatma materiallarini har ikki shakli illyustratsiya materiallari deb yuritiladi.

4.O‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan buyum va hodisalarni jonli kuzatib, idrok etish yo‘li bilan ilm asoslarini egallashga ekskursiya metodi deyiladi. Sa’diyning “Guliston” asarida “safarning foydasi ko‘pdir: bag‘ri diling ochiladi, foyda topasan, ajoyibotlarni tko‘rasan, g‘oyibotlarni eshitasan, shaharlarni tomosha qilasan, do‘stlar bilan suhbatda bo‘lasan, bilim orttirasan, mol-u mulk, davlatingni ko‘paytirasan, do‘stlaringni yaqindan tanib, taqdirni imtihon qilasan” deyilgan. Ekskursiya zavodlarga, fabrika, qo‘shma korxona kabilarda o‘tkaziladi. Ekskursiya o‘tkazishda bir qancha talablarga amal qilish lozim. Ekskursiya to‘rt yo‘nalishda bo‘lmog‘i lozim:

tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida;

sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga doir;

ijtimoiy va maishiy mazmundagi;

san’at va adabiyot materiallari bilan tanishishga oid ekskursiyalar.

Ekskursiya quyidagi tartibda olib boriladi:

ekskursiya haqida ekskursovodning muqaddima suhbati;

marshrut bo‘yicha ob’ektni kuzatish;

ekskursiya davomida yoki oxirida zarur materiallarni to‘plash.

og‘zaki, yozma mashq va grafik ishlari metodi.

amaliy, laboratoriya mashg‘uloti metodi.

tajriba yer uchastkasida mashg‘ulot.

muammoli o‘qitish metodi.

Bu metodlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hamma sinflarda, o‘quv fanlari bo‘yicha keng qo‘llaniladi. 5.Mashq metodi o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalarni mustahkamlash va ularni hayotda qo‘llay olish qobiliyatini o‘rgatish maqsadida tashkil etiladi. O‘quvchilarning mustaqil ishlari xususiyatlari va mazmuniga qarab og‘zaki, yozma, grafik va amaliy turlarda olib boriladi:

og‘zaki mashq;

yozma mashq;

grafik ishlar (metod);

amaliy ishlar.

Yozma ishlar: ona tili va adabiyot, matematika, shuningdek, tarix va geografiya fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladi. O‘quvchilarning yozma mashqlari, asosan, ko‘chirib olish, bayon, yozma ish qog‘ozlari, matematikadan misol va masalalar yechish kabilardan iborat.

Grafik ishlar: yozma ishlar jumlasiga kirib, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan yoki o‘zlashtirmagan, bilimlarini ongli va mustahkam esda saqlab qolishlariga hamda shu sohada ko‘nikma, malakalar hosil qilishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning grafik ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rasm chizish, geografiya va tarix fanlaridan unchalik murakkab bo‘lmagan kartalar chizish, chizma va sxemalar chizish, jadval, diagramma va grafiklar, plakat, albom, stendlar tayyorlash va b. Grafik ishlarni o‘quvchilar bajarganda, o‘qituvchilar kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘rsatishlari kerak.

6.Laboratoriya mashg‘ulotlari metodi. Laboratoriya ishlari deb o‘quvchilar tomonidan maktab sharoitida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar vositasida (mikroskop, o‘lchov asboblari, tajriba jihozlari va b.) bevosita o‘rganishga aytiladi. Bu metod asosan V-IX sinflarda fizika, ximiya, biologiya va tabiiy geografiya fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari maxsus jihozlangan laboratoriya, kabinet hamda tegishli apparat, mikroskop, lupa, kolba, o‘lchov asboblari yordamida oddiy sinf xonalarida, maktablarning yer uchastkalarida olib boriladi. Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘qituvchi tomonidan ilgari bayon qilingan materiallarni aniqlash, isbot qilish va mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Yuqori sinflarda yangi bilimlarni berishda ham ishlatish mumkin. Laboratoriya darsi mashg‘ulotlari ko‘pincha 3 turda bo‘ladi:

kuzatish;

tajriba yoki eksperiment o‘tkazish;

tegishli asbob-uskunalar yordamida, vositada ma’lum ob’ektni o‘lchab ko‘rishda ishlatiladi.

Laboratoriya mashg‘ulotlari xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi:


1. Sinf o‘quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar.
2. Sinf o‘quvchisining alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg‘ulotlari.

7.Amaliy ishlar metodi – umumiy o‘rta ta’lim maktablarini texnika va mehnat malakalari bilan qurollantirish maqsadida amaliy ishlar olib boriladi. Fizika, ximiya, biologiya, chizmachilik fanlari o‘quvchilarga texnika ta’limini berishda muhim rol o‘ynaydi. Texnik ta’lim o‘quvchilardan bevosita ishlab chiqarishning dastlabki mehnat ko‘nikmalari bilan qurollanishni talab qiladi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida o‘quv ustaxonasi va tajriba yer uchastkasida bir qancha amaliy tajriba ishlari olib boriladi. Masalan: yog‘och va materiallar bilan ishlash.


Yuqori sinflarda maktab yer uchastkasida amaliy tajriba olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda shu mashg‘ulotlarning xarakteriga qarab xilma-xil metod va usullar qo‘llaniladi. Amaliy ishlar oxirida o‘qituvchi o‘quvchilar ishini tekshiradi, baholaydi, mashg‘ulotga yakun yasaydi.

34.Dars-ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars turlari.


-----Dars – o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli. Dars – o‘qituvchining rahbarligida muayyan vaqtda sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan mashg‘ulot. Sinf – yoshi va bilim jihatdan bir xil bo‘lgan, ma’lum miqdordagi o‘quvchilar guruhi. Hozir maktablarimizda sinf-dars tizimi asosan quyidagi shakllarda olib boriladi:
1. Yoshi va saviyasi bir xil bo‘lgan bolalarning doimiy guruhi bilan;
2. Dars mashg‘uloti 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval asosida o‘tadi;
3. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilar aktivligiga asoslanib, bevosita o‘qituvchining rahbarligida o‘tadi;
4. O‘tiladigan materialning mazmuniga qarab turli metodlar qo‘llaniladi. Darsda bir narsa haqida tugal bilim berilishi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirishga zamin yaratishi kerak.
Biroq maktablarda hozir faqat mashg‘ulotlar sinf-dars tizimida olib borilmaydi. Shuning uchun maktabda ta’limni yo‘lga qo‘yish shakllari ikki turga ajratiladi:
1. Sinf-dars tizimida olib boriladigan mashg‘ulotlar;
2. Amaliy va tajriba ishlar shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar.
Hozirgi zamon darsiga qo‘yilgan talablar quyidagilardir:
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni nazarda tutishi va puxta rejalashtirilgan bo‘lishi lozim.
2. Har bir darsda mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalish bo‘lishi lozim. Dars o‘quvchilarni siyosiy tarbiyalashni, jamiyat va tabiatning taraqqiyot qonuniyatlarini, bilimning turlari bilan bog‘lanishini ta’minlashi kerak.
3. Har bir darsda xilma-xil metod, metodik usul va vositalardan keng hamda unumli foydalanish lozim.
4. Darsga ajratilgan har bir soatni tejash, undan samarali foydalanish kerak.
5. Darslikda yuksak darajada intizom bo‘lishi kerak.
b. Har bir dasrda xalqning boy pedagogik merosi, urf-odati va qadriyatlaridan keng foydalanish kerak.
7. Darsda nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga o‘rgatishi kerak.
8. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning aktiv faoliyat birligini ta’minlamog‘i kerak.
9. Har bir darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati birlashgandagina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Buning uchun o‘qituvchining darsga pyxta tayyorlangan bo‘lishi bilan birga, uni amalga oshirish uchun qanday dars tipi va o‘qitish metodlaridan foydalanishni aniq belgilash lozim.
10. Vositalarni to‘g‘ri tanlash va ishlatish.
11. Sinf jamoasi va har bir o‘quvchi bilan mos muamolada bo‘lish.
12. Sinf o‘quvchilarining darsdagi faolligi va mustaqilligini ta’minlash choralarini rejalashtirish (og‘zaki, yozma, grafik shaklda) unumli va samarali foydalanish va h.k.
13. Dars mashg‘uloti butun bir sinf o‘quvchilari diqqatini bir yerga to‘plagan holda olib borilishi va ayni vaqtda har bir o‘quvchining indvidual va yosh xususiyatlarini hisobga olishi kerak va h.k.
Hozirgi maktablarda darslar uchta vazifani bajaradi: Birinchi vazifasi qanaqa fan bo‘lishidan qat’iy nazar o‘quvchilarga ta’lim beradi, ya’ni mazkur fanga mos ilmiy bilimlar, saboqlar beradi. Ikkinchi vazifasi mazkur fanning o‘z mazmuni va xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarni tarbiyalaydi, ya’ni o‘quvchining mafkurasi, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy, vatanparvar, insonparvar kabi fazilatlari shakllantiriladi. Uchinchi vazifasi birinchi va ikkinchi vazifalari natijasi hisoblanib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish. Soddaroq qilib izohlasak, o‘quvchining olgan ta’lim-tarbiyalarini amalda qo‘llashga o‘rgatish vazifasidir. Ta’limning umumiy vazifasi o‘quvchi shaxsini shakllantirishdir.

Dars tiplari va strukturasi. O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda mashg‘ulotlarning asosiy qismi dars tipini tashkil qiladi. Maktab ta’limi tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars tiplari quyidagilar:

1.Yangi bilimlarni berish darsi.

2.O‘tilgan materialni mustahkamlash darsi.

3.O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish darsi.

4.Takrorlash – umumlashtirish darsi.

5.Aralash dars (yuqoridagi dars tiplarining bir nechtasi bir vaqtda qo‘llaniladi).

Maktabdagi eng ko‘p qo‘llaniladigan dars tiplaridan biri – yangi bilimlar berish darsidir. Odatda bu dars tipi quyidagicha tuziladi:

1.yangi bilimlarni bayon qilish;

2.yangi bilimlarni mustahkamlash;

3.yangi bilimlar ustida mashq qilish;

4.yangi bilimlarga bog‘liq holda uy vazifalari topshirish va h.k.

Har bir sinfda dars har bir fanga oid turlicha tuziladi. Dars qanchalik xilma-xil tuzilmasin, unda umumiylik shunchalik ko‘p bo‘ladi. O‘rta maktablardagi darsning tuzilishi asosan quyidagilardir:

1.O‘tgan darsda o‘tilgan materiallarni so‘rash, o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rish darslari.

2.Yangi materialni bayon qilish darslari.

3.Yangi materialni mustahkamlash va takrorlash darslari.

4.Tekshirish darslari va h.k.

35.Ta'limni tashkil etish tizimi va ularning o'ziga xos xususiyatlari.


36.O'qituvchining darsga tayyorlanishi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning sam aradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog'liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o'ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o'quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo'la
olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy
natijaga erishishni ta’min lovchi o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil
etilishini ta’minlash, kompleks chora-tadbirlami ishlab chiqishdir.
O'qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko'zga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (reialashtirish).

Shu bilan birga o'qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o'z fanini


erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak
mashg'ulotning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va
holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib
bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan
boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni
oydinlashtirish, natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchlilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va
layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv
materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi
axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim,
ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar
namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini
baholash va ulardan qabul qilingan m’ezonlarga muvofiq eng ma’qulini
tanlab olish.
Lovihalashtirish (reialashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy
bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin
tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari
(kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg'ulot
keyingi bosqichiga qanday o'tish , oldindan ko‘zda tutilmagan
qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxem a bo'yicha qayta
o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish
dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta’sir ko'rsatishlarini
aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
Ta’limning yordamchi shakllari. Ta’lim ning yordamchi shakllari:
to‘garak, praktikum , seminar, konferensiya, maslahat (konsultatsiya),
fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil
uy ishlari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga
o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan , o‘quvchilarning
mustaqil uv ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi — darsda o‘zlashtirilgan
bilim , ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish , ularni
esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati;
iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o‘quv dasturi
talablari, o‘quvchilarning qiziq ish va ehtiyojlari hamda ularning
rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi.

O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalami bajaradi. Chunonchi, darsda


o‘zlashtirilgan bilim. ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash. sinfda
ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengavtirish va chuaurlashtirish.
mashqlarni mustaqil baiarish ko‘nikmalarini shakllantirish. dasturli
material doirasiga kiruvchi haimda individual topshiriqlarni bajarish
asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish. individual kuzatishlar.
tajribalar. gerbariv. tabiiv namunalar. otkritkalar. rasmlar. gazeta va
jurnal lavhalari statistik m a’lumotlar kabi o ‘quv qo‘llanmalarini to‘plash
va tayyorlash va boshqalar.
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tom onidan uy vazifalarining
halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda
tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o ‘zlashtirayotgan o ‘quvchilarni
rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotida keng tarqalgan kamchilik
hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko'pincha vaqt
yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda,
o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini
ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar.
Natijada mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.
Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa
jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o ‘quvchilaming qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirish, o ‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
To‘garaklar o ‘qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni
rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o ‘quvchilaming ishlari o ‘quv jarayonini
faollashtiradi, o ‘qish sifatini oshirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursivalar ham kiradi. Ular
ommaviy , guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin . 0‘quv
ekskursiyalari alohida fanlar ham da bir qancha fanlar bo‘yicha ham
rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o ‘tkazish uchun o ‘qituvchi
unga puxta tayyorlanishi: obyekt va marshrut bilan oldindan tanishib
chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o ‘quvchilami boiajak topshiriqlarni
bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad,
obyekt, u bilan tanishish tartibi, o ‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini
tashkil etish, topshiriqni bajarish uch un zarur bo‘lgan vositalar va
uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o ‘tkazish metodikasi
mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi
hamda ekskursiya obyektiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi b o ‘vicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari
istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda
fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar
ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi
sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi,
rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o ‘rganiladi.
Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari
emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi.
Fakultativ va tanlovi b o ‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o ‘rta
ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o ‘tkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya — o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha
o'quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil
ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol beradi.
To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o ‘quvchilarga o‘quv materialini
egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya
davomida o ‘qituvchi o ‘quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri
tushunishga mustaqil ravishda, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib
oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialning mohiyatini ochishga
o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya o‘qituvchiga o‘quvchilar
bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab
etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri
tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish,
bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi, o‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.

37.Ta'lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.


38.O'quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
39.Bilim, ko'nikma, malaka va kompetentlikni baholash mezonlari.
40.Ta'lim sifati monitoringi.
41.Umumiy o'rta ta'lim sifatini nazorat qilishning turlari.
42.Ta'lim metodlari va vositatari.
43.O'quvchilar o'quv faoliyatini nazorat qilish turlari.
44. Tarbiya jarayonining mohiyati, ahamiyati va vazifalari.
45.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari,
46.Jamoa haqida tushuncha. O'quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari
47.O'quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. Jamoa an'analari.
48. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari
49.O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari
50. Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va melodlari.
51.O'quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq) dan foydalanish.
52.Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Huquqiy tarbiya
53. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Axloq va ma'naviyat tushunchasi.
54.Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
55.O'quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
56.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari.
57.Mehnal tarbiyasi maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari.
58.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari,
59.Ta'lim muassasasini boshqarish haqida tushuncha.
60.Boshqarish funktsiyalari. Boshqaruv metodlari va usullarl
61.Pedagogik Kengash ta'lim muassasasining boshqaruv organi sifatida.
62.Ta'lim muassasasi Metodik Kengashi, vazifalari va ish hujjatlari.
63.Metodik birlashmalar va ularning faoliyatini tashkil etish yo'llari.
64.Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tiziml
65.Yosh o'qituvchilar bilan ishlash yollari.
BOSHLANG'ICH VA UZLUKSIZ TA'LIM PEDAGOGIKASl FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI

1.Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari,


2.Ta'lim tizimi va turlari. Ta'lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohotlar.
3.Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. ("Ta'lim to'girisida"gi Qonun).
4.O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi.
5.O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan Harakatlar Strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishlarl
6.Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari,
7.Pedagogika faninig asosiy tushunchalari (kategoriyalari).
8.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
9.Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari
lO.Sharq mutafakkirlari va G'arb pedagoglari o'qituvchilik kasbi haqida.
11.Pedagogikaning ilmiy- tadqiqot metodlari
12.Pedagogika fanlari tizimi.
13.O'qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo'yiladigan talablar.
14.Shaxs haqida tushuncha. Shaxsning rivojlanishi va tarbiyasi.
15.Tarbiyada yosh xususiyatlarini hisobga olish va yosh davrlarga bo'lish.
16. Yaxlit pedagogik jarayonning asosiy vazifalari,
17.O'qitish jarayonining vazifa (funksiya)lari va bosqichlari.
18.O'qitish jarayonining ikki tomonlama xususiyati.
19.Ta'lim tamoyil (prinsip)larl
20.STEAM ta'lim (STEAM education) o'ziga xos hususiyatlarl
21.O'quvchilarda axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish.
22.Yangi avlod darsliklarini yaratishga qo'yiladigan talablar.
23.Darslikdagi o'quv rnateriallarini tizimlashtirish tamoyillari.
24.Pedagogik jarayonning qonuniyatlari va tamoyillari
25.Pedagogik jarayonning bosqichlari.
26.Didaktika haqida tushuncha. Dldaktika ob'ekti va predmetl
27.Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
28.Ta'lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlari.
29.Ta'lim jarayonining mohiyati va vazifalari.
30.Ta'lim prinlsiplari (tamoyillari).
31.Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigmalari.
32.Ta'lim mazmunini belgilovchi davlat hujjatlari (DTS,o'quv rejasi, o'quv dasturi, darsliklari)ga tasnif,
37. Iqtidorli o'quvchilarni o'qitish (Education of gifted children).
33.Ta'lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
34.Ta'lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari,
35.Ta'lim metodlari tasnifi va ularga turlicha yondashuvlar mohiyati.
36.Dars-ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars lurlari.
37.Ta'lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.
38.O'quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
39.Bilim, ko'nikma, malaka va kompetentlikni baholash mezonlari.
40.Ta'lim sifati monitoringi
41.Umumiy o'rta ta'lim sifatini nazorat qilishning turlari.
42.Ta'lim metodlarining turlari va vazifalari.
43.Ta'lim metodlari va vositalari.
44.O'quvchilar bilimini tashxis etishning mohiyati.
45. Bilim. ko'nikma va malakalarni tekshirishning vazifalari.
46.O'quvchilar o'quv faoliyatini nazorat qilish turlari,
47.Tarbiya jarayonining mohiyati, ahamiyati va vazifalari.
48.Tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari.
49.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
50.Jamoa haqida tushuncha.
51.O'quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari,
52.O'quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. Jamoa an analari.
53.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi.
54.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.
55.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini shakllantirish.
56.Pedagogik rag'batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari.
57.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
58.O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy vositalari.
59.Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari.
60.Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari,
61.O'quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya. Gerb, Bayroq)dan foydalanish,
62.Vatanparvartik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari.
63.Huquqiy tarbiya.
64.Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
65.Axloq va ma'naviyat tushunchasi.
66.Ma'naviy-axloqiy tarbiya metodlari.
67.Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
68.O'quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
69.Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari.
70.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari.
71.Estetik tarbiya va uning vazifalari. Estetik tarbiya vositalari.
72.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari.
73.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari.
74.Boshqarish funktsiyalari. Boshqaruv metodlari va usullari.
75.Pedagogik Kengash ta'lim muassasasining boshqaruv organi sifatida.
76.Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi. vazifalari va ish hujjatlari.
77.Metodik birlashmalar va ularning faoliyatini tashkil etish yo'llari.
78.Pedagog kadrlarni qayta layyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi
Yosh o'qituvchilar bilan ishlash yo'llari.
79.Korreksion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
80.Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo'lishi sabablari
81.Nutqida nuqson bo'lgan, eshitish, ko'rish qobiliyati buzilgan va tayanch-harakat apparati buzilgan o'quvchilarni korrektsion o'qitish yo'llari.
82. Inklyuziv ta'lim va uning maqsad, vazifalari.
83.Xaiqaro baholash dasturlarining me'yoriy asoslari.
84.PISA - o'quvchilarni ta'limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi bo'yicha ma'lumot bering.
85.IRLS - matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot dasturining o'ziga xos hususiyatlari.
86.TIMSS - maklabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring hususiyatlari.
87.ICILS - kompyuter va axborot savodxonligi bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturining o'ziga xos jihatlari..
88.Inkluziv ta'lim variantlari: doirniy, toliq; doimiy, noto'liq; vaqtinchalik, qisman; epizodik; masofaviy ta'lim.
89.Maktabgacha ta'lim muassasasida inklyuziv ta'lim. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus shart-sharoitlar yaratish.
90.lnkluziv ta'limning maxsus usullari. Imkoniyati cheklangan bolalarni qo'llab-quvvatlashning pedagogik metodlari.
Yüklə 282,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin