Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


О‘quv rejasiga muvofiq о‘zaro bog‘liq bо‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə34/67
tarix19.09.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#117840
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
31010301– NO`D Sartarosh (model’er)

О‘quv rejasiga muvofiq о‘zaro bog‘liq bо‘lgan fanning nomi

Rang-tasvir, Sartaroshlik asoslari, Kasb etikasi va psi[ologiyasi

О‘qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim;A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada о‘tkaziladigan mashg‘ulot.

Dasturga qо‘yilgan talab

Majburiy

О‘qitish tili

Guruhda belgilangan о‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bо‘yicha amaldagi tartib asosida

О‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq



2. О‘quv dasturning mazmuni




Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

О‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

1

Kirish.Sartaroshlik sohasining rivojlanishi.

Sartaroshlik sohasining rivojlanishi. Sartaroshlik xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning kengayish tarmoqlari.
Aholiga sifatli xizmat kо‘rsatuvchi sartarosh ustalarning malakali va madaniy-texnik sifat darajasining kо‘tarilishi.
Maishiy xizmat kо‘rsatish va sartaroshlik tarmog‘ining rivojlanishi.
Sartaroshlik ishlari va turlarining kengayishi.
Sartaroshxonalarning joylashuvi. Sartaroshlik turlari: kompleks, maxsuslashtirilgan, mavsumiy, yо‘llardagi. Sartaroshlik binosi: kutish zali, ishlab chiqarish, yordamchi va sklad, ma’muriy-maishiy, sanitar-texnik – ularning vazifalari va ularga bо‘lgan talab.
Bino maydonining meyorlari. Ish о‘rinlarining yoritilish qoidalari. Havo almashtirish – tabiiy va sun’iy. Sartaroshlik ish о‘rnining uskunalari.
Sartaroshlik asboblari va moslamalari, ularning tavsifi. Parvarishlash va dezinfeksiyalovchi vositalar.
Elektr apparaturalar va elektr asboblari, ularning tavsifi, vazifalari.
Elektr asboblari bilan ishlashda texnika xavfsizligi.
Yong‘inga qarshi tadbirlar.

2

N




2

Mijozlarga xizmat ko’rsatishning tayyorlov va yakunlovchi ishlari. Boshni yuvish.

Tayyorlov ishlari: ish о‘rnini tayyorlash, asboblar, uskunalar va materiallar, apparaturalar, qо‘lni yuvish, penyuar bilan mijozni о‘rash, asbobni dezinfeksiyalash.
Yakunlovchi ishlar: qirqilgan kichik sochlarni tarab tushirish, mijozdan sartaroshlik matosini yechish, yuz va bо‘yindan sochlarni tushirib tashlash. Ish kartochkasini rasmiylashtirish, stol ustini tartibga keltirish.
Sartaroshlik matolarini qо‘llash va uni ishlatish meyorlari. Mijozlarni qabul qilish tartib va qoidalari. Xizmat kо‘rsatish madaniyati. Boshni yuvish jarayonining maqsadlari: gigiyenik, deformatsion, tayyorlov.
Boshni yuvish usullari. Yuvuvchi vositalar va ularning teri va sochga ta’siri. Qattiq va yumshoq suv, uni yumshatish usullari. Sovun kо‘pigi bilan sochni sovunlash va yuvish. Sochni silash.
Bosh terisi va sochlarning tuzilishiga qarab sochlarni va boshning sochli qismini parvarishlash. Boshning sochli qismi terisini massaj qilish. Massajning maqsadi. Qо‘llanma va ehtiyotkorlik choralari. Massaj texnologiyasi. Harakatning ketma-ketligi. Bosh terisi va sochlarni parvarishlash uchun ishlatiladigan kosmetik vositalar.

4

NA

2

3

Soch qirqish.
Sochni turmaklash.

Tarixiy ma’lumot. Soch qirqishning fason va turlari. Soch qirqish usullari: soch haqida ma’lumot yо‘q (taroqni ishlatmasdan, taroqni ishlatib), tushevka (oddiy va filirovka qaychida, ustarada), okantovka (mashinkada, oddiy qaychida, ustarada). Oddiy qaychi va ikki juft oddiy qaychi yordamida sochni qirqish usullari “sessun”, ”graduirovka”, ”baxrama”; sirpanuvchi filirovka,buralgan tutam sochlarni ustara yordamida filirovka qilish. Bu usullar chizmada kо‘rsatilgan.
Boshning qismlari, sochning chetki qismlarining о‘sishi, soch qirqishda qо‘llaniladigan, sagittal, vertikal, gorizontal, diagonal, radikal uskunalar.
Soch qirqishning konstruktiv xususiyatlari: sochning uzunligi, instrumentlar, ”ottyajka” larninga sosiy yо‘nalishlari;sochning zonalarga bо‘linishi, zonalarga ishlov berishning ketma-ketligi; soch qirqishning modellashtiruvchi usullari,kontrol soch tutamlari,okantovkaning xususiyatlari. Erkak yuzining soch qirqishda korreksiyasi. Bolalarning sochlarini qirqishdagi о‘ziga xos xususiyatlar. Klassik, sportchi kabi soch qirqishlarining о‘ziga xos xususiyatlari. Soch turmaklashning asosiy elementlari:soch farqi, soch yarim farqi, tо‘lqin, kron, tо‘lqin soch.Sochni turmaklash usullari: fen yordamida, issiq vositalar yordamida jingalak qilish, bigudi yordamida, bigudi yordamisiz (sovuq usulda turmaklash).

6

NA

2

4

Soqol olish.

Soqol olish haqida umumiy ma’lumot. Tayyorlov ishlari, ishash bobini dezinfeksiya qilish. Ustarani ishga tayyorlash qoidalari. Sovunlash (uchta asosiy usullari). Soqol olishning asosiy usullari. Ishni bajarishning ketma-ketligi va qoidalari.
Qattiq va har tarafga qarab о‘suvchi soqollarni olishning xususiyatlari, о‘ta ta’sirchan terilarda, notekis terilarda (shramlar, sо‘gallar, shishlar va boshqalar).
Yuzni soqol va mо‘ylov yordamida korreksiyaqilish.Soqolniug ustarada va ustarasiz kesish.
Mо‘ylovni qirqish.

2

A

1

5

Sochni bo’yash.

Bо‘yoq guruhlari, ularning tavsiflari. Soch bо‘yashda ishlatiladigan asboblar va moslamalar. Soch bо‘yashning umumiy qoidalari.
Soch bо‘yashdan oldingi tayyorgarlik ishlari: sochning tuzilishini aniqlash, terining ta’sirchanligini aniqlash, bо‘yoqlarni aralashtirish va boshqalar.
Bо‘yoqlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi va ehtiyot choralari.

4

N

1

6

Sochlarni o’simlikdan olingan bo’yoqlar va bo’yovchi shampunlar yordamida buyash.

О‘simliklardan olingan bо‘yoq, xna va basmaga tavsif. Xna va basmani aralashtirgan va aralashtirmagan holda bо‘yash usullari. Aralashtirilgan holda bо‘yashda bо‘yoq miqdori, ushlash vaqti. Yakuniy ishlar.
Bо‘yovchishampunlargatavsifvaularningta’siri.

4

A

1

7

Kimyoviy bo’yoqlar bilan sochni bo’yash.

Kimyoviy bо‘yoqlarga tavsiflar, ularning xususiyatlari. Soch turiga qarab kimyoviy bо‘yoqlarda perekis vodorodini ishlatish. “Londakolor”, ”Koleston” va boshqa kimyoviy bо‘yoqlarni ishlatish bо‘yicha qо‘llanma. Bо‘yoq surish texnologiyasi, ushlash vaqti.
Kimyoviy bо‘yoqlar yordamida oqargan sochlarni bо‘yash. Kimyoviy bо‘yashdan keyingi soch parvarishi.

4

NA

1

8

Okartiruvchi bo’yoqlar bilan sochni buyash.

Oqartiruvchi bо‘yoqlarga tavsif. “Igora”, ”Likvid”, “Wella”, ”Jele Blansh” va boshqa oqartiruvchi bо‘yoqlarni qо‘llash usullari bilan tanishish. Blondoranlarni ishlatishning umumiy qoidalari.
Uzun va kalta, ildizlarni, 1-3 sm, 4-5 smga yangi о‘sgan sochlarni bо‘yash. Blondoran surish texnologiyasi, ularning soch guruhiga va oqartirish bosqichiga kо‘ra meyorlari. Ushlash vaqti.
Yakuniy ishlar. Bо‘yashdan keyin sochni davolash. Sochni oqartirishdan keyin sinishiga olib kelgan sabablar.

4

NA

1

9

Uzoq muddatga sochni jingalak qilish.

Sochlarni termik jingalak qilishning yaratilish tarixi. Asboblar va moslamalar. Tayyorlov ishlari. Termik jingalaklash uchun tarkiblar. Sochlarni qisqichda yig‘ish usullari, soch о‘ramini prujinacha о‘rash, tarkibning ta’sir vaqti, yakuniy ishlar.
Sochlarni termik jingalaklashda xavfsizlik texnikasi ehtiyot choralari.

4

NA

1

10

Kimyoviy usulda sochni jingalak qilish.

Kimyoviy jingalaklashning chet el va о‘zimizda ishlab chiqarilgan preparatlari. Kimyoviy jingalaklashning xususiyatlari, kimyoviy jingalaklashda soch sinishining sabablari. Tayyorlov ishlari. Kimyoviy jingalaklash texnologiyasi. Tarkiblarning va fiksaj (qotirish)ning ushlash vaqti. Yakunlovchi ishlar. Sochlarni frontalzonada vertikal tо‘lqinli kimyoviy jingalaklash. Sochlarni frontal zonada gorizontal tо‘lqinli kimyoviy jingalaklash. Plastmass shpilkalarda sochlarni jingalaklash.
Spiral kimyoviy jingalaklash. 2 koklyukada kimyoviy jingalaklash, parallel joylashgan koklyushkalarda.
Tо‘lqinli jingalaklash. О‘rilgan sochlarni jingalaklash.
Kimyoviy jingalaklash vaqtida xavfsizlik texnikasi va ehtiyot choralari.

4

N A

3

11

Sartaroshlik san’atining paydo bо‘lishi va rivojlanishi, soch turmaklarining foydalanilishi

Sartaroshlik san’atining rivojlanishi va yutuqlari. Soch turmaklari paydo bо‘lishining tarixiy shart-sharoitlari. Inson tashqi kо‘rinishida soch turmagining roli. Soch turmagining klassifikatsiyasi.

2

N

1

12

Moda uslublari

Uslubning paydo bо‘lishi va uning aniqlanishi. Kiyinish uslubining soch kesish va soch turmagiga ta’siri. Inson tashqi kо‘rinishida kiyim va soch turmagining mosligi.
Moda. Modaning paydo bо‘lishi va tarqalishiga ta’sir qiluvchi faktorlar. Soch turmagida moda. Soch turmagida modaning paydo bо‘lish xususiyatlari.

6

N

1

13

Soch turmaklari tarixi, zamonaviy modellashtirish bilan bog‘liqligi

Soch turmagining obrazli mazmuni. Tarixiy soch turmaklarining rivojlanishining umumiy tasnifi. Tarixiy soch turmaklari va soch kesishlarining, konstruktiv xususiyatlarning silueti va kо‘rinishining qisqacha tavsifi.
Qadimgi dunyo soch turmaklari (Misr, Gretsiya, Vaviloni Assuriya, Rim, Qadimgi Rus.).
О‘rta Asrlar soch turmaklari, Uyg‘onish davri.
17,18,19asrlar, 20asrboshi.

4

N

1

14

Zamonaviy soch kesishlar va soch turmaklarining uslubi va modasi tahlili

20 asrning 20-30-chi, 40-chi, 50-chi, 60-chi, 70-chi, 80-chi yillarida soch turmaklarining asosiy yо‘nalishlari. Mazkur davrlar soch kesish va soch turmaklarining taqqoslash tavsifi.
Zamonaviy moda yо‘nalishining rivojlanishi. Soch kesish va soch turmaklashni modellashtirishning turmush tarzi bilan bog‘liqligi.
Sartaroshlar tanlovi va qatnashchilarning ijodiy hisoboti – tajriba almashishning bir turi sifatida.
Umumevropa soch turmagi va soch kesish zamonaviy moda asosida.

4

N

1

15

Soch kesish va soch turmaklarining modellashtirish jarayoni

Insonning tashqi kо‘rinishi ijod manbai sifatida. Tasavvur. Soch kesish va soch turmagining ijodiy jarayoni

4

A

1

16

Kompozitsiya va kompozitsion vositalar

Kompozitsion soch turmaklari haqida tushuncha (mutanosiblik, balans. aksent, ritm,garmoniya).
Mutanosibliklar: soch turmagining shakli; bosh va yuzning shakli yoki yuzning alohida qismlari shakli.
Soch bilan qoplangan qism konturi; sochningо‘sishi, sochguruhlari, ularning soch kesish va soch turmaklashni modellashtirishdagi ta’siri. Simmetriya asimmetriy.Soch turmagida aksentdan foydalanish. Ritm va garmoniya tushunchasi.

2

A

1

17

Siluet vashakl

Soch kesish va soch turmagining silueti va shakli haqida tushuncha. Chiziqlarning tavsifiy klassifikatsiyasi. Rang va shakl. Soch turmagi elementlari va turlari. Elementlar hajmining mosligi.

4

A

1

18

Soch kesish va soch turmaklarining modellashtirish prinsiplari

Soch kesish soch turmagining silueti va shaklining asosi sifatida. Ayollar va erkaklar soch kesishni modellashtirishning konstruktiv xususiyatlari. Shakl berish yо‘nalishlarining asoslari. Moda о‘zgarishiga qarab soch turmagini yaratish. Mumkin va mumkin bо‘lmagan variant shakllari.
Mashg‘ulotlar amaliyot xonalarida о‘tkaziladi.
Soch kesishda sochga shakl berishni modellashtirishning usullari. Sochning tabiiy xususiyatiga qarab qayta ishlov berishning usullarini tanlash. (Soch kesish konstruksiyasi jadvalini ishlab chiqish: xarakteriga qarab (klassik, romantik, sportga oid); foydalanishiga qarab (kundalik, maxsus, tanlov asosida); yoshga oid guruhlarga qarab yosh bolalar, yoshlar, о‘rta va katta yoshdagi).
Grafik tasvir. Konstruksiya va texnologiya jadvalini ishlab chiqish, Soch turmaklashni modellashtirish usullarining turlari.(fen, bigudi, qisqichlar, barmoqlar yordamida, aralash).

4

NA

2

19

Sochni turmaklashda sochga shakl berish va modellashtirish usullari

Badiiy soch turmagi va texnologiyasining uzviy bog‘liqligi. Soch turmaklashning turli texnologik usullari. Soch turmagining badiiy-ma’noviy aksenti(tо‘lqin, gajak, о‘ram, о‘rish, vah.k). Shakllarga qayta ishlov berish. Soch turmagi jadvalining konstruktiv tuzilishi.

2

NA

2

20

Soc h turmaklashni modellashtirishning qо‘llanishiga qarab xususiyatlari

Soch turmaklarning tavsifi, modellashtirishga bо‘lgan asosiy talablar. Uslubiy yо‘nalish, rang tasvir. Shakl va chiziqlar. Bezaklar bilan tо‘ldtirish.

4

NA

2

21

Soch kesish va soch turmagini modellashtirish va badiiy bezak berish

Tanlov asosida ishga qо‘yiladigan talablar. Zamonaviy soch turmagi va soch kesish tahlili. Badiiy yechim.Texnik mahorat.

6

NA

2


JAMI:




60




21



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin