Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


О‘quv rejasiga muvofiq о‘zaro bog‘liq bо‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə38/67
tarix19.09.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#117840
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
31010301– NO`D Sartarosh (model’er)

О‘quv rejasiga muvofiq о‘zaro bog‘liq bо‘lgan fanning nomi

Sanitariya va gigiyena, sartaroshlik asbob-uskunalari, va rang tasvir.

О‘qitishni tashkiliy shakli

N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim; N A – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi; M X – Maxsus xonada о‘tkaziladigan mashg‘ulot.

Dasturga qо‘yilgan talab

Majburiy

О‘qitish tili

Guruhda belgilangan о‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bо‘yicha amaldagi tartib asosida

О‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq


2. О‘quv dasturning mazmuni




Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

О‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

1

Manikyur haqida umumiy ma’lumot.Manikyur bajarishda talab etiladigan
Sanitariya va gigiyena qoidalari, asboblarni
Dezinfeksiya qilish vositalari

Manik - tirnoqni parvarish qilish, bо‘yash va lak surtish tushirish. Manikyur fransuzcha sо‘z bо‘lib, qо‘lni barmoqlardan boshlab yelkagacha uqalash, massaj qilish ma’nosini anglatadi. Manikyur – qо‘lni parvarish qilish, tirnoqni olish, unga shakl berish, bо‘yash, lak surtish, tirnoq milklarini olib tashlash.
Dezinfeksiya turlari. Asboblarni dezinfeksiya qilish. Sanitariya va gigiyena qoidalari

2

N

1

2

Tirnoq tо‘g‘risida umumiy malumotlar.Tirnoq kasalliklari

Tirnoq о‘zgarishlar va kasalliklar.
Tirnoqlarni gipertrafiya, lishay va boshqalar.

2

N




3

Manikyur qilishda ishlatiladigan asboblar. Asboblar bilan mashq qilish

Manikyur va pedikyur asboblari bilan tanishish. Manikyurning quruq kо‘rinishi bu maxsus apparat yordamida bajariladi. Unda maxsus apparat yordamida teri milklarini kesib oladi.Teri milklarini kesib olish usuli bilan bajariladigan usulida qо‘l terisini ivitib maxsus qaychi yordamida terimilklarini olib tashlanadi. Keyingi usuli esa bu teri milklarini kesmasdan maxsus kislota yordamida olib tashlanadi

2

A

1

4

Manikyurning turli kо‘rinishlari

Manikyurning bir necha kо‘rinishlari mavjud bо‘lib, ular quruq (apparat yordamida) teri milklarini kesib va teri milklarini kesmasdan bajariladigan manikyurlar.

2

A

1

5

Tirnoqqa tasvir tushirish

Ustalar mijozga turli xildagi tasvirlarni tavsiya etishlari mumkin. Buning uchun gul, yulduzcha yoki barcha shakldagi maxsus narsalar tirnoq ustiga yopishtirilib, sо‘ngra ustidan lak surtiladi. Lak qurigach, rasmchalarni tirnoqdan kо‘chirib olib, ustidanrangsizlaksurtilib, keyin maxsus suyuqlik bilan qotiriladi. Natijada tirnoq ustida ajoyib tasvirlar paydo bо‘ladi

4

A

2

6

Oddiy manikyur bajarish texnologiyasi

Uskunalarni dezinfeksiya qilish. Mijozning tirnog‘idagi eski lakni ketkazish.
Tirnoqqa shakl berish. Chetlarini tekislash lozim. Tirnoqqa tegishli shakl berilgandan keyin “katikula”deb ataladigan о‘smalarni olib tashlash. Massaj 5-10 minut davom etadi

2

A

1

7

Oddiy manikyur bajarish

Paxtani suyuqlikka botirib, tirnoqning ustidagi lak yoki yelimni ustiga joylashtirib namlanadi.Tirnoqqa shakl berish maxsus egov yordamida amalga oshiriladi.Egovni ishlatganda uni tirnoqning chetidan о‘rtasiga qarab ishqalash kerak.Shunda tirnoq uchlari titilib ketmaydi.Uning uchini 2-3 mm qilib qoldirgan ma’qul.

2

A

1

8

Qо‘l barmoqlarini massaj qilish

Xammaga ma’lumki barcha ayollar bir tekis va chiroyli bо‘lishini xoxlaydi. Qо‘l barmoqlarini massaj qilish bu barcha ishlarni qо‘llashdan keyin bajariladigan xolat hisoblanadi. Buning uchun krem bо‘ladi. Qо‘l va barmoqlarni massaj qilish bir necha bosqichlar bilan bajariladi. Massajning asosiy vazifasi qо‘l terisini uqalab, qon aylanishini yaxshilashdan iborat.

2

A

1

9

Fransuzcha manikyur qilish usuli

Fransuzcha manikyur qilish uchun tirnoqni tо‘rtburchakroq shaklda kesilib, chetlarini ozroq egovlab qо‘yiladi va ularni bо‘yashda bir necha rangdagi laklar ustma-ust surtiladi.
Uningо‘zigaxosligishundaki, tirnoqning qirrasi va ostki tarafi oq rangli lak bilan yoki maxsus oqqalam bilan bо‘yab qо‘yiladi.Agar bu usul yaxshilab bajarilsa, tirnoq betakror bо‘ladi

4

A

1

10

Tirnoqqa lak surtish qoidasi

Lakni tirnoqqa surtishda mо‘yqalamni uzunasiga tez harakat qildirish lozim. Yupqaroqsurtishkerak. Agar lak quyilib qolgan bо‘lsa, unga lakni ketkazadigan suyuqlikdan ozroq qо‘shilsa kifoya qiladi.Quyuq lakni ishlatmagan yaxshi.chunki qalin qilib surtilgan lak tezda yorilib, parchalanadi va tо‘kilib ketadi.Endigina surtib qо‘yilgan lak panjalariga tegib yuqmasligi uchun barmoqlar orasini ochib turish kerak.Lak surtishdan oldin barmoqlar orasiga paxta yoki paralon qо‘yib, lak qurigandan sо‘ng olib qо‘ysa xam bо‘ladi.Agar lozim bо‘lsa yana bir marta lak surtib qо‘yish mumkin.

2

A

1

11

Qо‘l terisini parvarish qilish

Qо‘l terisini parvarish qilishning asosiy vazifasi qо‘l terisiga yetkazilgan zararni oldini olish va uni himoya qilishdan iborat bо‘ladi. Qо‘l terisini krem yordamida va turli о‘simlik giyoxlari bilan vannochka qilish yо‘li bilan parvarishlanadi.

2

N




12

SPA manikyur

SPA manikyur- bu manikyurning yana bir kо‘rinishi hisoblanadi.Bunda aromaterapiya, qо‘l terisini parvarishlash, va shunchaki manikyurning bu usulidan lazzatlanish. SPA manikyur yoshartirish va oziqlantiruvchi xususiyatga ega.Sababi unda keramid qо‘shilgan preparatlar bilan muolaja olib boriladi.Keramid bu-quruq terida kam bo’lgan lipidlar qо‘shimchasi hisoblanadi. SPA manikyur 10 bosqichda bajariladi.

4

A

1

13

Tirnoq milklarini kesmasdan bajariladigan
Manikyur

Bu usulda kо‘pikli suvda ivitib maxsus vositalar bilan milklarni olib tashlash.
Bunda hech qanday qaychichalari shlatilmaydi. Bunda maxsus kislotali qorishma bilan tirnoq chetidagi milklarini olib tashlanadi. Shundan sо‘ng qо‘lga krem surtilib, tirnoqlarga lak surtiladi. Bu usulda har xil kasalliklarni yuqishini oldini olinadi

2

A

1

14

Tirnoq ustiga yopishtiriladigan sun’iy
tirnoqlar

Ayollar sun’iy tirnoqlardan foydalanishadi. Ayollar tirnog‘idagi kamchiliklarni yopib turishga va yaxshi shakl berishga kо‘maklashadi. Ular asosan plastmassadan yasalgan bо‘lib, bir necha bor ishlatishga va 10 kunlab yopishtirib yurishga chidaydi. Egovcha yordamida sun’iy tirnoqlarga shaklni berish

4

A

1

15

Quruq (apparat yordamida) bajariladigan manikyur. Quruq manikyurni bajarish

Quruq (apparat yordamida) bajariladigan manikyur usuli maxsus apparat yordamida bajariladi.Unda qо‘l terisini avval kо‘pikli suvda ivitilib, maxsus apparat yordamida barmoqlardagi milklarni olib tashlanadi

4

A

2

16

Manikyur ishlarini bajarish

Pedikyur bir necha bosqichda bajariladi.Avvalambor oyoq terilari va tirnoqlari yumshatib olinadi. Buning uchun maxsus vannachaga issiq suv solib, unga sovun kukuni, choy sodasi yoki nash atir spirti qо‘shiladi.15-20 daqiqadan keyin oyoqni sochiq bilan artib quritiladi.Oyoq uchi, tovon va barmoqlar qavariqlarini yumshatib olinadi.Keyin tirnoqni kirlardan tozalash zarur.

4

A

2

17

Tovon yorilishi va teri ichiga о‘sadigan tirnoqlar.Teri ichiga о‘sgan tirnoqlarni olish

Pedikyurning asosiy vazifasi ham tovon yorilishi va tirnoq teri ichiga о‘sadigan qismlarini jaroxatlamasdan olib tashlashdan iborat tovondagi qavariqlarni maxsus qirgich pemza yoki maxsus ustara bilan qavariqlarni asta sekin qirqiladi.Tirnoqni olganda uchlarini ozroq qoldirib sо‘ngra egovcha bilan egovlab yuborib qirralarini tekislansa, tirnoqlarning etga о‘sib kirishining oldini oladi.

4

N

2

18

Qo’l terisini massaj qilish va parvarishlash

Tirnoqlarni bezashdan oldin, oyoq uqalanadi.Oyoqni uqalashning foydasi juda kо‘p.Uqalaganda oyoq terisidagi qon aylanish yaxshilanib, charchog‘I yoziladi.Undan tashqari oyoq ostida juda kо‘p refleks zonalari bо‘lib, uqalash jarayonida butun organizmning holatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.Agar oyoq tomirlari kengaygan varikoz bо‘lsa, uqalash tavsiya etilmaydi

4

A




19

Tirnoq kasalliklarni о‘rganish va davolash

Tirnoqni nimjon bо‘lib qolishning oldini olish, kasallikga chalinayotgan tirnoqni davolash, bо‘shashib qolganlarini esa mustahkamlashning usullarini topish buning uchun tirnoqning keratin qatlamini mustahkamlaydigan maxsus krem va syuqliklardan foydalanish.Tirnoqlarni organizm bilan o’zaro bog‘liqligi.

4

NA

1

20

Manikyur asboblarini dizenfeksiya qilish

Manikyur asboblarini dizenfeksiya qilishga 70%li spirtga bо‘ktirib qо‘yish, dizenfeksiya qilishning eng qulay usuli hisoblanadi. Ikkinchi usuli ularni qaynatish buning uchun sirli idishga rо‘molchani qо‘yib usiga asboblar taxlanadi ularni kо‘mib turadigan qilib suv solinadi va 45 daqiqa davomida qopqog‘i berkitilib qaynatish.

4

NA

1





Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin