Asosiy manikyur ishlari turlari va tirnoqlarga ishlov berish mavsumiy modalar bо‘yicha yо‘llanma beradi. Nazariy kursni yakunlagandan keyin о‘quvchilar mustaqil ravishda manikyur va pedikyur ishlarini asosiy turlarini bajarishlari lozim.
Nazariyadan olgan bilim, malaka va kо‘nikmalarini keyinchalik aholiga xizmat kо‘rsatishni takomillashtirishga bag‘ishlashlari talab etiladi.
О‘quvchilar manikyur ishlarining alohida turlarini amaliy mashg‘ulotlarda bajarishni о‘rganadilar.
Dars jarayonida tanlagan kasbiga muhabbat bilan yondoshish, mehnatning estetik meyorlariga amal qilish juda muhimdir. Ish jarayonida xavfsizlik texnikasi va ehtiyotkorlik meyorlariga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
Manikyur texnologiyasi, tirnoqlarni lakda bо‘yash, qо‘llarni parvarishlash faqatgina ishni bajarish texnologiyasinigina emas, balki о‘ziga xoslikka, har xil fantaziyalar о‘ylab topishga, materiallardan unumli foydalanishga ham ahamiyat berish kerak.
О‘zlashtirish (о‘qitish) natijalari
- asbob-uskunalardan foydalanish qoidalarini;
- tayyorlov va yakunlovchi ishlarni bajarishni;
- har xil turdagi manikyur va pedikyur ishlarini bajarishni;
Bilimlar
- manikyur va pedikyur ishlarining bajarilish texnologiyasi;
- qо‘l kaftlari va barmoqlarini massaj qilishni hamda fiziologik ta’siri;
- massaj harakatlarining texnikasi va ketma-ketligi;
- qо‘l va oyoq parvarishi bо‘yicha kо‘rsatmalar berisni;
- pedikyur ishlarini bajarisni;
- ishlatiladigan xom-ashyo va ularning xususiyatlari;
- turli rangdagi laklardan foydalanish usullari;
- manikyur turlari va tirnoqlarni sun’iy о‘stirisni;
- oyoq tirnoqlarini gigiyenik tozalashi;
- qo‘l va oyoq tirnoqlarini lak surishni bajarishi;
Kо‘nikmalar
- qо‘l va oyoq tirnoqlarini gigiyenik tozalash va ularga shakl berish;
- qо‘l kaftlari va barmoqlarini massaj qilish;
- massaj ishlarini ketma-ketlikda bajarish;
- issiq, sovuq, moyli va tuzli vanna qilish;
- tovon va oyoq tagidagi ortiqcha terilarni tozalash;
- losyon va kremdan foydalanish;
- turli rangdagi laklar yordamida tirnoqqa shakl berish; suni’iy tirnoqlarni qo‘yish va bo‘yash.
- qadoqlarni olib tashlash;
- qo‘l va oyoq tirnoqlariga lak surish;