Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Qo‘shilgan va zaxira kapital harakatining hamda taqsimlanmagan foydaning hisobi



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə10/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
BOSHQARUV HISOBI

.Qo‘shilgan va zaxira kapital harakatining hamda taqsimlanmagan foydaning hisobi
Qo‘shilgan kapital shakllanishining asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishidan; — xorijiy investitsiali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytidagi kursdagi farqlar. Korxonalarda qo‘shilgan kapitalning hisobiga 8410 — «Emis- siya daromadi» va 8420 — «Ustav kapitali shakllanishi kursidagi farqlar» hisobvaraqlari mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraqlar passiv hisobvaraqlar hisoblanadi va ularga tegishli muomalalarga quyidagi hisoblar o‘zaro bog‘lanadi:
1. Aksiyalarning nominal va sotish baholari o‘rtasidagi farq sifatida kelib tushgan pul mablag‘lari summasiga — DT 5010- 5530 KT 8410. 2. Ustav kapitalining shakllanishi jarayonida valyuta mablag‘- larining ijobiy kursdagi farqiga — DT 5020-5210 KT 8420. 3. Korxona mulkini qayta ro‘y*atdan o‘tkazish jarayonida qiymatliklarning ta’sis hujjatlaridagidan ortiq qismiga DT mulk hisobi hisobvaraqlari KT 8420 va boshqa muomalalar. Zaxira kapitali quyidagilar hisobiga shakllanadi: — mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘ladigan inflyatsion zaxiralar qiymatiga; — tekinga olingan mulk qiymati hisobiga; — foydadan ajratmalar hisobiga va boshqa manbalar. Zaxira kapitali hisobiga quyidagi hisobvaraqlar mo‘ljallangan: 8510 — mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar (qayta baholashda aktivlar qiymatining oshishi); 8520 — zaxira kapitali (xo‘jalik faoliyatidagi zarami qoplash va boshqa maqsadlarga); 8530 — tekinga olingan mulk. Zaxira kapitali bo'yicha analitik hisob zaxira kapitalining tashkil bo‘lish manbalari va turlari bo'yicha tashkil etiladi. Zaxira kapitalining harakati bo'yicha asosiy muomalalarga quyidagi buxgalteriya bog‘lanishlari tuziladi: 1. Korxona balansidagi mol-mulkni qayta baholash tufayli zaxira kapitaliga qo‘shilganda — DT 0110-0199, 0710, 0720, 0810, 0610-0690 KT 8510. 2. Joriy yil oxirida taqsimlanmagan foyda zaxira kapitaliga ajratilganda - DT 8710 KT 8520. 3. Tekinga qimmatli qog‘ozlar olinganda — DT 0610, 5810KT 8530. 4. Hisobot yili yakuni bo‘yicha zararlar zaxira kapitali hisobidan qoplanganda — DT 8520 KT 8710 va boshqalar. Ma’lumki, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 19- moddasiga binoan xususiy kapitalning tarkibiy qismi bo‘lib taqsimlanmagan foyda hisoblanadi. U bo‘yicha tushunchalar
fanning 10-«Moliyaviy natijalar hisobi» bobining 7-«Taqsim- lanmagan foydaning shakllanishi va ishlatilishining hisobi» mavzusida batafsil yoritilgan.

Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin