Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Moliyaviy hisobotga ilova va tushimtirishlar



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə22/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
BOSHQARUV HISOBI

Moliyaviy hisobotga ilova va tushimtirishlar
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotga ilova va tushuntirishlarida: 1) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzishda va uning hisob siyosatida tanlab olingan va qo‘llanilgan asoslari (usullari); 2) moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va to‘g‘ri tasawur etish uchun zarur bo‘lgan axborotlar (daromad va xarajatlaming turlari, asosiy vosita va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi, baholash usullari va boshqalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar); 3) subyekt manzilidagi, xodimlar sonidagi farq va boshqalar kiradi. Umuman shu va boshqa izoh, ilova va tushuntirishlar BHMA- 1 — «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» milliy andozasining 15-bandida takidlanganidek, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi. Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish xati korxonaning hisob siyosatini yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini haqiqiy baholash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar bilan hisobotdan foydalanuvchilami ta’minlashi lozim. Tushuntirish xatida moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobining yuritish qoidalaridan bo‘lgan chetlanishlaming sababi va natijasi alohida ko‘rsatiladi. Umuman tushuntirish xatida BHMA-1 milliy andozasining 91-92- moddalarida ta’kidlanganidek, quyidagilar aks etishi lozim: — tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga bogiiq ravishda taqdim etilishi; - buxgalteriya hisobining milliy andozalarga muvofiqligi;
— o‘lchov asosi va buxgalteriya hisobida qo‘llanilayotgan siyosat to‘g‘risidagi ma’lumot; — korxonaning hisobot davridagi moliya -xo‘jalik faoliyatidagi kamchiliklar va ularni bartaraf qilish tadbirlari va boshqalar. Tushuntirish xati korxona rahbari, tegishli mutaxassislar tomonidan imzolanib, moliyaviy hisobot bilan tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotga auditorlik xulosasi
«Auditorlik faoliyati milliy andozasi va auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga (Toshkent 2000-y.) muvofiq auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobining yuritilishi tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotlarining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan hujjat. Auditorlik faoliyati milliy andozasiga binoan auditorlik xulosasi quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi: — auditorlik xulosasi yoki auditorlik tashkilotining xulosasi; — auditoming nomi; — kirish; — asosiy qism; — yakuniy qism; — auditorlik xulosasi berilgan sana; — auditorlik tashkilotining manzili; — auditorlik tashkiloti auditorlari va rahbarining imzosi hamda ushbu tashkilotning muhri. Xulosaning kirish qismida auditor tashkilotiga tegishli ma’lu- motlar, uning rahbarining familiyasi, tekshirilgan hisobot sanasi, davri va boshqa ma’lumotlar ko'rsatiladi. Xulosaning asosiy qismida auditorlik tekshiruvi AFMAga mos ravishda o'tkazganligi qayd etilishi va uning asosiy maqsadi moliyaviy hisobot hamda boshqa moliyaviy axborotning haqiqiyligi, qonun hujjatlariga hamda moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy holatiga mos kelishini baholash ekanligidir.
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida tekshirilgan moliyaviy hisobot xo‘jalik subyekti moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy holati va moliyaviy hisobot bo‘yicha qonunchilikdagi hujjatlarga mos kelishi bo‘yicha auditorlik tashkilotining fikri aniq ifodalanishi lozim. Auditorlik xulosasi ijobiy va salbiyga boMinadi. Audit natijasi bo‘yicha so‘zsiz ijobiy xulosa korxona faoliyatida amaldagi qonun qoidalariga, hisob siyosatiga hamda soliq kodeksi talablariga to‘liq rioya qilinganda beriladi. Shartli ijobiy auditorlik xulosasi korxona faoliyatida ayrim qonun-qoidalardan chetlanishlar mavjud bo‘lganda, lekin ular xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy hisob siyosatiga hamda moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan hollarda beriladi. Audit natijasida salbiy mazmundagi xulosa korxona faoliyatida qonun-qoidalarga amal qilmaslik tufayli tuzilgan moliyaviy hisobot, uning joriy hisob ma’lumotlariga monand emasligi aniqlangan hollarda beriladi. Auditor yoki auditorlik tashkiloti o‘z fikrini bildirmasdan xulosa berishi audit natijalaridan to‘liq qoniqish olmagan hollarda sodir bo‘ladi. Bunda audit jarayonida auditorga turli yo‘llar bilan tazyiq o‘tkazish, auditorga kerakli ma’lumotlar to‘liq taqdim etmaslik natijasida auditorda shubha uyg‘otgan holatlar sabab bo‘ladi. Auditorlik xulosasi 3 nusxadan iborat bo‘lib, uning ikki nusxasi korxonaga qoldiriladi. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli va auditor tomonidan ko‘rsatilgan ayrim kamchiliklami o‘z ichiga olishi lozim. Auditor xulosasi boshqa tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birga xo‘jalik subyekti tomonidan e’lon qilinishi mumkin. Auditor (audotorlik tashkiloti) tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv va u bo‘yicha tuzilgan auditorlik xulosasi xo‘jalik subyektining moliyaviy hisoboti va moliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy holatidan kelib chiqishi lozim. Bu bo‘yicha «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasida - «Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi» deyilgan.
http://fayllar.org
Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin