Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitalini tashkil qilish manbalari va uning harakatining hisobi



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə9/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
BOSHQARUV HISOBI

Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitalini tashkil qilish manbalari va uning harakatining hisobi
0 ‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga binoan korxona kapitali quyidagi tarkibga ega: 1. Ustav kapitali. 2. Qo‘shilgan kapital. 3. Zaxira kapitali. 4. Taqsimlanmagan foyda. Ustav kapitali — ta’sis hujjatlarida belgilangan hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda va ular ustav kapitalining shakllanishi bo‘yicha ma’lum xususiyatlarga ega. Jumladan, Davlat korxonasining ustav kapitali davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari yig‘indisidir. Ustav kapitali hisobidan asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi. Davlat korxonasi uchun yuqori turli tashkilotlaming korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘ri- sidagi buyrug'i ta’sis hujjati hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali aksiyalarining nominal qiymatidan iborat. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiya- lami joylashtirish yo‘li bilan amalga oshadi. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori darajasida joylash- tirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 400000 AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi kerak. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy soni- ning qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ustav kapitalining kamayishi muassislaming jamiyat tarkibidan chiqishi bilan ham bog‘liq. M a’sulyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislaming hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko'payishi
yoki kamayishi barcha muassislaming roziligi bilan hissa qo‘shuv- chilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz beradi. MCHJ ning ustav kapitali eng kam ish haqining 40 barobaridan kam bo‘lmasligi lozim. Qo'shma korxonaning ustav kapitali mamlakat va xorij korxo- nalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo‘shma korxona ustav kapitaliga hissa tarkibida tabiiy resurslardan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin. «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi Qonunning 12, 13-modda- lariga ko‘ra xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni mulkdoming o‘zi belgilaydi. Xususiy korxona ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra ustavga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga ko‘ra fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Xo‘jaliklarda ustav kapitali va uning harakati hisobiga 8300 — «Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvarag‘i mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraqda ustav kapitali quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi: 8310 — oddiy aksiyalar; 8320 — imtiyozli aksiyalar; 8330 — pay va ulushlar. Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, ulaming hisobot davr boshiga qoldig‘i va ko‘payishi kredit tomonida, kamayishi debet tomonida aks etadi. Yuqoridagi hisobvaraqlarga tegishli muomalalarning hisobva- raqlarda aks ettirilishi yo‘riqnomaga ko‘ra quyidagicha: 1. Ta’sis hujjatlari asosida ustav kapitali shakllantirilganda — DT 4610 KT 8310-8330. 2. Ta’sisehilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida asosiy vosita va boshqa moddiy qiymatliklar qabul qilinganda — DT 0110-0190, 0610, 0710-0720, 0810, 1010, 510-5530, 5810 КТ 4610 va boshqalar. 3. Taqsimlanmagan foydaning bir qismi ustav kapiyalini shakllantirish uchun yo‘naltirilganda — DT 8710 KT 8310- 8330. 4. Ustav kapitali uning to‘langan qismiga kamaytirilganda — DT 8310-8330 KT 6620. 5. Foydalanilmagan dividend summalari ustav kapitalini ko'paytirish uchun qo‘shilganda — DT 6610 KT 8310-8330. 6. Aksiyalar nominal qiymatda sotilganda — DT 5010, 5110 KT 4610. 7. Aksiyalarning nominal qiymatdan yuqori bahodagi qismiga - DT 5010, 5110 KT 8410. 8. Aksiyalar nominal qiymatdan past baholarda sotib olinganda — oddiy aksiya — DT 8310 KT 8610, imtiyozli aksiya — DT 8320 KT 8620. 9. Aksiyalar nominal qiymatdan yuqori bahoga sotib olinganda oddiy aksiya — DT 8310 KT 8610, imtiyozli aksiya — DT 8320 KT 8620. 10. Qimmatli qog‘ozlami nominal qiymatidan past baholarda sotib olish natijasida olingan daromad summasi — DT 9590 KT 9910 va boshqalar. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida sotib olingan oddiy va imtiyozli xususiy aksiyalar hisobiga 8600 — «Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvarag‘i mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraq 8300 — «Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar» hisobvarag‘iga nisbatan kontrpassiv hisobvaraq hisoblanadi va u hissadorlik jamiyati ustav kapitalining kamayishini ko‘rsatadi. 8600 — hisobvaraq sotib olingan xususiy aksiyalarning (kelajak- da qayta sotish yoki bekor qilishga) mavjudligi va harakatini hisobga olishga mo‘ljallangan va u quyidagi hisobvaraqlar bo‘yicha olib boriladi: 8610 — sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy; 8620 — sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli.8610, 8620 hisobvaraqlarning boshqa hisobvaraqlar bilan o‘za- ro bog‘lanishi bo‘yicha muomalalarning asosiylariga quyidagilar kiradi: 1. Aksiyadorlik jamiyatlaridan kelishilgan baholarda xususiy aksiyalar sotib olinganda - DT 8610, 8620 KT 5110-5530. 2. Korxonada sotib olingan aksiyalarni sotib olish baholaridan yuqori baholarda qayta sotilishiga: a) sotib olingan baholarga - DT 5010, 5020 KT 8610, 8620. b) sotib olish qiymatidan yuqori qismiga - DT 5010, 5020 KT 9590. c) sotib olish baholaridan past baholarda sotilgan qismiga — DT 9690 KT 8610, 8620. 3. Nominal qiymatidan past baholarda sotib olingan xususiy aksiyalar bekor qilinganda: a) sotib olingan qiymatiga - DT 8310, 8320 KT 8610, 8620. b) nominal qiymatdan past farq summasiga — DT 8310, 8320 KT 9590. 4. Nominal qiymatida xususiy aksiyalar bekor qilinganda: a) nominal qiymatiga - DT 8310, 8320 KT 8610, 8620. b) nominal qiymatidan yuqori qismiga — DT 9690 KT 8610, 8620.

Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin