Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə13/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
BOSHQARUV HISOBI

MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
REJA:
1. Moliyaviy xo‘jallk faoliyati, uning natijalarining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
2. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlari va ularning shakllanishi.
3. Davr xarajatlarining hisobi.
4. Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar va xarajatlarning hisobi.
5. Yakuniy moliyaviy natija hisobi.
6. Soliqlar va majburiy ajratmalar hisobi hamda ular bo'yicha to‘lovlarga foydaning ishlatilishi hisobi.
7. Taqsimlanmagan foydaning shakllanishi va ishlatilishining hisobi.
.
Moliyaviy xo‘jalik faoliyati, uning natijalarining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari
Moliyaviy natijalar — bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konsentual asosining 38,7-bandiga binoan moliyaviy natijalar xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar siklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jaliklaming foyda bilan faoliyat ko‘rsatishi dolzarb masala hisoblanib, nafaqat xo‘jalik iqtisodiyo- tining mustahkamlanishi, mustahkam moliyaviy holatga ega boMishi, xodimlar farovonligining ko‘tarilishini, balki uning soliqlar va boshqa tushumlardagi hissasining oshishi tufayli mamlakat milliy mahsulotiga qo'shgan ulushining oshib borishini ham ta’minlaydi. Ma’lumki, moliyaviy natija faqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shuning bilan birga moliyaviy natijani aniqlash ma’lum metodologiyaga asoslangan bo‘lib, u har bir davrning talab va xususiyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobini yuritish va uning ma’lumotlari asosida moliyaviy natijani aniqlash xususiyatlariga ega. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik korxonalarida moliyaviy natijani aniqlash «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalaming shakllanishi tartibi tog‘risida»gi Nizom talablari asosida aniqlanib, u bo‘yicha ma’lumotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi bo'lgan «Moliyaviy natijalar tog‘risidagi hisobot (2-shakl)»da o‘z aksini topgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27- dekabrdagi 140-son «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalar» haqidagi buyrug‘i asosida to‘lg‘aziladigan «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» xo‘jaliklami quyidagi faoliyat yo‘nalishlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi: — asosiy (operatsion) faoliyatdan moliyaviy natija; — moliyaviy faoliyatdan moliyaviy natija. BHMA-2 — «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromad- lar»ga asosan ushbu faoliyatdan daromad, deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida olingan daro- madlar, shu jumladan, mahsulotni sotish, ishlami bajarish va xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlar, olingan foiz, devidendlar, royaltilar va boshqalar tushuniladi. «...Moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Ni- zomga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga (natijaga) quyidagilar kiradi: — olingan royaltilar va sarmoya transferti;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha devi- dendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; — mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan yalpi daromadlar (lizing to‘lovlarini olish); — valyuta hisoblari, shuningdek, chet el valyutalari muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari; — sarflangan mablagMarni (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va boshqalarga) qayta baholashdan olingan daromadlar. Moliyaviy natijalaming shakllanishi va taqsimlanishi to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri ularning hisobi bilan bog‘liqligidan kelib chiqib, hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: — moliyaviy natijalar shakllanishi hisobini har bir faoliyat, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida- ligini ta’minlash; — foyda hajmini uning tegishli manbalari bo‘yicha to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash hamda uning tegishli maqsadlarga to‘g‘ri taqsimlanishi yuzasidan nazorat; — moliyaviy natijalar bilan bog‘liq muomalalami va ulaming taqsimlanishini tegishli hisobvaraqlar hamda registrlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; — moliyaviy hisobot va rahbariyatni moliyaviy natijalaming shakllanish holati va taqsimlanishi bo‘yicha axborotlar bilan ta’minlash.

Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin