Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə20/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
BOSHQARUV HISOBI

Moliyaviy natijalar — xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. Zaxiralar (rezervlar) — xo‘jalik yurituvchi subyektni va kredi- torlami zararlaming oqibatlaridan qo‘shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun tashkil etiladi. Moliyaviy hisobot elementlarini aks ettirish (e’tirof etish) — buxgalteriya balansi yoki moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda unsur aniqlanishiga javob beradigan va ularda aks ettirilishi lozim bo'lgan moddalaming kiritilish jarayonidir. Aks ettirish jarayoni moddaning bayonini ham, uning puldagi ifodasini ham o‘z ichiga oladi, shuningdek, u ushbu moddaning buxgalteriya balansiga yoki moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilishidir. Moddani aks ettirish mezoniga muvofrqligini aniqlash va uning malakali aniqlanishida e ’tibor ahamiyatlilik va taqqoslash tamoyillariga qaratilishi lozim. Moliyaviy hisobotlar unsurlari (elementlari) baholash — aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobot- larda qayd etiladigan pul o‘lchovi usulidir. Shunday qiymatlarga ulami baholashning boshlang‘ich, joriy, qoldiq qiymati, amortizatsiyalanadigan qiymat, qayta baholangan qiymat, reja va haqiqiy tannarx, balans bahosi va boshqalami kiritish mumkin.
Moliyaviy hisobotning shakllari, ularni toidirish va taqdim etish tartibi
0 ‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi- da»gi Qonunining 22-moddasi va BHMA-1 — «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», «Moliyaviy hisobot shakllarini to ldirish bo‘yicha qoidalar» hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre- zidentining 2012-yil 16-iyulidagi «Moliyaviy hisobot shakllarini tubdan qisqartirish» to‘g‘risidagi fannoniga asosan moliyaviy hisobot tarkibiga quyidagi shakllar kiradi: 1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl.
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shakl. 3. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4-shakl. 4. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-shakl. 5. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati. 6. Auditorlik xulosasi. Kichik korxona, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari yuqori- dagilarning 1, 2-shakllarini yiliga bir marta — yil oxirida taqdim etadilar. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga binoan moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: — soliq organlariga; — ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; — Davlat statistika organlariga; — qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziya- lanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ta’kidlanganidek: «Hozirgi vaqtda ... statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning mavjud tizimi katta bo‘lib, tubdan soddalashtirish va isloh qilishni talab etadi». Ushbu holatdan kelib chiqib farmonda ta’kidlanishicha, davlat statistika moliya, soliq hisobotlaridagi bir-birini takrorlovchi shakllarni birlashtirish evaziga hisobotlar miqdorini, shuningdek, ularni taqdim etish davriyligini, belgilangan muddatlarini qisqartirish to‘g‘risida gap boradi. Farmonda qayd etilishicha, 2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik subyektlari statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga to‘la hajmda bosqichma-bosqich o‘tkazilishini ta’minlash belgilangan. Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuqori tashkilot va boshqa foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha bo‘lgan muddatga taqdim etilishi shart.

Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin