Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə21/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
BOSHQARUV HISOBI

Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga quyidagilar kiradi: 1. Investorlar — berilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xaridlar munosabati bilan bog'liq axborotlarda. 2. Kreditorlar — o‘z vaqtida to‘lay olish manbalari bo‘yicha axborotlarda. 3. Mol yetkazib beruvchilar — ularga to‘lanilishi lozim bo'lgan manbalar to‘g‘risidagi axborotlarda. 4. Xaridorlar — ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega boisa, subyektlar faoliyatining uzluksizligi to‘g‘risidagi axborotlar bo‘yicha. 5. Xodimlar — ish haqi va boshqalarga tegishli kelajakdagi imkoniyatlar bo‘yicha. 6. Yuqori tashkilotlar — subyektlar faoliyati, ular faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ma’lumotlar. 7. Jamoatchilik — mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirishda. 8. Hissadorlar — korxonaning faoliyati holati axborotlari. 9. Moliya organlari — bank, soliq va boshqalar (kredit va foizlar bo‘yicha axborotlar). 10. Statistika organlari — statistik ma’lumotlami umumlash- tirish bo‘yicha. 11. Boshqa foydalanuvchilar (nazorat va boshqa organlar). Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ulaming ko‘payishi vaqtini hisob-kitob qilish va nati- jaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilarga haq to‘lay olishi, foizlar to‘lovi va kreditlarni uza olish, foydani taqsimlay olishini aniqlaydi. Agar hisobotdan foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli va moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlami aks ettiradigan axborotlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq baholaydilar.
Moliyaviy hisobotlar o‘zaro bir-biri bilan bo‘g‘langan bo‘lib, ular xo‘jalik faoliyatining har xil jihatlarini aks ettiradi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar undan o‘z faoliyatiga tegishli qarorlarni qabul qilishda kerakli axborotlarga ega boMishi mumkin.

Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin