Boshqaruv hisobini tashkil etish reja: Boshqaruv hisobi tushunchasi Boshqaruv hisobi fumksiyalari


Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari



Yüklə 48,58 Kb.
səhifə4/22
tarix11.11.2023
ölçüsü48,58 Kb.
#132009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
BOSHQARUV HISOBI

Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari
Korxonalar ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ma’lum tarkib va miqdordagi ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish vositalari ulami ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rnidan kelib chiqib mehnat vositalari (bino, inshoot, kuch mashinalari va boshqalar) va mehnat predmeti (tayyor mahsulot, yem-xashak, urug‘lik va boshqalar)ga bo‘linadi. Demak, tayyor mahsulot xo‘jalik subyekti aktivlarining (tovar- moddiy zaxiralarining) tarkibiy qismi bo‘lib, ishlab chiqarishning natijasi sifatida xo‘jaliklar faoliyatida muhim o‘rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobining 4-«Tovar-moddiy zaxiralar» milliy andozasi 4-moddasiga binoan — «Tovar-moddiy zaxiralar — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy- madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir». Qishloq xo‘jalik korxonalari uchun qishloq xo‘jalik mahsu- lotlari yetishtirishni oshirib borish korxonalar faoliyati natija- larining yaxshilanishida, mamlakat aholisining, sanoat va boshqa tarmoqlarning unga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo'jalik korxonalari mahsulot yetishtirishdan tashqari o‘z faoliyatiga chetga ish va xizmatlar ham bajaradi. Shunday ish va xizmatlarga xo‘jaliklarda tashkil etiladigan ta’mirlash ustaxo- nalari, avtoxizmat, sanoat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlar va boshqalar orqali xo‘jalik hamda aholiga qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish, transport xizmati ko‘rsatish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va boshqalar kiradi. Adabiyotlarda tayyor mahsulot bo‘yicha quyidagi atamalar mavjud: /. Ombordagi mahsulot — ishlab chiqarishning barcha ishlov berish jarayonlarini o‘tib, texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va, asosan, sotishga mo‘ljallangan tovar mahsuloti. 2. Jo‘natilgan tayyor mahsulot — xaridorlarga yoki iste’mol- chilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulot. 3. M as’ul saqlashga qabul qilingan tayyor mahsulot —
xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulot bo‘lib, har xil sabablarga ko‘ra (sifati, adashib jo‘natilishi, shartnomada ko‘zda tutilmagan va boshqalar) xaridor tomonidan qabul qilinmagan mahsiilot. Bu mahsulotlar tegishli sabablarga aniqlik kiritilganigacha balansdan tashqari 002 — «Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar- moddiy qiymatliklar hisobvarag‘i»da hisobga olinadi
Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning korxonalar va mamlakat iqtisodidagi o‘midan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 1. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarilishi va sotilishi bilan bog‘liq barcha muomalalar hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish. 2. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar harakati bo‘yicha muoma- lalarni hujjat va registrlarda o‘z vaqtida va to‘liq holda aks ettirish. 3. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bo‘yicha shartno- malarning o‘z vaqtida tuzilishi va ularning bajarilishi ustidan nazorat. 4. Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotishning har bir turi, hajmi va sifati bo‘yicha bajarilishi ustidan nazorat. 5. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha pul tushumining o‘z vaqtida bo‘lishi yuzasidan nazorat. 6. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha moliyaviy natijani to‘g‘ri aniqlash va hisobvaraqlarda aks ettirish.

Yüklə 48,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin