Xulosa: Agar, ikkala mahsulot ishlab chiqarishi bo’yicha cheklanish bo’lmaganda edi, xo’jalik yurituvchi subyekt har ikki turdagi mahsulotni ham ishlab chiqargan bo’lar edi.
Bitta cheklanish mavjud bo’lgani uchun xo’jalik yurituvchi subyekt bitta turdagi, ya’ni birinchi turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni qabul qiladi.
Ko’p omilli cheklanish
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining cheklanishiga ikki va undan ortiq omillarning ta’sir etishi
(masalan, stanokning ish vaqti, ya’ni
«mashina/soat», mahsulotlarni testdan o’tkazish vaqti va shu kabi ko’rsatkichlar)
Misol. Oldingi misolni davom ettirib, faraz qilaylik, ishlab chiqarish hajmiga yana bir omil ta’sir etayapti.
Bu omil - har bir mahsulotni testdan o’tkazish uchun bizning ixtiyorimizda 12 soat vaqt bor. Har bir mahsulotni testdan o’tkazish bir xil, 2 soatdan talab qiladi. Shu holatda, bir soatda «1» mahsulotning testi natijasidagi marjinal foyda 4 ga (8:2 soat) teng bo’ladi. «Test» ko’rsatkichi «mashina/soat» ko’rsatkichiga nisbatan asosiy ko’rsatkichga teskari ta’sir ko’rsatadi.
Shu omil ta’siri natijasi bo’yicha xulosa qilinadigan bo’lsa, «test» omilida afzallik «2» mahsulotga beriladi.
A
!
na shu ikkala cheklanish omili ta’sirida qaysi mahsulot turini ishlab chiqishga afzallik berishni aniqlash uchun chiziqli dasturlash modelidan foydalaniladi.