Boshqaruv hisobini tashkil etish tizimlari Integratsiyalashtirilgan hisob tizimini avtomatlashtirishning xususiyatlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə9/16
tarix10.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#138810
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
boshQARUV HISOBI

S ≥ 0 va L ≥ 0

Optimal yechimni topish
Maqsad funksiyasi faqat ikkita o’zgaruvchiga ega bo’lsa va cheklovlar soni ko’p bo’lmasa, u holda optimal yechimni topish uchun grafik usul, xatolik va sinash usulidan foydalanish mumkin. Amaliyotda yuzaga keladigan birmuncha qiyin holatlarda, kompyuter uchun dasturli ta’minotning maxsus paketlaridan foydalanish zarur bo’ladi.
Raqobat muhiti ta’siri kuchayotgan va tashqi bozor hamda iste’molchilar talabi o’sayotgan davrda har bir rahbar ana shu chiziqli dasturlash modelidan o’zining kundalik amaliyotida foydalanishi va xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodi bilan bog’liq bo’lgan o’z qarorlarini unga suyanib qabul qilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz
Amaliyotda odatda, mahsulot ishlab chiqarish hajmini bittadan ko’proq omillar cheklaydi. Bunday holatda biz oddiygina marjinal foydaning cheklovchi resurslar birligiga nisbatidan foydalanib, turli mahsulotlar foydaliligini ranjirlashimiz mumkin. Bir nechta cheklovchi omillar mavjud bo’lgan sharoitda mahsulotlarni zanjirlash sezilarli farqlanadi.
Bir mahsulotli oddiy «xarajatlar – hajm – foyda tahlili»ning cheklashlar soni ko’p bo’lgan mahsulotlar to’plamigacha kengayishi butun ishlab chiqarishda marjinal foydani maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish rejasini aniqlab olish uchun chiziqli dasturlash modelini ifodalashni talab etadi. Chiziqli dasturlash modelining muhim xulosasi shuki, ancha daromadgir mahsulotlar bo’lib, iste’mol qilingan cheklovchi resurslar birligida marjinal foydani maksimallashtiradigan mahsulotlar hisoblanadi. Agar ko’plab cheklovchi omillar mavjud bo’lsa, foydani oddiy muhimlik darajasiga qarab ajratish imkoniyati bo’lmagan holatda, chiziqli dasturlash modelining yechimi barcha cheklovlarni qanoatlantirgan holda jami marjinal foydani maksimallashtiradi.
Amaliyotda odatda bittadan ko’p cheklovlar uchraydi. Demak, cheklovlar to’plami mavjud bo’lganda jami marjinal foydani maksimallashtirish asosiy masala hisoblanadi. Chiziqli dasturlash modeli chiziqlilik to’g’risidagi tasavvurlar ma’qul hisoblangan masalalarni yechishda foydalaniladi.
Chiziqli dasturlash modellarini qo’llayotganda biz faqat bitta omil – mahsulot ishlab chiqarish hajmi mahsulotga ketgan jami xarajatlarni o’zgarishini keltirib chiqarishini ko’zda tutamiz. Barcha boshqa xarajatlar o’zgarmas bo’lsin deylik. Barcha qisqa muddatli qarorlar uchun bu taxmin yetarlicha ma’qul hisoblanadi. Qaerda bu farazlar ma’qul bo’lmasa, unda qarorlar qabul qilish uchun boshqa modellardan foydalanish kerak.
Mahsulotning optimal assortimentini aniqlashga doir misol ko’rib chiqamiz:
Kichik xo’jalik yurituvchi subyektda keng tijorat va iste’mol tovarlari uchun nashriyot va kantselyariya mollari ishlab chiqariladi. Xususan, ikki turdagi («S» va «L») bosma mahsulotlari (albom) ishlab chiqariladi va sinovdan o’tadi. Albomlarning har bir modeli ikkita bo’linmadan, ya’ni ishlab chiqaruv va sinov sexlaridan o’tadi (1jadval).
Faraz qilaylik, sex bitta albom ishlab chiqaradi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqaruv sexi ko’pi bilan S turdagi 200 ta albom (300 mashina-soati : 1,5 mashina-soati bir albomga = 200 albom) yoki L turdagi 150 albom (300 mashina-soati : 2,0 mashinasoati bir albomga = 150 albom) yig’ishi, xuddi shunday nazorat va sinov sexi 120 ta S (120 : 1,0 =120 birlik) va 240 ta L albomini testdan o’tkazishi mumkin.
1-jadval

Bo’lim

Mavjud quvvat, soatlarda

Iste’mol qilinayotgan quvvat, mahsulot birligiga soatlarda

Bir kunda maksimal ishlab chiqarish, dona


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin