Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Huquqning sinfiy nazariyasi



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə15/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
DHN savollar javobi

Huquqning sinfiy nazariyasi vakillarining ta’kidlashicha, huquq tabiiy ham, tarixan ham, hatto psixologik holda ham vujudga kelmagan, balki huquq hukmron sinfning manfaatini himoya qilish uchun davlat bilan bir vaqtda unga siyosiy qurol sifatida maydonga chiqqan, deyiladi. Ularning fikricha, huquqning paydo bo‘lishida uchta bosqich mavjud bo‘lgan: birinchi bosqich – odatning mutlaq hukmronligi dav-ri; ikkinchi bosqich – odat bilan huquqning bir vaqtda amalda bo‘lish davri; uchinchi bosqich – huquqning mutlaq hukmronlik davri. Mazkur nazariya vakillari huquqning tezda odat o‘rnini egallamaganligi, balki asta-sekinlik asosida, vaqt o‘tishi bilan odat
huquqqa o‘z o‘rnini bo‘shatib berganligini isbotlashga harakat qilganlar. Sinfiy nazariya vakillari huquqni paydo bo‘lishining asosiy sababi sifatida odat normasiga asosan hamma teng huquqli bo‘lganligini, bu esa iqtisodiy jihatdan hukmron sinfga, ya’ni quldorlarga to‘g‘ri kelmaganligi tufayli odat normalaridan voz kechilganligi va buning o‘rniga quldorlar tomonidan huquq normalarining shakllantirilganligini ta’kidlaydilar.



39.

Ҳуқуқ тушунчаси, белгилари, моҳияти ва принципларини ёритиб беринг.

Ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatidagi huquq tushunchasini ta’riflash ancha mushkul ish. XXI asr boshidagi vaziyatga ko‘ra, huquqning umumiy e’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Eng mashhur yondashuvlarni umumlashtirib, huquq-erkin va teng subyektlar
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning tarixan shakllangan, undan chetga chiqish davlat majburlovi vositalari bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan tartibning normativ ifodasi, degan xulosaga kelish mumkin. Huquqning davlat bilan uzviy aloqasiga asoslanib (ma’lumki, davlat hokimiyat-majburlov vositalari yordamida huquqni amalga oshirishni ta’minlaydi), ko‘pincha huquqni davlat yaratadi, degan
xulosaga kelinadi. Bunga ayrim normalarni davlat rasman tasdiqlashi va hatto o‘z qonun ijodkorligi faoliyatida qabul qilishi ham turtki beradi. Bu holda huquqni davlat tomonidan qabul qilingan yoki tasdiqlangan va uning majburlov kuchi bilan ta’minlangan yuridik normalar majmui sifatida ta’riflash uchun asos paydo bo‘ladi.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin