Mutlaq monarxiya boshqaruv shaklida davlat boshlig'i hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik senzi bo‘yicha egallaydi hamda o ‘z xatti-harakatlari uchun qonun yoki biror davlat organi oldida javobgar boMmaydi, balki faqat xudo oldida
mas’uliyatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, mazkur boshqaruv shakliga asoslangan davlatlar qonunlarida davlat boshlig‘i, ya’ni monarx tomonidan qabul qilingan qonun yoki boshqa turdagi huquqiy hujjatning biror-bir shaxs tomonidan bajarilmasligi holatida u faqat yuridik javobgarlikka tortilibgina qolmay, balki monarx xudoning yerdagi vakili hisoblangani uchun uning amrini bajarmaslik katta gunoh sanaladi va xudoning qahriga uchraydi hamda inson o‘limidan so‘ng narigi dunyoda xudo oldida ham javob berishi haqida uqtiriladi. Monarx hokimiyati ilohiylashtirilgan shaklda namoyon bo‘ladi.
Cheklangan monarxiyadamutlaq monarxiyadan farqli ravishda monarx hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning biron-bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo'ladi. Cheklangan monarxiya, o‘z navbatida, dualistik va parlamentar turlarga bo‘linadi.
Dualistik monarxiyadavlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal kabi davlatlar kiradi. Dualistik monarxiyalar XIX asming oxiri - XX asrboshlarida (buijua-demokratik inqiloblar davrida), ya’ni hukmdorlar mutlaq monarxiya shaklida boshqaruvni ushlab tura olmagan, buijuaziya esa hali kuchga to‘lmagan davrda keng tarqalgan edi. Dualistik monarxiya mutlaq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga
o ‘tishda oraliq, o‘tish shakli bo'lib, hukmdor bilan bir qatorda, mutlaq monarxiya uchun xos bo‘lmagan boshqa oliy davlat hokimiyat organlari —parlament va hukumatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Amaldagi va yuridik hokimiyat monarx tuzadigan hukumat va qonun chiqaruvchi idora hisoblangan parlament o‘rtasida bo‘linadi. Dualistik monarxiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, parlament (yoki uning bir palatasi) va hukumat a ’zolari hukmdor tomonidan tayinlanadi va uning oldida shaxsan javobgar bo'ladi. Ushbu monarxiya shaklida
davlat boshlig'ining vakolatlari qisman cheklangan bo‘lsada, ammo u aslida davlat boshlig‘i funksiyasini amalga oshiradi. Hukumatni tuzish parlamentning partiyaviy tarkibiga bog'liq emas.