Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə23/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
DHN savollar javobi

Tarmoqlararo huquqiy prinsiplar ikki yoki undan ortiq huquq tarmoqlari doirasida amal qiladigan prinsiplardir. Ko‘pincha bunday prinsiplar bir-biriga yaqin turuvchi huquq sohalarini qamrab oladi (masalan, konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohalari; jinoiyprotsessual va fuqarolik-protsessual huquqi sohalari uchun umumiy
bo‘ladigan prinsiplar). Aytaylik, moddiy javobgarlik prinsipi mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, oila huquqi sohalarida qo‘llaniladigan tamoyildir. Faqat ayb uchun javobgarlik prinsipi esa Jinoyat kodeksida hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda, bevosita ulardagi moddalarda aks ettirilgan. Bu prinsip fuqarolik qonunchiligida ham asosiy dasturilamallardan biri hisoblanadi.9 Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi ham tarmoqlararo xarakterga ega. U jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlarda qo‘llaniladi.
Sohaviy huquqiy prinsiplar faqat bitta konkret huquq sohasi doirasida harakatlanadi. Masalan, yer huquqi uchun «yerga egalik qilish shakllarining ko‘pligi va ularning tengligi» prinsipi, «yerning fuqarolik muomalasida bo‘lish» prinsipi, «yer ustidan davlat boshqaruvini amalga oshirish» prinsipi, «yerda mustaqil xo‘jalik
yuritish va yerdan foydalanuvchi subyektlarning tengligi» prinsipi, «yerdan maqsadga muvofiq foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanishi» prinsipi va hokazolar. Yana bir misol. Xo‘jlik-protsessual huquqida quyidagi prinsiplar rahbariy rol o‘ynaydi: sudyalarning saylab qo‘yilishi, ularning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi, ishlarni ko‘rishda kollegiallik va yakkaboshchilikning qo‘shib olib borilishi prinsipi, ishlarni ko‘rishda oshkoralik prinsipi, ishda qatnashayotgan taraflarning tengligi prinsipi, nizolarni ko‘rishda bahslashish, og‘zakilik va bevositalik prinsiplari. Har bir huquq sohasi umumiy va tarmoqlararo prinsiplarga tayanishdan tashqari, faqat o‘zigagina xos prinsiplarga ham asoslanadi. Bu prinsiplarning barchasi birgalikda nafaqat huquq sohasi uchun, balki butun huquq tizimining tuzilishi va harakatlanishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.



40.

Ўзбекистон Республикасининг Конституциясида жамият, давлат ва ҳуқуқ масалаларининг ифодаланиши


Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin