Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Huquq va vakolat beruvchi normalar



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə36/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
DHN savollar javobi

1. Huquq va vakolat beruvchi normalar – ya’ni huquq subyektiga qanday harakatlarni sodir etish mumkinligini ko‘rsatuvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
2. Majburiyat yuklovchi normalar – ya’ni qanday harakatlarni sodir etish lozimligini ko‘rsatuvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasining 50-moddasiga binoan, «fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar».
3. Man qiluvchi normalar – ya’ni huquq subyektiga muayyan xatti-harakatlarni sodir etishini man qiluvchi normalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida «Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi», deb ko‘rsatilagan va bu qoida man etish xarakteriga egadir. Bulardan tashqari, huquq normalarini boshqa qator mezonlar asosida tasniflash mumkin. Bunda, eng avvalo, huquq normalari huquq tarmoqlari bo‘yicha bo‘linadi va bunday guruhlash huquq normalarini bir tizimga keltirish va zarur hollarda kodifikatsiya qilish uchun muhimdir. Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalariga bo‘lish ham keng tarqalgan, bunda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari mazmunini aniqlab beruvchi normalarni moddiy huquq normalari guruhiga qo‘shamiz, huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini, buzilgan huquqni tiklash jarayonini belgilovchi normalarni esa protsessual normalar deymiz. Masalan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan bo‘lsa (ya’ni, moddiy normalar), buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararni qoplashga oid normalar Fuqarolik-protsessual kodeksida mustahkamlangan bo‘ladi (ya’ni, protsessual normalar). Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, abstrakt (mavhum, umumiy) va kazuistik (nisbatan konkret) normalar farqlanadi. Konkret bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalarni abstrakt normalar, deymiz. Bir munosabat turining konkret bir qismini tartibga soladigan normalarni esa kazuistik normalar, deymiz. Masalan, Kons-titutsiyamizning «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan 1-bo‘limi normalari abstrakt, umumiy mazmunga ega. Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzumining asoslari umumiy tarzda mustahkamlangan. Keyingi bo‘limlarda esa asosiy qoidalar nisbatan aniqlashtirilib, ularga batafsil to‘xtalib o‘tilgan: masalan, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (2-bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (5-bo‘lim) va h.k. Gipotezada mustahkamlangan holatning faktik jihatlari aniq yoki nisbiy aniqligiga qarab, huquq normalarini aniq va nisbiy aniq huquq normalariga bo‘lamiz. Gipotezaning hajmiga qarab, huquq normalarini oddiy (aniq bir holat ko‘rsatilagan), murakkab (ikki yoki undan ortiq holat ko‘rsatilgan) hamda alternativ (ikki holatdan birining mavjudligiga
bog‘liq holda normani qo‘llash mumkin bo‘ladi) turlarga bo‘lish mumkin.Dispozitsiyaning aniqligiga qarab, huquq normalarini: mutlaq aniq, nisbatan aniq va blanket normalarga bo‘lish mumkin. Mutlaq aniq huquqiy normalarda huquq va majburiyatlar aniq belgilangan bo‘ladi. Nisbatan aniq huquqiy normalarda esa har bir konkret holatlarda huquq va majburiyatlarni yanada aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin