Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə45/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
DHN savollar javobi

Nazorat faoliyati. Davlat apparatiga kiruvchi barcha davlat organlari tarkibida qonunchilik va huquqiy tartib-intizom ustidan nazorat yurituvchi tuzilmalar mavjud. Ushbu tuzilmalar o‘z tasarruflari va vakolatlariga kiradigan sohada nazorat faoliyatini amalga oshiradi. Davlat nazorati tizimida prokuror nazoratini, soliq nazoratini, bojxona nazoratini, sud nazoratini, ekologiya nazoratini, sanitariya-epidemiologiya nazoratini, tog‘-kon sanoati nazoratini, iste’mol mahsulotlari ustidan (sertifikatlash) nazoratini va boshqa turdagi nazorat faoliyati turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Davlat funksiyalarini amalga oshirishning huquqiy shakllari deyilganda, davlat organlarining o‘z tashqi belgi va xususiyatlariga ko‘ra bir turdagi faoliyati tushunilib, bu faoliyatning oqibatida albatta muayyan huquqiy hujjat (akt) qabul qilinadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirishning quyidagi shakllarini ko‘rsatish mumkin:
– huquqni ijod qilish (qonun ijodkorligi faoliyati);
– huquqni ijro etish (ijroiya-farmoyish berish faoliyati);
– huquqni qo‘riqlash (odil sudlov nazorat faoliyati).
Davlat va uning organlari o‘z funksiyalarini ma’lum metod (usul)lar vositasida amalga oshiradi. Ushbu usullar qatoriga – ishontirish, majbur qilish, rag‘batlantirish singarilar kiradi. Davlatning har bir aniq funksiyasi davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazmuni, shakli va usullari uzviyligida namoyon bo‘ladi. Davlat funksiyalarining asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
– funksiyalar davlatning mohiyati va ijtimoiy holati bilan bevosita bog‘liq;
– ular o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘lib, davlatning shakllanishi, mustahkamlanishi va rivojlanishiga yo‘naltirilgan. Har bir tarixiy davrda davlatning o‘ziga xos muayyan funksiyalari bo‘ladi. Hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlarning kelishi bilan davlatning mohiyati va unga mos funksiyalari ham o‘zgaradi. Jamiyatda ustuvor manfaatlar almashganda ham davlat funksiyalarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Masalan, urush davrida davlatning mudofaa funksiyasi birinchi o‘ringa chiqadi yoki bozor munosabatlariga o‘tishda davlatning iqtisodiy funksiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Funksiyalarning mazmuni davlat rivojlanishining muayyan bosqichlarida o‘zgarishi mumkin. Davlat funksiyalarining o‘zgarishi, ayniqsa, tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, inqiloblar davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlatning har bir taraqqiyot bosqichiga muayyan funksiyalar to‘g‘ri keladi. Masalan, hozirgi zamon davlatlarining barchasida iqtisodiy funksiyalar mavjud. Ammo ularning mazmuni, shakllari, amalga oshirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga o‘ziga xos funksiyalar to‘g‘ri keladi. Shu bois davlat yangi bosqichdagi rivojlanishga o‘tar ekan, o‘z vazifalarini to‘la yoki qisman o‘zgartirishi mumkin. Davlatning yangi funksiyalari paydo bo‘lib boradi, ammo avvalgilari ham izsiz yo‘qolmaydi, ular yangi mazmun bilan boyiydi. Bu holni har qanday davlatning taraqqiyotida kuzatish mumkin.
Har qanday davlatning funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga bo‘lish mumkin. Davlat funksiyalarining ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linishi umumiy xarakterga ega. O‘z navbatida, davlatning ichki va tashqi funksiyalari ham turli-tuman bo‘ladi. Ichki funksiyada davlatning mamlakat ichidagi roli namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqa davlatlar qurshovida yashaydi. Shu bois boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning tashqi funksiyasi ro‘yobga chiqadi. Harakatining muddatiga ko‘ra davlat funksiyalari doimiy va muvaqqat funksiyalarga bo‘linadi. Doimiy funksiyalarga davlatga doimo xos bo‘lgan xususiyatlar, davlat muntazam shug‘ullanadigan vazifalar, masalan, ishlab chiqarishni boshqarish vazifasi, ya’ni davlatning iqtisodiy funksiyasi kiradi. Davlatning muvaqqat funksiyalariga esa ma’lum vaqt mobaynida muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan vazifalar kiradi. Masalan, favqulodda holat e’lon qilingan davrdagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan funksiyalar vaqtinchalik tusga egadir.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin