Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus shaxslar guruhining mavjudligi



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə44/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
DHN savollar javobi

5. Boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus shaxslar guruhining mavjudligi. Davlat organlarida faoliyat yurituvchi shaxslar ish faoliyatida faqatgina boshqaruv bilan shug‘ullanadi, ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydilar. Shuningdek, ushbu toifadagi shaxslar davlat va jamiyat manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, sudya sudlov jarayonida birorbir yaqin tanishining huquqbuzarlik sodir etgan ishi bo‘yicha, u shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish jarayonida, o‘zining shaxsiy manfaatlarini inobatga olib emas, balki davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda, obyektiv ravishda qonunga asosan hukm chiqaradi.
6. Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlarining ichki strukturasining mavjudligi. Davlat mexanizmining bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilotlari birgalikda harakat qiladi va o‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy bo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlaridir.
Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energiyasi, aloqa
tizimi shular jumlasidandir.
Davlat muassasalari – bu davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni bajaruvchi idoralar. Masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu organlar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradi. Yuridik adabiyotlarda «davlat apparati» va «davlat mexanizmi»
degan tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar, asosan, bir xil mazmunga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq tushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari davlat apparati ishini tashkil qiladigan, unga yordam beruvchi bo‘limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib davlat apparati o‘z faoliyatini, davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi, deb olsak, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot, moliya – iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash vazirlikning faoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar, uning muassasalari hisoblanadi.



48.

Давлат функцияларини амалга ошириш шаклларини муҳокама қилинг.

Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish uchun faol, qat’iy harakat qiladi. Davlatning mazkur harakatlarini, butun faoliyatini ta’riflash uchun yuridik fanda “davlat funksiyasi” degan ibora kiritilgan. Davlatning vazifalari va funksiyalarini to‘la tushunib olish, tahlil eta bilish uning mohiyatini yanada kengroq, chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Davlatning mohiyati uning funksiyalarida yana ham yorqinroq namoyon bo‘ladi. Davlatning funksiyasi – bu davlat oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Olimlarning davlat funksiyasiga bergan ta’riflarida jiddiy farq yo‘q, ularning hammasi ham davlat funksiyasini uning faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘laydilar. Davlatning vazifasi va funksiyasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki ma’nodagi tushunchadir. Har bir davlatning vazifasi u amalga oshiradigan bosh asosiy yo‘lni belgilaydi, butun faoliyatini ana shu vazifalarni hal etishga qaratadi. Davlatning funksiyalari esa davlatning vazifalaridan kelib chiqadi. Davlatning vazifalariga muvofiq amalga oshiriladigan harakatlar, faoliyat ularning funksiyalarini tashkil etadi. Davlat funksiyalari jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tarkibidan, ijtimoiy guruhlar, jamoalar, xalq manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarning hal qiluvchi ta’siri ostida shakllanadi. «Davlat funksiyasi» nafaqat siyosiy mazmundagi va boshqaruvga oid tushuncha, balki yuridik ma’nodagi hodisadir. Chunki, funksiyalar asosan huquqiy shakllarda amalga oshiriladi. Yuridik adabiyotlarda davlat funksiyalarini amalga oshirish shakli deganda:


birinchidan, davlat mexanizmi asosiy bo‘g‘inlarining faoliyati tushuniladi;
– ikkinchidan, davlat funksiyalarini amalga oshirishning tashqi ko‘rinishi, belgilari, tartibi tushuniladi.
Dastlabki mezonga ko‘ra, davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllari quyidagicha: 1) qonun ijodkorligi; 2) boshqaruv (ijro etish); 3) sud faoliyati; 4) nazorat faoliyati. Qonun ijodkorligi faoliyati orqali davlatning yuqori vakillik organlari jamiyatdagi barcha subyektlar bajarishi majburiy bo‘lgan qonunlar yaratadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlar ikki palatali parlament – Oliy Majlis tomonidan yoki referendum orqali qabul qilinadi. Qonunlarni qabul qilishdan maqsad jamiyatga rahbarlik qilish, undagi barcha ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy taraqqiyot manfaatlari yo‘lida huquqiy tartibga solishdan iborat. Boshqaruv (ijro etish) faoliyati vositasida davlatning ko‘pgina funksiyalari bajariladi. Chunki, ijroiya hokimiyat davlatning muhim bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat hayotini tashkil etishda salmoqli o‘rin tutadi. Mazkur hokimiyat davlat organlarining asosiy qismini, mansabdor shaxslarning eng ko‘p sonini o‘z ichiga oladi. Ijroiya hokimiyatning asosiy vazifasi – qonunlar ijrosini ta’minlash, keng miqyosda boshqaruv va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishdan iborat. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ijro hokimiyati organi – Hukumat hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy sohaning faoliyatiga rahbarlik qiladi; mamlakat qonunlarining, parlament palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi:
– iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajaradi;
– mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlashtiradi, ularning tengligini ta’minlaydi;
– bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ro‘yobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoit yaratadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga ko‘maklashadi;
– respublika budjetini shakllantiradi va ijro etadi, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va milliy dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini ta’minlaydi;
– fan va texnika sohasini boshqaradi;
– fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish choralarini ko‘radi, shuningdek, boshqa ijroiya funksiyalarni bajaradi. Sudlov faoliyati. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida, mustaqil shoxobchalaridan biri bo‘lib, jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirishga safarbar etilgandir. Odil sudlov – davlat faoliyatining maxsus yo‘nalishi bo‘lib, bunda vakolatli sud muassasasi (sudlar) huquq normalari talablarini buzishdan kelib chiquvchi nizoli holatlarni muhokama etib, ularni qonun doirasida hal etadi. Odil sudlovning oliy maqsadi – kuch va zo‘ravonlik g‘oyasini huquq ustuvorligi va adolat g‘oyalari bilan almashtirishdan iborat.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin