Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar



Yüklə 129,28 Kb.
səhifə9/50
tarix04.01.2023
ölçüsü129,28 Kb.
#121981
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
DHN savollar javobi

Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida tuziladi. Qoidaga ko'ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo'lib hisoblanadi. Milliy federatsiyaning asosiy xususiyatiga ko'ra, federatsiya subyektlari — milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaridan iborat bo'lib, ular asosan subyektlaming ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va kichik millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan barcha millatlar o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'ladilar. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va
Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovaki-yaga ajralib ketgan) ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo'la oladi.Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliy-hududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi millatlar, xususan subyektda ko'pchilikni tashkil etmaydigan millatlar asosida tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 subyekt — hududiy tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o'tmishda nemis millatiga yaqin bo'lgan aholidan iborat 16 hududiy tuzilma — yerlardan iborat).Davlat tuzilish shaklining yana bir turi — bu konfederatsiyadir.
Konfederatsiya bir necha davlatlaming ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo'yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo'lmaydi. Konfederatsiya bu to'la mustaqil davlatlaming ayrim sohalar bo'yicha tuzadigan ko'ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan
so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o ‘tishi, yoxud qo'shilib unitar davlat bo'lib ketishi ham mumkin. Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlaming yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo'lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlaming cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya subyektlari birlashish jarayonida o'z mustaqilligini saqlab qoladi, federasiya subyektlari esa o'z suvereni-tetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o'zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi. Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlaming federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo'linib ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveytsariya 1815—1848-yillarda federasiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani birlashtirishga urinishdan so'ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo'linib ketdi. Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o'rtasidagi munosabatning kuchsizligi uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari — mustaqil armiya, fuqarolik, qonunchilik,sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo'ladi.Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo'q yoki ular bo'lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega.Konfederatsiya tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega.
Konfederatsiyaning o'ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlaming ittifoqi;
2) barqaror bo'lmagan siyosiy tuzilma;
3) yagona hududning bo'lmasligi;
4) yagona fuqarolikning o'matilmasligi;
5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo'llamaslik huquqiga egaligi;
7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalami hal etish kirishi;
8) konfederatsiya byudjeti uning a ’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 15 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlat-larining hamdo'stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi konfederatsiya emas.



25.

Ҳуқуқий тарбия тушунчаси ва унинг воситаларини тушунтиринг. Унинг жамият ҳаётидаги тутган ўрнини ёритиб беринг.

Huquqiy tarbiya – fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy fao-liyatdir. Tarbiya jarayonlarining yo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardan biri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan tar-biya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya – siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya –ma’naviy ongni; estetik tarbiya – estetik ongni qamrab oladi va


h.k. Huquqiy tarbiya ongning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan huquqiy ong bilan bog‘-liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi – tarbiyalanuvchilarga ma’-lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi –
tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, hissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. Shu va-zifalardan kelib chiqib, huquqiy tarbiyada fuqarolar huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi:
– birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmunini va mohi-yatini to‘g‘ri tushunish;
– ikkinchidan, huquqni, qonunlarni, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish;
– uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo‘llay olish;
– to‘rtinchidan, o‘z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish;
– beshinchidan, huquqiy normalarni har qanday buzishlarga nisbatan qat’iy muro-sasizlik ko‘nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruh-lar) huquqiy ongining shakllanishi ro‘y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilar-ning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yi-ladi. Ularning shaxsiy e’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi.
Demak, huquqiy tarbiya – shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko‘rsatiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, boshqariladigan, oldindan rejalash-tiriladigan va maxsus ishlab chiqilgan huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir.Mustaqil davlatimiz rivojlanishining istiqboli har tomonlama bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lidadir. Buning uchun yoshlar yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari, huquqni puxta bilishlari lozim. Bozor iqtisodiga o‘tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga
bog‘liqdir. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-iyun-da «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, hu-quqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganishni yaxshilash haqida»gi farmoni katta ahamiyatga ega. Mazkur farmon asosida 1997-yil 22-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetka-zib berishni yo‘lga qo‘yishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Yuqoridagi qarorga aso-san Toshkent Davlat yuridik instituti huzurida Respublika huquqiy ma’rifat targ‘i-boti markazi va uning joylardagi mintaqaviy bo‘limlari tashkil etildi. Bu markaz ol-diga yoshlarni tarbiyalashda, huquqiy ongini rivojlantirishda huquqiy ta’limni ku-chaytirish va bu jarayonni metodika jihatdan ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish, ommabop huquqiy adabiyotlar va darsliklarni tayyorlash hamda boshqa ko‘pgina vazifalar qo‘yilgan. Buning natijasida huquqiy madaniyat-ni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishi bo‘lganligi bois bir qator amaliy ishlar qilindi. Yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirishda televidenie, radio va matbuotning o‘rni o‘ta muhimdir. Bu o‘rinda Adliya vazirligi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralarning «Huquq va burch»yuridik jurnali, «Inson va qonun» huquqiy gazetasi, «Postda» gazetasi, «Fuqarolik jamiyati» va «Advokat» jurnallari va boshqa nashrlar aholi huquqiy ongining o‘sishiga muhim hissa qo‘shmoqda.



26.

Ҳуқуқнинг белгиларини аниқлаш орқали унинг ҳуқуқий табиатига баҳо беринг.

Huquq ta’riflarining ko‘pligiga ijobiy hodisa sifatida qarash kerak, chunki u huquq-qa asrlar osha nazar tashlash, uni nafaqat turg‘un holatda, balki (dinamikada) rivojlanish holatida ham ko‘rish imkonini beradi. Biroq bu hodisa kamchiliklardan ham xoli emas. Asosiy kamchilik ta’riflardagi farqlar tug‘diradigan qiyinchiliklar,
huquqni bilish va undan amalda foydalanishda yagona, izchil jarayonning yo‘qligi bilan bog‘liq. Huquq tushunchasiga ta’riflar ko‘pligidan kelib chiquvchi qiyinchilik-larni bartaraf etishning bir necha yo‘llari mavjud. Shunday yo‘llardan biri huquq tushunchasining turli zamonlarda taklif qilingan ayrim ta’riflari asosida «barcha zamonlar» va «hayotning barcha holatlari» uchun yaroqli bo‘lgan umumiy ta’rifni ishlab chiqishdan iborat, ya’ni huquqning eng muhim belgilari va jihatlarini aniq-lash va ko‘rib chiqish lozim. Bu yerda, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatidagi huquqning belgilari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Huquqqa turli yondashuvlarning tahlili uning quyidagi muhim xususiyatlari va belgilarini qayd etish imkonini beradi:
1. Huquq – normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Boshqa har qanday tizim singari u ham bir tartibli, o‘zaro uzviy bog‘langan va o‘zaro ta’sirga kirishuvchi qismlardan tashkil topadi. Tizimning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasida yuzaga keluvchi aloqalar yagona maqsadlarga erishishga qaratilishi lozim. Har qanday normalar (xulq-atvor qoidalari) tizimi zamirida obyektiv va subyektiv omillar yotadi. Obyektiv omillar orasida muayyan mamlakatda huquqiy normalar tizimi vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratuvchi iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, mafkuraviy va boshqa omillar alohida o‘rin egallaydi. Ayrim normalar ham, ularning tizimi ham amalda o‘z-o‘zidan, muayyan shaxslarning xohishi yoki ko‘rsatmasiga binoan vujudga kelmaydi, ular jamiyat va davlat hayotining obyek-tiv ehtiyojlari ta’sirida vujuda keladi. Normalar tizimining vujudga kelish va faoliyat ko‘rsatish jarayoni obyektiv omillar bilan bir qatorda subyektiv omillar ham mavj-ud bo‘lishini nazarda tutadi. Bu yerda muayyan mamlakatda ilmiy asoslangan hu-quqiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, qonunchilik ishlari rejalarini tay-yorlash va bajarish, davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati jarayonida yuristlarning faol ishtiroki to‘g‘risida ham gap bormoqda.
2. Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan normalar tizimi. Ja-honda turli ijtimoiy normalar tizimlari juda ham ko‘p. Biroq faqat huquqiy norma-lar tizimigina davlat tomonidan yaratiladi. Huquq normalarini o‘rnatar ekan, davlat bevosita o‘z vakolatli organlari orqali ish ko‘radi. Huquqiy normalar tizimining davlat tomonidan o‘rnatilganligi va ma’qullanganligi ularning davlatga to‘la bog‘liqligini va unga bo‘ysunishini anglatadimi? Bu masalaga ikki xil yonda-shuv mavjud. Birinchi yondashuvga ko‘ra, huquq normalariga «davlat talablari» sifatida qaraladi. Bunda davlat huquq manbayi sifatida ta’riflanadi. Davlat hokimi-yati huquqqa tobe emas, balki undan ustun bo‘lib qoladi. Shunday qilib, davlatga birlamchi, huquqqa ikkilamchi hodisa sifatida qaraladi.Ikkinchi yondashuvga ko‘ra, davlat, davlat hokimiyati huquqiy xususiyat kasb etadi. Davlat hokimiyati zamirida fakt emas, balki huquq yotishi kerak. Davlat, garchi u huquqiy hujjatlar qabul qilsada, huquqning manbayi bo‘lishi mumkin emas. Chunki, davlat hokimiyatining o‘zi huquqdan kelib chiqadi, ya’ni uning vakolatlari huquq vositasida rasmiylash-tiriladi. Davlat huquqdan emas, balki huquq davlatdan ustun turadi, uni muvoza-natga soladi va chegaralaydi. Bundan tashqari, davlat va huquq o‘zaro munosa-batlari xususiyatiga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Bu yonda-shuvlar murakkabligi, har xilligi va ziddiyatliligiga qaramay, ularning aksariyat huquq normalari davlatning huquq ijodkorligi faoliyati bilan belgilanadi, davlat tomonidan qabul qilinadi yoki tasdiqlanadi, degan asosiy fikrga asoslanadi.
3. Huquq – umummajburiy xususiyatga ega normalar yoki xulq-atvor qoidalari tizimi. Umummajburiylik (ya’ni, normativlik) huquq normalarida ifodalangan talablar jamiyatning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi shartligini anglatadi. U
huquq normasi bilan birga yuzaga keladi, u bilan birga rivojlanadi va huquq normasi ifodalangan hujjat bekor qilinishi bilan bir vaqtda barham topadi. Umum-majburiylik nafaqat oddiy fuqarolar, mansabdor shaxslar, turli nodavlat organlari va tashkilotlari, balki davlatning o‘ziga nisbatan ham tatbiq etiladi. Basharti, huquqiy davlat, agar u og‘izda emas, balki amalda ma’rifatli va huquqiy bo‘lsa, u muqarrar tarzda o‘zini va o‘z organlarini huquq normalari talablarining umummaj-buriyligi bilan cheklaydi, o‘z faoliyatini qonun talablariga qat’iy muvofiq tarzda tashkil etadi va bu talablar ular ifodalangan normalar bilan birga belgilangan tartibda o‘zgartirilmagunicha yoki bekor qilinmagunicha ularga rioya qiladi.
4. Huquq davlat tomonidan muhofaza qilinadi va ta’minlanadi. Huquq normalari-da ifodalangan talablar buzilgan hollarda davlat majburlovi qo‘llaniladi. Davlat o‘zi qabul qilgan yoki tasdiqlagan hujjatlarga befarqlik bilan qaray olmaydi, u mazkur hujjatlarni amalga oshirishga katta kuch-g‘ayrat sarflaydi, ularni muhofaza qiladi va bajarilishini kafolatlaydi. Bunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri-ishontirish, ikkinchisi – davlatning jismoniy va ruhiy majburlovi hisoblanadi. Jismoniy majbur-lov deganda, huquq bilan nazarda tutiladigan, huquqiy tartibotni saqlash uchun jismoniy kuch va vositalar qo‘llanishidan iborat bo‘lgan zaruriy chora-tadbirlar tushuniladi. Ruhiy majburlov deganda, shaxs bo‘ysunmagan holda qo‘llanishi
qonun bilan nazarda tutilgan choralarga yo‘liqishdan qo‘rqish birinchi o‘rinda turadi. Aynan qo‘rquv fuqarolarni o‘z xulq-atvorini huquq-qonun talablariga moslashtirishga ruhan majbur etadi. Davlat ishontirish va majburlovdan huquq normalarining qo‘llanilishini ta’minlash uchungina foydalanadi. Boshqa barcha
hollarda undan foydalanishning ehtimol tutilgan imkoniyatigina muttasil saqlanadi.



27.

Ҳуқуқ нормасининг таркибий элементлари бўлган гипотеза, диспозиция ва санкция тушунчаларини ёритиб беринг.

Huquq normasi o‘z ichki tuzilishiga ega, ya’ni huquq normasi mazmunan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha tarkibiy qismlardan iborat. Ta’kidlash lozim-ki, adabiyotlarda huquqiy normaning tuzilishi masalasida turlicha yondashuvlar mavjud. Lekin ko‘pchilik mualliflar huquqiy normani uch element (unsur)dan


iborat, degan fikrni ma’qullaydilar. Shunday qilib, huquqiy norma quyidagi uch element (unsur)dan iborat:
1) gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.

Yüklə 129,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin