Boshqaruvning asosiy funksiyalari Reja: Menejment funksiyalari



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə5/6
tarix12.11.2022
ölçüsü34,31 Kb.
#119369
1   2   3   4   5   6
Boshqaruvning asosiy funksiyalari

Tashkilotning maqsadi — bu ko‘rsatilgan vaqt davomida barcha xodimlar tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlar bilan erishish mumkin bo‘lgan istalgan holat yoki natija.

Maqsadlarni ifodalash ularning xususiyatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni aniq tushunilishini taqozo etadi.

Tashkilotning maqsadlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin, ularning ichida vaqt davri, takrorlanish va ustuvorlik mezonlari yetakchilik qiladi.

Vaqt davriga qarab maqsadlar strategik (5—10 yillik davri uchun), taktik (5 yilgacha), tezkor (operativ) maqsadlarga ajratiladi. Ustuvorlik darajasi bo‘yicha maqsadlar zudlik bilan amalga oshiriladigan va muhim maqsadlarga, takrorlanishi bo‘yicha esa — doimiy, davriy takrorlanadigan va bir martalik maqsadlarga ajratiladi. Doimiy va davriy takrorlanadigan maqsadlar uchun, odatda, standart axborotlardan foydalangan holda, ya’ni rasmiy deb ataluvchi yondoshish asosida uslubiyot ishlab chiqiladi. Yangi yoki bir martalik maqsadlarga erishish uchun yangidan uslubiy asboblar yaratiladi, mutaxassislar o‘qitiladi, yangi resurslar izlab topiladi.

Maqsadlarning dekompozitsiyasi har qanday tadqiqot obyekt­larini dekompozitsiyalash quyidagi: teng huquqli bo‘ysunish, kesishmaslik, birlik, to‘liqlik qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi

Maqsadlar bir qator xususiyatlarga: aniqlik (aniq ifodalangan yakuniy natija); erishish imkoniyati; vaqt bo‘yicha belgilanganligi (bajarish muddatlari); miqdoriy jihatdan o‘lchanishi; mantiqiyligi (mazmuni bo‘yicha bir ma’noni anglatishi, qarama-qarshi talqinlarning istisno etilishi); muxtasarlik; samaradorlik (natija va foyda berishi).

Muddatlarning belgilanishi, maqsadlarning aniqlashtirilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi maqsadni mo‘ljallangan muddatga bajarilishi darajasini nazorat qilish imkonini beradi.

Menejmentning zamonaviy konsepsiyalari farmatsevtika tashkilotlarining rahbariyatini aholining farmatsevtika yoki dorixona turidagi boshqa tovarlarga va umuman farmatsevtika yordamiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi umumiy (bosh) maqsadlarning qo‘yilishiga yo‘naltiradi.

Farmatsevtika tashkiloti oldida turgan umumiy maqsadlarni, kutilayotgan natijalarini ko‘rsatgan holda, aniq ifodalangan vazifalarga aylantirish zarur. Odatda, maqsadlar va vazifalar tashkilotlar faoliyatining turli funksiyalariga tegishli bo‘ladi.

Maqsadlar tizimini ishlab chiqishning qulay va amalda sinovdan o‘tkazilgan asbobi sifatida modellashtirishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Boshqaruvning turli darajadagi maqsadlarini yagona majmuaviy tizimga tartibga solish modeli „maqsadlar daraxti“ deb ataldi.

„Maqsadlar daraxti“ qurish jarayoni bir nechta ketma-ket qadamlarni o‘z ichiga oladi:

1) daraxtning uchini — tashkilotning umumiy maqsadini belgilash;

2) faoliyatning yo‘nalishi bo‘yicha darajalarni shakllantirish (yoki maqsadlar dekompozitsiyasi). Har bir keyingi daraja shunday shakllantiriladiki, u o‘zidan yuqoriroq darajadagi maqsadga eri­shilishini ta’minlashi lozim;

3) „Daraxtning har bir shoxi“ maqsadga erishish usulini emas, balki qandaydir ko‘rsatkich bilan ifodalangan aniq yakuniy natijani aks ettiradi.

Ushbu grafikli modellashtirish uslubining mohiyati shundan iboratki unda ifodalab berilgan yakuniy (bosh) maqsad va unga erishish uchun kerakli chora-tadbirlar yaqqol aks ettirilgan sxemaga ega bo‘lamiz. Modelni yasash quyidagi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi:


Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin