Boshqaruvning asosiy funksiyalari Reja: Menejment funksiyalari


chizma tepadan pastga yasaladi



Yüklə 34,31 Kb.
səhifə6/6
tarix12.11.2022
ölçüsü34,31 Kb.
#119369
1   2   3   4   5   6
Boshqaruvning asosiy funksiyalari

chizma tepadan pastga yasaladi;

faoliyatning yakuniy natijasi sifatida ifodalangan bosh maqsad modelning cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi;

bosh maqsadni iyerarxiyaning pog‘onalari bo‘yicha yarim maqsadlarga bo‘lib yuborish;

har bir yarim maqsad rejalashtirilgan chora-tadbir sifatida ifodalanadi;

har bir quyi pog‘ona o‘zidan yuqori pog‘onaning maqsadlariga erishilishini ta’minlashi lozim;

har bir pog‘ona doirasida yarim maqsadlar bir-biridan mustaqil bo‘lishi kerak;

dekompozitsiya pog‘onalarining soni bosh maqsadning ko‘lami va murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi;

maqsadlar daraxtining poydevori“ aniq vazifalar va ishlar ko‘rinishida ifodalangan yarim maqsadlardan iborat bo‘lib, ularni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish yoki miqdoriy jihatdan o‘lchash (baholash) mumkin.

Vazifalarni shakllantirish tamoyillari:

vazifalar aniq, tekshiriladigan, relevant, bajariladigan, miqdoriy jihatdan (foizlarda, o‘rtacha indekslarda, standart chek­lanishlarda, korrelatsion bog‘lanishlarda va hokazo) o‘lcha­na­­digan bo‘lishi lozim;

har bir vazifa faqat bitta natijani ko‘zda tutishi kerak;

vazifalar xodimlarni maqsadga erishishga rag‘batlantirishi, ularning ko‘magidan foydalanishi lozim;

vazifalarni va ularning bajarilishini hisobga olish.

Odatiy tasavvurga nisbatan bu tuzulma ildizi (bosh maqsad) tepaga, shox-butasi esa ag‘darilib pastga qaratilgan daraxtni eslatadi.

Maqsadlar iyerarxiyasi farmatsevtika tuzulmasi bilan bevosita bog‘liqdir. Maqsadlar iyerarxiyasining pog‘onalarini tashkiliy tuzulmani yasashning turli tamoyillari asosida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Funksional bo‘lish asosida shakllantirilgan tashkilotlar uchun „maqsadlar daraxti“


14.4- chizma bo‘yicha yasaladi.

Ushbu turdagi modellardan foydalanish, menejerga farmatsevtika tashkilotini rivojlantirishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan harakatlar dasturini tuzib chiqish va uni amalga oshirish imkonini beradi.

O‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bajarilishiga juda qisqa muddatlar ajratilgan ishlar majmuasi boshqaruvini maqbullashtirish uchun tarmoqli modellar (grafiklar) yasalishidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Тarmoqli rejalashtirish uslubi reklama tadbirlari, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, moliyaviy, tijorat, tashkiliy va nazorat tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda; mayda chakana savdo tar­mo­g‘ining kalendar rejalarini ishlab chiqishda; tovar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni tuzishda; xonalar va ko‘pgina boshqa komplekslarni capital va joriy ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini bajarishda ko‘proq samara beradi.

Tarmoqli rejalashtirish va boshqaruv uslubidan foydalanish tarmoq grafiklarini hisoblab chiqarish, yasash va tahlil qilishga asoslanadi. Rejalashtiriladigan ishlarni grafiklari va tahliliy yozuvi tarmoqli modellarni tasvirlashning eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib,hisoblanadi.



Grafikli modelda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy ketma-ketligi, ularning o‘zaro bog‘lanishi va davomiyligi yaqqol aks ettiriladi. Тarmoqli modellarni asosiy (kritik yo‘li, voqealarning davomiyligi va boshqalar) parametrlarining tahlili vaqt sarflarining zaxiralarini aniqlash va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ulardan tezkorlik bilan amalda foydalanish imkonini beradi.
Yüklə 34,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin