Bosim ostida ishlovchi idish, apparatlarni va gaz uskunalarini xavfsizlik talablari Reja


Yuk ko'tarish va tashishda qo'llaniladigan mexanizmlar. Statik va dinamik sinovlar



Yüklə 43,12 Kb.
səhifə2/5
tarix26.11.2023
ölçüsü43,12 Kb.
#135733
1   2   3   4   5
Bosim ostida is-WPS Office

Yuk ko'tarish va tashishda qo'llaniladigan mexanizmlar. Statik va dinamik sinovlar.
Paxta, ipak, to'qimachilik va yengil sanoat korxonalarida yuklami tashish va yukoriga ko'tarish uchun kupgina mashina va mexanizmlar ishlatiladi. Tashuvchi mexanizmlar asosan gorizontal yo'nalishda xarakatlanadilar. Ular uzluksiz ishlaydigan: lentali transporter, havo yordamida, rolanglar, tarnovlar yordamida ishlaydigan va boshka turlardan iborat bo'ladi. Davriy ravishda ishlaydiganlarga esa avtomobillar, avto va elektropogruzchiklar, temir yo'l vagonlari va xokazolar kiradi.
Yukoriga yuk ko'taruvchsi uskunalarga kuprik kranlari, avtomobillarga o'matiladigan aylanma kranlar, telfer, uzi yurar aravacha o'rnatilgan tal va boshkalar kiradi.
Yuk ko'tarish va tashish uskuna va mashinalari davlat tog kon nazorati organlari tomonidan rasmiylashtirilgach, texnik kuprikdan o'tgandan sung ishlatilishi mumkin. Texnik qo'riq to'liq - xar uch yilda bir marta vak qisman - xar 12 oyda bir marta o'tkazilishi mumkin. To'liq texnik qo'riqda yuk ko'tarish mashinalari yaxshilab karab chikiladi, statik va dinamik sinovlardan o'tkaziladi. Qisman texnik qo'riqda esa statik va dinamik sinov o'tkazilmaydi.

Qo'riq paytida barcha mexanizm va elektr asboblari, xavfsizlik asboblari, tormozlar, boshkarish apparatlari, signal beruvchi va yorituvchi asboblar ishlab turgan xolatda tekshirib chikiladi.Statik sinov mashinaning yuk ko'tarish kobiliyatidan 25% kup yuk ortilgan xolatda o'tkaziladi. Bunda, yerdan 20-30 sm yukoriga ko'tarilib, 10 mino't davomida ushlab turiladi va shundan sung koldik deformatsiyalar bor yoki yukligi tekshirib chikiladi.


Dinamik sinov mashinaning yuk ko'tarish kobiliyatidan 10% kup yuk ortilgan xolatda bir necha marta ko'tarib va tushirib bajariladi.
Mashinalarning bevosita yuk ko'taruvchi moslamalari (stropalar, trosslar, zanjirlar, kiskichlar, ilgaklar va boshkalar) foydalanishga tushirilishidan oldin va xar galgi tozalashdan sung sinovdan o'tkazilishi kerak. Sinov meyordagi yuk ko'tara olish kobiliyatidan 25% kup yuk ortilgan xolda bajariladi.
Pulat arkonlar uramning xar kadamidagi uzilgan simlar soniga va zanglash
sababli diametrining kamayganligiga karab, meyorlarga solishtirib, ishga yarokliligi yoki yaroksizligi aniqlanadi. Pulat arkon yoki zanjirlarni oddiy, sinalmagan simlar bilan ulab uzaytirish mumkin emas. Yerdan biroz ko'tarilgan yuklarni tagiga kirib stropalarni o'tkazish mumkin emas, ularni yugon sim yoki uzun ilgak bilan bajarish kerak. Sinov muddati tugamagan stropalardan foydalanish kerak. Yuk noto'g'ri osilgan vaqtda stropalarni bolga yoki misrang bilan urab tugirlash mumkin emas. Buning uchun, yukni yerga tushirib, kaytadan ilgaklarni tugirlab ilish kerak. Yukning usti toza bo'lmasa, tuprok, shagal ostida bulsa, yoki ustida boshka narsalar bulsa uni ko'tarish mumkin emas. Tanaffus vaqtida yoki ish tugagandan sung yukni yerdan ko'tarilgan xolda koldirib ketish kat'iyan man qilinadi.

Yuklarni kulda tashish ishlarini bajarish, uzunligi 50 m va yukorigi balandligi 3 m gacha bo'lgan masofalargagina ruxsat etiladi. Bunda ko'tarilishi mumkin bo'lgan yukning maksimal kiymati kuyidagilardir: balogat yoshiga yetmagan kizlar uchun (16 dan 18 yoshgacha) - 10 kg; balogat yoshiga yetmagan ugil bolalar uchun (16 dan 18 yoshgacha) - 18 kg: 18 yoshdan katta ayollar uchun - 20 kg: 18 yoshdan katta erkaklar uchun - 50 kg Ayollarga, ikki kishiga zambilning ogirligi bilan kushib hisoblaganda, 50 kg dan, ogir bo'lmagan yuk ko'tarishga ruxsat beriladi. Boshka barcha xollarda yuk ko'tarish, tushirish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilishi kerak. Tashilayotgan yukning xavfli-xavfsizligiga karab, sharoitga mos ravishda himoya vositalari ishlatiladi.



Yüklə 43,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin