Boyqarayeva Navro’zgul Allaberdi qizi boyqarayevanavroza@gmail.com TerDUPI Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 1-bosqich magistranti KICHIK MAKTAB O’QUVCHILARI TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik maktab o’quvchilarida sog’lom tafakkurni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar, sog’lom tafakkurni shakllantirishjarayoni haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so’zlar: tafakkur, kichik maktab o’quvchilari, oila, ota-ona munosabatlari, ta’lim-tarbiya jarayoni, barkamol shaxs, oiladagi sog'lom tarbiya, ta’lim tashkilotlari, sog'lom muhit, tengdoshlar jamoasi, aqliy rivojlanish.
Kirish. Hozirgi kunga kelib, ta'lim-tarbiya jarayonida e'tibor qaratilayotgan eng muhim masalalardan biri - bu o'quvchi-yoshlarda sog'lom fikrlashni, tafakkur mustaqilligini, aqlning tanqidiyligini darsda va darsdan tashqari vaqtlarda keng jamoatchilik fikriga suyangan holda rivojlantirishdan iboratdir. Yangi O‘zbekiston jamiyati sifat jihatidan mutlaqo yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Jamiyatning yangilanish sari jadal harakatlanishi o‘sib kelayotgan avlodda yangicha fikrlash tarzini shakllantirishni ham taqozo etadi. Bugungi kunda mustaqil va erkin fikrlaydigan har tomonlama rivojlangan yoshlarni tarbiyalash har bir tarbiyachi va murabbiyning emas balki har bir ota-onaning, butun jamiyatimizdagi har bir shaxsning mas’uliyatli vazifalarida hisoblanadi.
Asosiy qism. Bizga ma'lumki, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning sog'lom tafakkurni shakllantirishda pedagogik-psixologik tadbirlar va jarayonlar majmui haqida so'z ketganda, avvalo sog'lom tafakkurning ham psixologik, ham falsafiy, ham pedagogik kategoriya ekanligini nazarda tutish zarur. Chunki, sog'lom tafakkur ularning barchasini o'z mazmunida mujassam etadi. Agar sog'lom tafakkurning faqat pedagogik-psixologik jihatlariga e'tibor qaratsak, sog'lom tafakkur shakllanishida bir necha o'ziga xos bosqich va jarayonlar amalga oshishi ayon bo'ladi. O'quvchilar tafakkurining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi (1-rasm):