Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli
Tamara Abrorovna Azimova
Azimova1301@gmail.com
Humoyiddin Baxriddin o’g’li Shokirov
shokirovhumoyiddin@gmail.com
Bobur Botirali o’g’li Erkinov
Erkinovbobur75@gmail.com
Nodirbek Odilovich Toshmirzayev
nodirbekodilovichtoshmirzayev@gmail.com
Annotatsiya: Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi ma’lum o’ringa
ega boʻlib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga, dunyodagi turli xil iqtisodiy
tizimlar bir biridan iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solishda davlat hamda bozor
rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq
davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali
tartiblashga ustunlik beradi.
Kalit so’zlar: bozor iqtisodiyoti, bozor mexanizmi, inflatsiya.
The economic role of the state in the regulation of the market
economy
Tamara Abrorovna Azimova
Azimova1301@gmail.com
Humayiddin Bakhriddin oglu Shokirov
shokirovhumoyiddin@gmail.com
Babur Botirali oglu Erkinov
Erkinovbobur75@gmail.com
Nodirbek Odilovich Tashmirzayev
nadirbekodilovichtoshmirzayev@gmail.com
Abstract: In all economic systems, a certain place is occupied by the state and
the market system, each of which operates independently. At the same time, different
economic systems of the world differ sharply in the ratio of the role of the state and
the market in the management and regulation of their economy. For example, one
economic system relies more on government regulation, while another prefers
ordering through the market mechanism.
Keywords: market economy, market mechanism, inflation.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
681
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda
samaradorlikning erishilgan dara jasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor
tizimin ing tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori
samaradorlikka, birinchidan, bozorni tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan,
iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish
yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida dav latning aralashuvi va
bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda respublikamizning
milliy iqtisodi yoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqti sodiyotdagi roli masalasi
A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati
va sa bablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bo zor usullari orqali
iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solish ning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning
fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazorati dan toʻliq ozod
bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab
chiqarishni tash kil qilish imkoni mavjud boʻladi. Bunda bozor vositasida tartibga
solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat
manfaatlari uchun harakat qilishga majbur etadi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan
belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi
mumkin. Haqiqatan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik
berib, ularn ing chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi.
Ammo, bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini
saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib
olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1929-1933 yil larda bozor iqtisodiyotiga
asoslangan, deyarli barcha mam lakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida
tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning “Ish bilan
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini
topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish
vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish
bilan bandligini ta’minlash zarurligini isbotladi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qar shi siyosat o’tkazishi,
iqtisodiy inqirozning salbiy oqibat larini tugatish va sanoat siklining oʻzgarishini
yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga
oshirildi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
682
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada
bozor iqtisodiyoti amalda ustun boʻlgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu
bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko’proq oshib borishi ro’y berdi.
Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat
siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqti sodiy
o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini
optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali
izohlanadi:
Dostları ilə paylaş: |