Iqtisodiyotni erkinlashtirishning muhim ko'rinishlaridan biri narxlarni liberallashtirishdir. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni o'tkazishning muhim xususiyatlaridan biri shu bo'ldiki, narxlarni erkinlashtirish makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash dasturining ajralmas qismi, deb xisoblandi. Va bu tadbir qat'iy pul-kredit siyosati orqali amalga oshirildi. Aks xolda, inflyatsiya surunkali va yuqori tus olishi, hatto giperinflyatsiya (pulning boshqarib bo'lmaydigan darajadagi qadrsizlanishi)ga aylanishi mumkin edi. Tovar va xizmatlarning alohida tor doirasini va «tabiiy monopoliya»ni xisobga olmaganda, asosan narxlarning erkinlashtirilishiga erishildi. «Tabiiy monopolistlar»ning mahsulotlari (elektr energiyasi, gaz, transport, kommunal xizmat va boshqalar)ga narx va tariflarni belgilash inflyatsiya sur'atlariga muvofiq baxolar darajasini qayta qurish, ishlab chiqarish rentabelligini cheklash yo'llari orqali boshqarildi. Xozirning o'zida xam bir kator tovar va xizmatlar davlat tomonidan dotatsiyalashtirilmokda.