Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar



Yüklə 484,76 Kb.
səhifə8/11
tarix16.12.2022
ölçüsü484,76 Kb.
#121183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar

Xulosalar
1. Bozor iqtisodiybtiga o‘tish davrida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi unung bozor vositasiida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin boimagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalami b‘z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’niblriing xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy dqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilaming manfaatlarini himoyalash; bozoming tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlami qisman yengillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g‘amxo‘rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va shu kabilami o‘z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini ham o‘z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular, asosan, bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslami qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.
4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta’sir qilish usullaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ma’muriy tartibga solish ko‘zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlarini bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib»
qo‘yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlami ishlab chiqish va qabul qilish va h.k.
5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o‘matish va o‘zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ulami sotish va to‘lash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o‘zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari - tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.



Yüklə 484,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin