btsti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 2-guruh talabasi Aminova Shohidaning


II-Bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati



Yüklə 351,5 Kb.
səhifə15/24
tarix01.01.2022
ölçüsü351,5 Kb.
#107187
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
boshlangich sinf matematikasida miqdor tushunchasini orgatish metodikasi

II-Bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati

    1. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari

Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan masalalar asosan 2 turda bo‘ladi.

1.Sodda masalalar

2.Murakkab masalalar.

Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar malaka va ko‘nikmalarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi. Yyechilish uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq ammalarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi.

Sodda va murakkab masalalar bolalarnig fikrlash qobilyatini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda o‘z ichiga “yashirin informatsiyani oladi. Bolalarni vatanga muhabbat mehnatsevarlik, talabchanlik, erkinlik va maqsadga intilish ruhida tarbiyalashda masalalar yechishning ahamiyati katta.

Masalalar ustida ishlanar ekan sistemali ravishda va rejali asosda o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o‘ylab ko‘rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topadi.

1. Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.

2. Masalani dastlabki analiz qilish.

3. Masalani qisqa yozish malakasi.

4. Sodda masalalarni yechishda amalga asoslab berish rejasini tuzish malakasi.

5. Echshni bajarish, uni o‘qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish.

6. Masala yechishni tekshira olish malakasi.

7. Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemali belgilash va uni joriy qilish malakasi.

Ma’lumki no’malumdan, muximni, nomuximdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidan bog‘lanishlarni ochish bu eng muxim malakalardan biri. Masala matni ustida og‘zaki ishlagandan keyin uning matematik terminlartiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar orqali belgilash kerak8.

Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega.

Masalalarning sintetik tahlili deyilganda muloxazalarning shunday rivoji tushiniladiki bunda 2 ta son ma’lumotni birlashtirish natijasida bu ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi.

Masala tahlilining analitik usuli shunday muloxazalar zanjiridan iboratki Masala savoliga javob topish uchun zarur ma’lumotlar tanlanadi, bu ma’lumotlarni boshqa ma’lumotlardan foydalanib topish mumkin. Murakkab masalalarni arifmetik usul bilan yechilishini har xil usulda yozish mumkin.

Kartochkalarda quyidagi topshiriq yozilgan bo‘lishi mumkin.

1. Masalani o‘qib chiq. Masalada nima haqida gap borayotganini o‘zing

tassavur qil.

2. Masalada nima ma’lumva nimani topish kerakligini aniqlashtirib ol. Agar masala matnini tushinib olish qiyin bo‘lsa qisqa yoz.

3. Qisqa yozuv bo‘yicha har bir son nimani ko‘rsatishini tushuntir va masala savolini takrorla.

4. O‘ylab ko‘r. Masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi?. Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?. Reja tuz.

5. Yechishni bajar va javobini yoz.

6. O‘z echimingni to‘g‘riligini tekshirib ko‘r.

7. O‘zingga qiziqarli savollar ber va javob ber.

Ilg‘or o‘qituvchilar ishlarida o‘quvchilani mustaqil masalalar yechishga o‘rgatishning bir qancha bosqichini ajratish mumkin.

1-bosqich: masala o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari bo‘yicha yechiladi. Yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.

2 – bosqich: O‘qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Masla mustaqil sinfda yoki uyda yechiladi.

3 – bosqich: Masalani o‘qituvchining yordamisiz mustaqil yechish.



    1. Yüklə 351,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin