Bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir



Yüklə 20,87 Kb.
səhifə1/3
tarix25.10.2023
ölçüsü20,87 Kb.
#130900
  1   2   3

3-topshiriq
Globallashuv – bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir.
Globallashuv — bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir.Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligi hisoblanadi. Shu asosida yagona jahon tarmogʻi, bozor iqtisodiyoti, geoiqtisodiyot va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, koʻp asrlar davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri boʻlib kelgan davlat suvereniteti taʼsirining pasayishi sodir boʻlmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasidir.

Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.


Yüklə 20,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin