Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:
1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik;
2) yolgʻon soʻzlamaslik;
3) oʻgʻrilik qilmaslik;
4) jinsiy aloqaga kirmaslik;
5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik;
6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik;
7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik;
8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik;
9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik;
10) pul ishlatmaslik.
Rohiblar jamoasi asosan Buddizm_txeravadasi'>Buddizmtxeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq:
rohiblarga ham;
dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham;
Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, Buddizm — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmni taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. BuddizmHindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo BuddizmShri Lanka, Janubiy Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Janubiy Sharqiy Osiyoning materik qismida Buddizmtxeravadasi (qadimiy anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. XV asrda Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari Buddizmga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar.
Hozirgi paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik Buddizm jamoalari tashkil topdi. Buddizmning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
Buddizmda kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.
XX asrda jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham Buddizm dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
Adabiyotlar: Bibliya. Moskva, 1997.
Vasilyev A.S. Istoriya religiy Vostoka. M., 1989.
JO`rayev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., “Sharq“, 1998.
Injil. Stokgolm. Bibliyaning tarjima qilish insituti. 1992 y.