Budjet tashkiloti buxgalteriya hisobi va audit bo’limi hamda umumiy faoliyati


Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosiga doir balansning xususiyatlari



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə6/6
tarix15.11.2022
ölçüsü140,5 Kb.
#119510
1   2   3   4   5   6
Budjet tashkiloti buxgalteriya

5. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosiga doir balansning xususiyatlari
Mablag'laming tarkibi va ulaming manbalari to'g'risidagi umum-lashtirilgan ma’lumotlar buxgalteriya balansida keltiriladi. Balansda ma’lum sanaga bo'lgan budjet tashkilotining hamma mablag'lari va ulaming tashkil topish manbalari qayd qilinadi.
Budjet tashkilotining xarajatlar smetasining ijrosi bo'yicha balansi bir tomonli yoki ikki tomonli shakldagi jadval ko'rinishida taqdim etilishi murakin. Jadvalning bir qismida mablag'laming turlari yoki joylanishi va foydalanish bo'yicha qayd qilinsa, boshqa qismida esa budjet tashkilotining mablag'lari ulaming tashkil etilish manbalari bo'yicha qayd qilinadi. Buxgalteriya balansi mablag'larining turlari, joylanishi va foydalanish bo'yicha qayd qilinadigan qismi buxgalteriya balansining aktivi deb ataladi. Mablag'lar, ulaming tashkil topish manbalari bo'yicha qayd qilinadigan balansning boshqa qismi buxgalteriya balansining passivi deb ataladi.
Budjet tashkiloti balansining tuzilishi xo'jalik yurituvchi subyektning balansi tuzilishidan jiddiy ravishda farq qiladi. Budjet tashkilotlari o'z faoliyatlarini amalga oshirish uchun kerakli mablag'lami budjetdan oladi, shuning uchun ham ular o'zlarining aylanma mablag'lariga ega bo'lmaydi va bankdan ssudalar ololmaydi.
Budjet tashkilotining balansida «Nizom fondi» subschyoti yo'q. Balansning aktividagi «Asosiy vositalar» schyotidagi ma’lumotlarga balansning passividagi «Asosiy vositalardagi fond» va «Asosiy vosita-laming eskirishi» subschyotlaridagi ma’lumotlarga to'g'ri keladi, balansning aktividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyotiga esa balansning passividagi «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyotidagi ma’lumotlarga to'g'ri keladi. Barcha moddiy qiymatliklar, pul mablag'lari va hisob-kitoblardagi mablag'lar balans passividagi umumiy qoida bo'yicha budjetdan moliyalashtirish va maxsus mablag'laming daromadlari hamda qisman kreditorlik qarzlari bilan qoplanadi.
Budjet tashkilotining buxgalteriya balansining xususiyatlari xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan shulardan iboratdir. Budjet tashkilotining buxgalteriya balansi budjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlar smetasini ijrosi, maxsus mablag'laming smetalari ijrosi va boshqa budjetdan tashqari mablag'lar bilan operatsiyalami qayd qiladi.
Budjettashkilotiningxarajatlarsmetalariniijrosibo'yichabuxgalteriya balansining aktivi va passivi quyidagi bo'limlardan iboratdir:
Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin