Ehtiyotkorlik prinsipi hisobotda aktivlar va daromadlar orttirilgan holda baholanishiga va majburiyatlar yoki xarajatlar pasaytirilgan holda baholanishiga yo'l qo'yilmasligini anglatadi.
Mavmmning shakldan ustunligi prinsipi agar axborotlar hisob hujjatlarida va hisobotlarda operatsiyalar va hodisalaming mazmunini ishonchli aks ettirsa, bu axborotlar hisobga olingan va hisobotda taqdim etilgan bo'lishini bildiradi.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligiprinsipi axborotlar nafli va mazmunli bo'lishi uchun u har xil hisobot davrlari uchun qiyosiy bo'lishini bildiradi. Hisobot yilida hisobotlami taqdim etishga bo'lgan yondashuvlar o'zgarganda o'tgan davrga tegishli axborotlar qiyoslash maqsadida qayta tasnif qilingan bo'lishi kerak. Agar amaliy fikr-mulohazalar bo'yicha qayta tasnif qilish mumkin bo'Imasa, unda ular qayta tasnif qilinganida bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgarishlaming sabablari va xarakteri yoritilgan bo'lishi kerak.
Hisobotning betarafligiprinsipi hisobotda keltirilgan axborot, uning ishonchliligini ta’minlash uchun oldindan bichib-to'qib qo'yishdan holi bo'lishi kerakligini bildiradi.
Hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi prinsipi muayyan davrda shu davr daromadlarining olinishini shart qilgan xarajatlarnigina aks ettirilishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o'rtasida bevosita bog'liqlikni aniqlash qiyin bo'lsa, xarajatlar bir necha hisobot davrlari o'rtasida taqsimlashning biror-birtizimiasosidataqsimlanadi.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishiprinsipi aktivlar va majburiyatlarning asosiy baholanishi ulaming tannarxi yoki sotib olingan qiymati bo'lishini nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni tashkilotrahbariamalgaoshiradi.Rahbarichkihisobvahisobottizimining ishlab chiqilishini, xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini, to'liq va aniq buxgalteriya hisobi yuritilishini, hisob hujjatlarining saqlanishini, tashqi foydalanuvchilar uchun hisobotni tayyorlanishini, soliq hisobotlarini va boshqa hujjatlaming tayyorlanishini hamda hisob-kitoblaming o'z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashi shart.
Budjet tashkilotining rahbari: tashkilotda buxgalteriya hisobini to'g'ri yuritilishi uchun zamr shart-sharoitlarni yaratishga; hujjatlami rasmiylashtirish, hujjatlami va ma’lumotlami hisobga olish uchun taqdim etish masalalari bo'yicha bosh buxgalteming talablarini hisobga aloqasi bo'lgan tashkilotning barcha tarkibiy bo'linmalari va xodimlari tomonidan bajarilishini ta’minlashga mas’uldir.
Budjet tashkiloti rahbari mazkur tashkilotda hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo'lgan shaxslaming ikkita ro'yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro'yxatga-rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar, ikkinchisiga-buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalgaoshiruvchi shaxslar kiradi.Buro'yxatlardako‘rsatilganmansabdor shaxslaming har qaysisiga qanday hujjatlarga imzo chekishga huquq berilganligi ham aniqlab qo'yiladi. Yuqorida ko'rsatilgan shaxslaming imzosi bo'lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining me’yoriy hujjatlarida belgilangan yagona uslubiyatni qo'llab yagona tizim bo'yicha tashkil qilinadi. Budjet va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha xarajatlar smetalarining ijrosi buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozish tizimi bo'yicha olib boriladi. Budjet tashkilotlarining katta-kichikligi, xarajatlar smetalarining hajmi, operatsiyalar soni va ma’lumotlarni ishlash vositalaridan foydalanilishiga qarab hisobning turli shakllari (memorial-order, jurnal-order, bosh-jurnal va boshqalar) qo'llaniladi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli
Bu shakl qo'llanilganda ayrim boshlang'ich hisob hujjatlan yoki guruhlovchi va yig'uvchi vedomostlar asosida memonal-orderlar tuziladi va har bir memorial-ordeming umumiy summasi ro'yxatga olish jurnaliga yoziladi. Memorial-orderlaming ma’lumotlari bosh kitobga yoki bosh kitobning o'rnini bosadigan nazorat vedomostiga yoziladi. Bunda debet subschyoti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi kreditlanuvchi subschyotlar hamda kredit subschyoti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi subschyotlar ko'rsatiladi. Oy tugagandan keyin har bir subschyotning debeti va krediti bo'yicha yozuvlar jami (aylanmasi) sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomostga o'tkaziladi. Bu vedomostning jami ro'yxatga olish jurnali bo'yicha jami summa bilan solishtiriladi. Memorial-orderlarga ilova qilingan hujjatlarning ma’lumotlari bo'yicha analitik hisob schyotlari olib boriladi; oyning oxirida ular asosida aylanma vedomostlari tuziladi; sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomost bilan solishtiriladi. Sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomost asosida balans tuziladi.
Memorial-order shaklning asosiy kamchiliklari bo'lib analitik hisobning sintetik hisobdan alohidaligi, bitta summani ko'p marotaba yozilishi (memorial-orderda, ro'yxatga olish jurnalida, sintetik hisob va analitik hisob registrlarida), hisobot tuzishda joriy hisob ma’lumotlarini yig'ib chiqilishi va guruhlashtirilishini amalga oshirish kerakligi hisoblanadi.
61-sonli buxgalteriya hisobi bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq xara-jatlarsmetalarMng ijrosini buxgalteriya hisobi buxgalteriya hisobining memorial-order shakli bo yicha amalga oshirilishi belgilangan. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli
Vazirliklar va idoralar ayrim hollarda budjet tashkilotlariga xarajatlar smetalarining ijrosini buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan ko'rsatmalar bo'lsa buxgalteriya hisobining jumal-order shaklida olib borishgaruxsatberilishimumkin.
Buxgalteriya hisobining jumal-order shakli boshlang'ich hisob hujjatlarining ma'lumotlarining sintetik va analitik hisobini olib borish uchun kerak bo'lishi nuqtayi nazaridan kelib chiqib yig'ish prinsiplaridan foydalanishga asoslangandir. Hisobning bu shaklida yig'uvchi registrlarning ikki xili qo'llaniladi: jurnal-orderlar va yordamchi vedomostlar. Jumal-orderlarda korrespondensiyalanuvchi schyotlar keltiriladi, shuning uchun ham memorial-orderlami tuzish zarurati yo'qoladi. Jumal-orderlarda yozuvlar xronologik tartibda olib boriladi, shuning uchun ham ro'yxatga olish jurnalini yuritishning keragi bo'lmaydi.
Boshlang'ich hisob hujjatlarining yoki yordamchi va guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlari har bir sintetik schyotga alohida-alohida yuritiladigan jurnal-orderlarga yoziladi. Ayrim jurnal-orderlar bir nechta o'zaro aloqador sintetik schyotlar uchun tayinlangan bo'ladi. Jurnal-orderlar kredit a’lomati bo'yicha tuzilgan, ya’ni ularda yozuvlar mazkur
schyotning krediti bo'yicha korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi schyotlar bilan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotining kassa va talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlari bo'yicha operatsiya ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun debet bo'yicha maxsus vedomostlar ham yuritiladi. Jumal-orderlarning oylik jami bosh kitobgaVtkaziladi. Bu bosh kitob memorial-order shaklida olib boriladigan bosh kitobdan shaklan farq qiladi, chunki schyotning krediti bo'yicha kredit aylanmaning umurniy summasini korrespondensiyalanuvchi debetlanuvchi schyotlar bo'yicha bo'linmasdan yozish uchun bir ustun ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, aylanmani yozish uchun har bir oyga faqat bir qator ajratiladi va saldo ko'rsatiladi. Bosh kitob asosida (sintetik schyotlar bo'yicha aylanma vedomost tuzmasdan) balans tuziladi.
Jurnal-orderlarda ko'pgina schyotlar bo'yicha sintetik va analitik hisoblar birga olib boriladi. Katta miqdordagi shaxsiy schyotlarga ega bo'lgan schyotlar bo'yicha alohida analitik hisob olib boriladi. Bu analitik schyotlar bo'yicha aylanma yoki saldo vedomostlari tuziladi.
Buxgalteriya hisobining jumal-order shaklida yozuvlar va registrlar soni qisqaradi; analitik hisob sintetik hisob bilan yaqinlashtiriladi; ko'pgina hisobot ko'rsatkichlarni joriy hisob registrlaridan to'g'ridan-to'g'ri olish imkoniyati paydo bo'ladi, bu esa hisobotni tuzishni osonlashtiradi va tezlashtiradi hamda hisobning analitik sifatini yuqori ko'taradi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklining kamchiliklari ayrim jumal-orderlarning tuzilishi murakkabligi va beso'naqayligi, buxgalteriya hisobida shaxsiy kompyuterlar qo'llanilgan hollarda jurnal-orderlami qo'llashning qiyinligi hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining bosh-jurnal shakii
Bosh-jurnal shakli qo'llanilganda buxgalteriya hisobi kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi. Bu tartibni yuqori tashkilotning bosh buxgalteri belgilaydi. Bunda quyidagi kitoblar qo'llaniladi: «Bosh-jurnal» kitobi, kassa kitobi, mehnat haqi to'lashga tarqatuvchilarga
berilgan pullar kitobi, joriy schyotlar va hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi, deponent qilingan mehnat haqi va stipendiyalarning analitik hisobini olib borish kitobi, moddiy qiymatliklari miqdor-summali hisobini olib borish kitobi, quyi tashkilotlarni moliyalashtirish bo'yicha hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi, maxsus mablag'larni hisobga olish kitobi. Bosh-jurnal kitobi sintetik hisob uchun, qolganlari esa analitik hisob uchun tayinlangan.