O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISO
BI TO‘G‘RISIDAGI
YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda
ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida”gi
Qonuniga
muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-martdagi 29-
sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2169-1, 03.04.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-
son, 237-modda)
1. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
Yo‘riqnoma
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. SSSR Moliya vazirligining 1987-yil 10-martdagi 61-
son buyrug‘i
bilan
tasdiqlangan SSSR Davlat budjetida turadigan muassasa va tashkilotlarda buxgalteriya
hisobini yuritish bo‘yicha Instruksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida 2011-yilning 1-
yanvaridan qo‘llanilmasin.
3. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-dekabr,
105-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son
buyrug‘iga
ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
YO‘RIQNOMA
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”
gi
Qonuniga
muvofiq budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-martdagi 29-
sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2169-1, 03.04.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-
son, 237-modda)