Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

(116-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-
sonli
 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son) 
117. Asosiy vositalar obyekti bo‘yicha eskirish hisoblash mazkur obyekt asosiy 
vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi 
hamda mazkur obyektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu obyektni 
balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. 
118. Hisobot yili mobaynida asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish har oyda 
yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
118
1
. Mavsumiy tusga ega budjet tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy 
vositalar bo‘yicha eskirish summasi 
118-bandda 
belgilangan tartibda aniqlanadi. 
(118
1
-
band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-
sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son) 
119. Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning 
dastlabki (tiklanish) qiymati to‘liq qoplangan yoxud bu obyekt balansdan hisobdan 
chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatiladi. 
Asosiy vositalar obyektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish 
hisoblanishi to‘xtatilmaydi, obyektlarda amalga oshirilgan qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha 


asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash 
ishlari olib borilishi 
tufayli to‘liq to‘xtatilgan hollar bundan mustasno. 
120. Asosiy vosita obyektlari bo‘yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga 
oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi. 
Eskirish hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib 
ketishi mumkin emas. 
121. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy 
vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli 
tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga 
eskirishning umumiy summasi o‘zgarishi mumkin. 
122. Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar 
(kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy 
vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek 
obyektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda o‘zgartirilayotgan bo‘lsa, asosiy 
vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to‘liq eskirish 
summasi alohida inventar obyektlari bo‘yicha aniqlanadi. 
123. Avval foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga 
berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning 
dastlabki (tiklanish) qiymat
i va mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda 
hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. 
Boshqa tashkilotlardan beg‘araz olingan va avval foydalanishda bo‘lgan asosiy 
vositalar-inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya 
hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 “Asosiy 
vositalar” schyotining tegishli subschyotlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish) 
qiymatidan eskirishini 
ayirgan holda 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi 
mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyoti krediti hamda beruvchi tashkilotlarning 
hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” 
schyotining tegi
shli subschyotlari krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda bo‘lgan obyektlar 
bo‘yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi. 
124. Kelgusida foydalanishga yaroqli bo‘lgan alohida obyektlar qiymatining 100 
foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning to‘liq eskirish hisoblanganligi sababli 
hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi. 
125. Tashkilotlar asosiy vositalarig
a eskirish hisoblash me’yorlari qonunchilikka 
muvofiq amalga oshiriladi. 
126. 02 “Asosiy vositalarning eskirishi” schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga 
bo‘lingan holda aks ettiriladi: 
020 “Turarjoy imoratlarning eskirishi”; 
021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”; 
022 “Inshootlarning eskirishi”; 
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”; 
025 “Transport vositalarining eskirishi”; 
029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”. 
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, 
debet tomonida esa, hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi aks 
ettiriladi. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga asosiy vositaning kirim qilish 
manbasidan hamda operatsiyaning mazmunidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni 
hisobga olu
vchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debeti bo‘yicha va 02-
schyotning tegishli subschyotlari krediti bo‘yicha alohida memorial order (274-shakl) 
tuziladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin