4-
§. Nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar
188. Mazkur bo‘limda quyidagi schyotlar bo‘yicha nomoliyaviy aktivlarga
qo‘yilmalar hisobi keltiriladi:
07 “Asosiy vositalarga qo‘yilmalar”;
08 “Nomoddiy aktivlarga qo‘yilmalar”;
09 “Boshqa nomoliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar”.
07 “Asosiy vositalarga qo‘yilmalar” schyoti
189. Bu schyotda tashkilotlarning asosiy vositalarga qo‘yilmalari quyidagi
subschyotlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi:
070
“O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar”;
071 “Tugallanmagan qurilish”;
072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar”.
190. 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotida
qurilayotgan (ta’mirlanayotgan) obyektlarda o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va montajni
talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek,
laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan asbob uskunalar)
hisobga olinadi.
Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalar
ga ularning qismlari yig‘ilganidan so‘ng
va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar o‘rtasidagi ustunlarga va boshqa bino va
inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan so‘ng ishga tushiriladigan
ko‘tarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari
kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-
o‘lchov apparatlari yoki
o‘rnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yig‘ish-o‘rnatish uchun mo‘ljallangan boshqa
asboblar kiradi.
191. Ushbu subschyotda montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport
vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari,
ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, o‘lchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi.
Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni tegishlicha asosiy vositalar tarkibida aks
ettiriladi.
192. O‘rnatiladigan asbob-uskunalar tashkilotga ushbu qiymatliklarni yetkazib
berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil
topadigan h
aqiqiy xarid qilish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi hisobda 070 “O‘rnatish uchun
mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va 15 “Turli debitor va kreditorlar
bilan hisob-
kitoblar” schyotining tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi. Beg‘araz
olingan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar esa, 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-
uskunalar” subschyotning debetida va 262 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” subschyotning kreditida aks ettiriladi.
193. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarning inventarizatsiyasi qonunchilikka
muvofiq amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning
kirim qilinishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning
debetida va 273 “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining
kreditida aks ettiriladi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan
yoki moddiy-
javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan
o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning hisobdan chiqarilishidan ko‘rilgan zarar tashkilot
hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning
qiymatini
hisobdan chiqarilishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar”
subschyotning kreditiga va ushbu o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish
manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261
va 271 subs
chyotlarning tegishlisini debetiga yozish yo‘li bilan aks ettiriladi.
194. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va
agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bo‘lsa
yoki xarid qilingan manb
asini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, aybdor shaxsdan
undiriladigan summa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli budjet daromadiga
o‘tkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi
070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotining kreditida va ushbu
o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy
xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 subschyotlarning tegishlisini
debetida;
aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi
170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va 160 “Budjetga
to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining kreditida;
aybdor shaxs tomonidan kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir
hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida;
mablag‘larni budjet daromadiga o‘tkazib berilishi 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
budjet bilan hisob-
kitoblar” subschyotining debetida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi
subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
195. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda
(agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid
qilingan bo‘lsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa tashkilotning budjetdan tashqari
mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi:
kam chiqqan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatini hisobdan chiqarilishi
070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning kreditida va 170
“Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida aks ettiriladi. Agarda,
mazkur
o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning qiymati va moddiy javobgar shaxs hisobiga
olib borilgan summa o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu farq summa 170 “Kamomadlarga
doir hisob-
kitoblar” subschyotining debetida (yoki kreditida) va 272 “Boshqa budjetdan
tashqar
i daromadlar” subschyotining kreditida (yoki o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning
sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231,
241, 251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida) aks ettiriladi;
aybdor shaxs tomonidan
kamomad summasining to‘lanishi tegishli pul
mablag‘larini hisobga oluvchi subschyotlarning debetida va 170 “Kamomadlarga doir
hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
196. Agarda o‘rnatiladigan asbob-uskunalar budjet va budjetdan tashqari
m
ablag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning
ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablag‘ning tegishli qismi budjet daromadiga o‘tkazib
ber
iladi, qolgan qismi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobvarag‘iga
kirim qilinadi va to‘lig‘icha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga
sarflanadi.
197. Agarda aniqlangan kamomad o‘rniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot
ixtiyoriga bergan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarining qiymati kamomad chiqqan
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatiga teng yoki kam bo‘lsa, ushbu o‘rnatiladigan
asbob-uskunalar belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan
qismi esa, moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablag‘larini kiritish bilan qoplanadi va
buxgalteriya hisobida mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda aks ettiriladi.
198. Montaj qilish uchu
n berilgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar hisobda 071
“Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va 070 “Kamomadlarga doir hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida aks ettiriladi.
199. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash qonunchilikka muvofiq
amalga oshiriladi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash — ularning tiklash qiymatini
hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan
aniqlashtirishdir. O‘rnatiladigan asbob-uskunalar qayta baholash natijasida hisob va
hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
200. Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining
oshishi 070 “O‘rnatish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar” subschyotning debetida va
moliyaviy natijalarning oshishi mazkur o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinish
manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-
schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks ettiriladi.
Qayta baholash natijasida o‘rnatiladigan asbob-uskunalar qiymatining kamayishi
070-
subschyotning kreditida va moliyaviy natijalarning kamayishi mazkur o‘rnatiladigan
asbob-uskunalarning sotib olinish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy moliyaviy
natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari debetida aks ettiriladi.
201. Bu subschyot bo‘yicha analitik hisob jihozlar, konstruksiyalar va detallarning
turi, miqdori va qiymati bo‘yicha 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-
qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da yuritiladi
202. 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik
usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-
kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar,
asboblar, inventarl
ar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Agar qurilish xo‘jalik usulida olib borilayotgan bo‘lsa, qilingan xarajat summalariga
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va pul mablag‘lari, hisob-kitoblar,
qurilish m
ateriallari va o‘rnatiladigan jihozlar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar
bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning tegishli subschyotlari kreditlanadi.
Agar qurilish pudrat usulida olib borilayotgan bo‘lsa, u holda pudratchilar
tomonidan qurilish i
shlari bajarilgandan so‘ng to‘lov uchun taqdim qilingan hisobvaraqlar
(schyotlar) summasiga 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot debetlanadi va 150 “Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” subschyoti kreditlanadi.
Bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan qurilish obyektlari dalolatnomalar
asosida 01 schyotning tegishli subschyotlari debetiga va 071 “Tugallanmagan qurilish”
subschyotining kreditiga yoziladi.
Bitkazilmagan hamda bitkazilib, lekin foydalanishga topshirilmagan (tegishli
qabul qilish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilmagan) qurilish obyektlari va
rekonstruksiyalar bo‘yicha xarajatlar 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha
keyingi yil balansiga o‘tkaziladi.
Tugallanmagan qurilish obyektlarining sotilishi (chet elda joylashganlaridan
tashqari) 071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va ushbu obyektni
qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241,
251, 261 yoki 271 subschyotlarning debetida aks ettiriladi.
203. Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining oshishi 071
“Tugallanmagan qurilish” subschyotining debetida va moliyaviy natijalarning oshishi
mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan holda, yakuniy
moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari kreditida aks
ettiriladi.
Qayta baholash natijasida tugallanmagan qurilishlar qiymatining kamayishi esa,
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyotining kreditida va moliyaviy natijalarning
kamayishi mazkur tugallanmagan qurilishlarning qurilish manbasidan kelib chiqqan
holda, yakuniy moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 28-schyotning tegishli subschyotlari
debetida aks ettiriladi.
204. Xo‘jalik usulida amalga oshirilayotgan qurilishga 071 “Tugallanmagan
qurilish” subschyot bo‘yicha qilingan xarajatlarning analitik hisobi xarajat elementlari (ish
haqi, materiallar, boshqa bevosita sarflar va ustama xarajatlar)ga bo‘lingan holda har bir
obyekt bo‘yicha alohida yuritiladi.
Pudrat usulida amalga oshirilayotgan qurilishga qilinayotgan xarajatlarning hisobi
faqat obyektlar bo‘yicha (elementlarga bo‘linmagan holda) yuritiladi.
071 “Tugallanmagan qurilish” subschyot bo‘yicha analitik hisob qurilish ishlari
xo‘jalik yoki pudrat usulida olib borilishidan qat’i nazar, budjet va budjetdan tashqari
mablag‘larning sarfi bo‘yicha alohida holda olib boriladi.
205. 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotida asosiy vositalarni
xarid qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va yig‘ish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga
olinadi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo‘yicha (sotib olish va boshqa qo‘shimcha
xarajatlarni hisobga olgan holda) kirim qilinishi 01 schyotning tegishli subschyotlari
debetida va 072 “Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar” subschyotining kreditida aks
ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |