O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]
II bob. Moliyaviy aktivlar 214. Tashkilotlar bu bobning schyotlarida budjet bo‘yicha (tasdiqlangan xarajatlar
smetasiga asosan) moliyalashtirilgan mablag‘larni, kassa va budjet (budjetdan tashqari)
hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larining harakatini hamda akkreditivlar, pul ekvivalentlarini,
chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oladilar.
215. Ushbu bobda keltirilgan schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va
ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada
— so‘mda, chet el valyutasini operatsiya
amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda
ko‘rsatilgan sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta
hisoblash orqali hisobga olinadi.
216. Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar
belgilangan:
10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari”;
11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar”;
12 “Kassa”;
13 “Boshqa pul mablag‘lari”;
14 “Moliyaviy qo‘yilmalar”.
217.
Pul mablag‘larini inventarizatsiya qilinishi qonunchilikka muvofiq amalga
oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablag‘lari (pul ekvivalentlaridan
tashqari) tegishli budjet daromadiga o‘tkazib beriladi va hisobda pul mablag‘lari
bel
gilangan tartibda kirim qilinishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar
debetida va 160 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining
kreditida aks ettiriladi.
Ushbu pul mablag‘larini tegishli budjet daromadlariga o‘tkazib berilganda 160
“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul
mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning kreditida aks ettiriladi.
218. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablag‘larining kamomadi moddiy
javobgar shaxslardan undirilib, belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha
aks ettiriladi:
aniqlangan pul mablag‘lari kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs hisobiga
olib borilganda 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining debetida va pul
mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli subschyotlar kreditida;
kamomad summasi moddiy-
javobgar shaxsdan undirilganda pul mablag‘larini
hisobga oluvchi tegishli subschyotlar debetida va 170 “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar”
subschyotining kreditida aks ettiriladi.
Bunda, kirim qilingan pul mablag‘lari qat’iy tartibda belgilangan maqsadga
sarflanadi.
219. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul ekvivalentlari belgilangan
tartibda kirim qilinadi va hisobda 132 “Pul ekvivalentlari” subschyotining debetida va 273
“Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotining kreditida aks
ettiriladi.