Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari” schyoti



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari” schyoti 
220. Bu schyotda tashkilotlar tomonidan budjetdan moliyalashtirish maqsadiga 
muvofiq holda xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan talab qilib olinguncha depozit 
hisobvarag‘idagi tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan moliyalashtirib berilgan pul 
mablag‘larining harakati va holati hisobga olinadi. 
Tashkilotlarning budjet hisobvaraqlaridagi mablag‘larining harakati bo‘yicha 
operatsiyalar hisobi 381-shakldagi jamlanma qaydnoma (2-memorial order)da yuritiladi. 


221. Agar tashkilot uchun bir nechta budjet hisobvarag‘i ochilgan bo‘lsa, 
jamlanma qaydnomalar har bir budjet hisobvarag‘i bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 
Bunda, memorial orderlarga 2-a, 2-b, 2-v, 2-g va h.k. raqamlari beriladi. Operatsiyalarning 
hajmiga ko‘ra jamlanma qaydnomalar tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda, bankda 
bir necha budjet hisobvarag‘i mavjud bo‘lsa, pul mablag‘lari harakatining hisobi 292-son 
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kito
blar daftarida har bir hisobvaraq bo‘yicha alohida 
holda yuritiladi. 
Mazkur operatsiyalar bo‘yicha analitik hisob xarajatlar tasnifining xarajatlar 
turlariga bo‘lingan holda 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish 
daftarida (mazkur Yo
‘riqnomaning 
46-son ilovasi
) alohida holda yuritiladi. 
222. 10 “Hisobvaraqlardagi budjet mablag‘lari” schyoti quyidagi subschyotlarga 
bo‘linadi: 
100 Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari”; 
101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari”. 
223. Bu subschyotlarning debetiga moliyalashtirilgan mablag‘lar summalari va 
kassa xarajatlarini qayta tiklash uchun kelib tushgan summalar, kreditiga esa, tegishli 
maqsadlar uchun 
sarflangan budjet mablag‘lari va qaytarib olingan mablag‘lar summalari 
yoziladi. 
Tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirib berilgan mablag‘lar 
budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan 100 “Tashkilotni saqlash uchun 
moliyalashtirilgan budje
t mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan 
budjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga hamda 232 “Budjetdan moliyalashtirish” 
subschyotining kreditiga yoziladi. Xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan talab qilib 
olinguncha depozit hiso
bvaraqlarga kassa xarajatlarini tiklash uchun tushgan mablag‘lar 
100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa 
maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” subschyotlarning debetiga va 
kassa, hisob-kitob, hisobdor shaxslar hamda boshqalarni hisobga oluvchi tegishli 
subschyotlarning kreditiga yoziladi. Bankdan olingan yoki hisobvaraqlardan to‘lov 
hujjatlariga asosan to‘langan mablag‘lar summasi 100 “Tashkilotni saqlash uchun 
moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” va 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan 
budjet mablag‘lari” subschyotlarning kreditiga va kassa, hisob-kitoblar va boshqa tegishli 
subschyotlarning debetiga yoziladi. 
224. 100 “Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” 
subschyotida g‘azna ijrosiga o‘tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy apparatini 
saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sarflanadigan mablag‘larning 
harakati hisobga olinadi. 
225. 101 “Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablag‘lari” 
subschyotida bosh mablag‘ taqsimlovchilar tomonidan qaramog‘idagi muassasalarga 
o‘tkazish uchun va markazlashtirilgan tadbirlarga sarflash uchun mo‘ljallangan 
mablag‘lar, shuningdek kapital qo‘yilmalar va boshqa tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash 
uchun (kapital qo‘yilmalarning hisobi xarajatlar smetasining ijrosi bilan yagona balansda 
yuritilgan hollarda) ajratilgan mablag‘lar harakati hisobga olinadi. Quyi mablag‘ 
taqsimlovchilar tomonidan bu subschyotda ular ixtiyoriga ochilgan va muassasalarni 
saqlash uchun, shuningdek, qaramog‘idagi muassasalarga o‘tkazish uchun 
moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobga olinadi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin