Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hiso


 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar” schyoti



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/56
tarix26.11.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#135918
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2169]

11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar” schyoti 
226. Bu schyotda tashkilotlarning: 
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lari; 
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlari; 
budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek tibbiyot 
muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; 
boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari; 


vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lari; 
valyuta hisobvarag‘idagi mablag‘lari; 
budjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan oldingi yillardagi debitorlik qarzlarining 
joriy moliyaviy yilda tushgan mablag‘lari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb yuritiladi) 
mablag‘lari hisobidan tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib 
tu
shgan mablag‘lari; 
(226-
bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va 
moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli 
buyrug‘i
 
(ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-
y.) tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-
son) 
boshqa kirim qilingan budjetdan tashqari mablag‘larning hisobi olib boriladi. 
227. Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘larning harakatiga doir 
operatsiyalarning hisobi 381-son shakldagi (3-memorial order) jamlanma qaydnomada 
yuritiladi. Tashkilotda bir necha hisobvaraqlar ochilgan hollarda jamlanma qaydnoma har 
bir hisobvaraq bo‘yicha alohida yuritiladi. Bunda, memorial orderlarga 3-a, 3-b, 3-v, 3-g 
va h.k. raqamlari beriladi. 
Operatsiyalarning hajmiga qarab jamlanma qaydnomalar tuzish talab 
qilinmaydigan hamda banklarda (g‘aznachilikda) bir necha hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan 
tashkilotlarda pul mablag‘lari harakatining hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va 
hisob-
kitoblar daftarida har bir hisobvaraq bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 
Kassa xarajatlarining analitik hisobi 294-son shakldagi kassa va haqiqiy 
xarajatlarni hisobga olish daftarida yuritiladi. 
228. 11 “Hisobvaraqlardagi budjetdan tashqari mablag‘lar” schyoti quyidagi 
subschyotlarga bo‘linadi: 
110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar”; 
111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar”; 
112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari”; 
113 “Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar”; 
114 “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar”; 
115 “Valyuta hisobvarag‘i”; 
119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari”. 
229. 1
10 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan 
mablag‘lar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim 
muassasalaridagi bolalarning ota-
onalari tomonidan to‘lanadigan badallari, shuningdek 
ovqatlanganligi uchun x
odimlardan tushgan mablag‘lari hisobga olinadi. 
Mablag‘larni ota-onalardan kirim qilinishi 110 “To‘lovlarning maxsus turlariga doir 
hisob-
kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotining debetida va 156 “To‘lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar” subschyotining kreditida, belgilangan maqsadlarga 
xarajati esa, hisob-kitoblar va boshqa tegishli subschyotlarning debetida va 110 
“To‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar” subschyotning 
kreditida aks ettiriladi. 
230. 111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan 
tushgan tushumlar hisobga olinadi. 
O‘qitishning to‘lov kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobda 111 “Ta’lim 
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotning 
debetida va 175 “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining kreditida aks 
ettiriladi. Mazkur mablag‘larning ishlatilishi hisob-kitoblar va boshqa tegishli 


subschyotlarning debetiga va 111 “Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt 
shaklidan tushgan tushumlar” subschyotining kreditiga yoziladi. 
231. 112 “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari” subschyotida 
qonunchilikda belg
ilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha 
daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish 
va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining hisobi yuritiladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin